Universiteti tabiiy fanlar kafedrasi



Download 23,75 Mb.
bet49/178
Sana31.05.2022
Hajmi23,75 Mb.
#622654
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   178
Bog'liq
УМК 2021-2022 лотинча

Nazorat savollari:
1. Qon tomirlaridan qon ketishi sabablari, turlari, vaqtincha to‘xtatish usullarini aytib
bering.
2. Suyaklarning sinishi va ularda qanday shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatiladi?
3. Desmurgiya, transport immobilizasiyasi ko‘rsatib bering.
4. Uzoq vaqt ezilish sindromi sabablari, belgilari va ularda shoshilinch tibbiy yordam
ko‘rsatishni ayting.


MAVZU: ISHLAB CHIQARISHDAGI SHIKASTLANISHLARDA BIRINCHI YORDAM KO‘RSATISH CHO‘KISH, ELEKTR TOKIDAN SHIKASTLANISH, KUYISH VA SOVUQ OLISHLARDA BIRINCHI YORDAM KO‘RSATISH


Reja:
1. Cho‘kish, sabablari, turlari, belgilari va ularda shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish.
2. Elektr toki urishi sabablari, belgilari va ularda shoshilinch tibbiy yordam.
3. Kuyish, kuyish turlari, darajalari, kuyganda birinchi yordam ko‘rsatish.
4. Sovuk olish sabablari, darajalari, belgilari va ularda shoshilinch tibbiy yordam.

Tayanch so‘zlar: tok belgilari, oq va ko‘k falajlanish, cho‘kish, yurak qorinchalari
fibrillyatsiyasi, haqiqiy (nam) cho‘kish, yolg‘on (quruq) cho‘kish, sinkopal (oq) cho‘kish, traxeya, intubatsiya, paresteziya, gipotermiya, giperemiya, regenerasiya, gangrena.
Cho‘kish, sabablari, turlari, belgilari va ularda shoshilinch tibbiy
yordam ko‘rsatish.
Nafas yo‘llari suvga to‘lib qolishi natijasida nafas va yurak faoliyatini buzilishiga cho‘kish deyiladi. Cho‘kish uchun yuzni ko‘lmak suvga, tog‘oradagi suvga, chelakdagi suvga tushirish kifoya. Lekin, odatda cho‘kish katta suv havzalarida cho‘milish oqibatida bo‘ladi. Charchash, uzoq masofalarga suzib ketish, shikastlanish-shung‘iganda tosh yoki qattiq jismlarga urilish cho‘kishga olib kelishi mumkin. Mast holatda cho‘milish ham cho‘kishga olib keladi. Cho‘kishda gipoksiya (kislorod etishmovchiligi) natijasida ro‘y byeradigan og‘ir patologik o‘zgarishlar o‘limga olib keladi.
Cho‘kkan odamning yuragini to‘xtab qolishi yurak qorinchalarining fibrillyatsiyasi (titrashi) natijasida bo‘ladi. Chunki suvda cho‘kkanda o‘pka orqali qonga ko‘p suyuqlik o‘tadi, qonni suyultiradi, gemolizlaydi, ionlar muvozanatini buzadi (natriy ionlarning kontsentratsiyasi kamayadi). Bunday hol gipoksiya sharoitida yurakning qorinchalari fibrillyasiyatsiga olib keladi. Natijada yurak, keyin nafas to‘xtaydi.
Dengiz suvida cho‘kkanda suvning gipyertonikligi (sho‘rligi) tufayli suv o‘pkadan qonga o‘tmaydi, balki undagi tuzlar qonga o‘tib, qondagi plazmaning oqsili o‘pkaga o‘tadi. Bunda yurakqorinchalari fibrillyasiyasi bo‘lmaydi. Avval nafas to‘xtaydi, keyin yurak.
Cho‘kkandan keyin 3 minutdan 30 minutgacha bo‘lgan vaqt ichida tiriltirish mumkin. Bu vaqt suvning haroratiga, markaziy nyerv sis-temasining cho‘kishdan oldingi holatiga (qo‘zg‘algan yoki tormozlangan) bog‘liq.
Cho‘kishning taxminan quyidagi asosiy turlari farqlanadi:
1. Haqiqiy (nam) cho‘kish: odamning nafas yo‘llari va o‘pkasi suv bilan to‘ladi, tyerisi ko‘karib kyetadi, og‘iz va burnidan ko‘piksimon suyuqlik ajralib chiqadi. Tezlik bilan 3-6 daqiqa ichida yordam ko‘rsatilsa, cho‘kkan odamni hayotga qaytarish mumkin.
2. Yolg‘on (quruq) cho‘kish: ovoz boylamlarining qisqarishi (spazm) natijasida suv o‘pkaga o‘tmaydi, tyeri ko‘karishi deyarli sezilmaydi. Bunday cho‘kishlarda hushdan ketish kuzatilib, cho‘kkan kishi birdan suv havzasining tubiga tushib ketadi.
3. Sinkopal (oq) cho‘kish: yurak va nafasning birdan to‘xtashi oqibatida o‘lim yuz byeradi. Bunday cho‘kkan odamlarning tyerisi oppoq oqarib ketadi.
Quruq va oq cho‘kishlarda reanimatsiya chora-tadbirlari 10-20 daqiqa ichida tez va to‘g‘ri ko‘rsatilsa, ijobiy natija berishi mumkin. Sovuq suvga cho‘kkanda organizmni himoya reflekslari hisobiga suv ichida 20 daqiqa qolib ketgan jabrlanuvchini ham hayotga qaytarish mumkin.
Cho‘kishda birinchi tibbiy yordam.
Cho‘kishda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish har bir fuqaroning va ayniqsa tibbiy xodimning vazifasi hisoblanadi. Suvdan olib chiqilgan odamga yordam ko‘rsatishni boshlashdan oldin cho‘kkanning es-hushi joyidami, yo‘qmi, yurak va nafas faoliyati bormi, yoki yo‘qmi aniqlab olish kerak. Cho‘kkan odamning transportirovka qilish uni batamom terminal holatdan chiqargach qilinadi.
Agar cho‘kkan odamning es-hushi joyida bo‘lsa, uni tinchlantirib, isitiladi, ho‘l kiyimlari echilib, issiq choy, kofe, tomchilab kordiamin beriladi. Kasalxonaga yuboriladi.
Agar cho‘kkan odam behush bo‘lsa, lekin yurak va nafas faoliyati saqlanib qolgan bo‘lsa, nashatir spirti hidlatiladi, isitiladi, tanasi ishqalanadi. Kerak bo‘lsa, kordiamin, lobelin, efedrin in’ektsiya qilinadi. Kasalxonaga transportirovka qilinadi, tez davo choralari boshlanadi-kislorod ingalyasiya qildiriladi, vena orasiga yuqori molekulali dekstranlar, bikarbonat natriy yuboriladi.
Agar cho‘kkan odamda hayot belgilari bo‘lmasa, nafas yo‘llarini suvdan, yot narsalardan tozalab, iloji boricha tez sun’iy nafas oldirib, yurakni yopiq massaj qilishni boshlash kerak. Og‘iz bo‘shlig‘idan yot narsalarni barmoqlar yordamida olib tashlanadi. Ko‘rsatkich barmoqni hiqildoq qapqog‘igacha tiqib tekshirib ko‘rish kyerak. Agar jag‘lar yumilib qolgan bo‘lsa, og‘izdan burunga sun’iy nafas oldirish kerak.
Nafas yo‘llaridan suvni chiqarib tashlash uchun qutqaruvchi cho‘kkan odamni tizzasi bukilgan oyog‘iga qorni bilan yotqizib, orqasidan bosadi. Ko‘pincha bu yaxshi natija bermaydi. Traxeyani laringoskop yordamida intubatsiya qilish va rezina naycha yordamida yuqori nafas yo‘llaridagi suvni so‘rib olib tashlash mumkin.
Sun’iy nafas oldirishning og‘izdan-og‘izga va og‘izdan burunga usullari keng qo‘llaniladi.
Qon aylanishini tiklash, yurakni yopiq massaj qilishdan boshlanadi. Cho‘kishda o‘z vaqtida malakali ko‘rsatilgan birinchi tibbiy yordam MNS, nafas va yurak faoliyatini tiklashida muhim rol o‘ynaydi.
Cho‘kishni oldini olish uchun: suv havzalari yaqinida bolalarni qarovsiz qoldirmaslik, ko‘priklar va boshqa suv qurilmalari bor joylarda, mast holda, ovqatlangandan keyin 1,5-2 soat o‘tmasdan, jismoniy va ruhiy charchoq holatida, uzoq vaqt quyosh nuri ta’sirida bo‘lganda cho‘milmaslik, sayoz suv havzalariga kalla tashlamaslik kerak.
Elektr toki urishi sabablari, belgilari va ularda shoshilinch tibbiy yordam.

Download 23,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish