1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIMI
VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY
UNIVERSITETI
KIMYO FAKULTETI
“NEFT VA GAZ KIMYOSI YO’NALISHI”
3-KURS TALABASI SHOYMARDONOV OYBEKNING NEFT VA GAZNI
QAYTA ISHLASH KIMYOVIY ASOSLARI FANIDAN
KURS ISHI
MAVZU: KATALITIK RIFORMING JARAYONI KIMYOSI VA
MAHSULOTLARI
BAJARDI:
SHOYMARDONOV O
ILMIY RAHBAR
: ABDUGAFUROV I
TOSHKENT-2022
2
MUNDARIJA
KIRISH…………………………………..…………………………….…..3
I BOB. KATALIZNING KLASSIFIKATSIYASI
(TASNIFI)………………………………………………………………....5
1.1. Katalizning umumiy xususiyatlari…………………………………..…5
1.2. Katalizatorlarning rеaksiya muvozanatiga
ta'siri…………………………………………………………………...…....10
II BOB. KATALITIK RIFORMING XOM ASHYOSI VA
MAHSULOTLARI………………………………………………..…..…..15
2.1. Katalitik riforming jarayonida qo’llaniladigan
katalizatorlar…………………………………………………………….……15
2.2. Katalitik jarayonlarni kimyo sanoatidagi
o’rni………………………………………………………………………..…33
XULOSA……………………………………………………………….....…35
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
RO’YXATI………………………………………………………….………36
3
KIRISH
Kimyo fanida kimyoviy kinetika va kimyoviy reaksiyalarning tezligi
mavzusiga kam vaqt ajratilgan. O’quvchi bu mavzuni o’rganishi uchun avvalo fizika
fanida o’rgangan tezlik mavzusini esga olishi zarur bo’ladi. Fizikada tezlik vaqt
birligi ichiga bosib o’tilgan yo’ldan iborat bo’lganligini o’quvchi yaqqol tassavvur
qila oladi, lekin kimyo fanida reasiya tezligini o’rganishda moddalar ma’lum vaqt
ichida xech qanday masofani bosib o’tmaydilar. Aksincha, moddalar
konsentratsiyasida o’zgarishlar sodir bo’ladi. Buni ko’z bilan ko’rib bo’lmagani
uchun o’quvchi tassavvur qilishi qiyin.
Shuning uchun, kimyoviy tajribalarni amalga oshirilishi natijasida rang
o’zgarishi, ya’ni modda konsentratsiyasini kamayishini rang intensivligini
kamayishi hisobiga tassavvur hosil qilish mumkin. Shuning uchun ushbu mavzuni
o’quvchilar ongiga singdirish o’qituvchidan katta mas’uliyat va tajriba talab etiladi.
Buning uchun o’qituvchi mavzuga mos bo’lgan va o’quvchilarni faollashtiradigan
metodlardan foydalanishi maqsadga muvofiqdir. Ma’lumki, har qanday kimyoviy
hodisa natijasida bir modda boshqa moddaga aylanadi. Bu ma’lum vaqt mobaynida
dastlabki modda miqdorining kamayishi va yangi hosil bo’layotgan modda
miqdorining ortib borishi bilan ro’y beradi, ya’ni har bir reaksiya ma’lum tezlik bilan
boradi. Kimyoviy reaksiyalarning kinetikasini tekshirish reaksiyalarning qanday
yo‘llar bilan borishini ya‘ni ularning mexanizmini o‘rganishga yordam beradi. Bu
esa kimyoviy reaksiyalarning yo‘nalishini va ularning tezligini boshqarishga
imkoniyat tug‘diradi.
1867-yilda nemis olimlar Gulberg va Vaage tomonida reksiya tezligiga
moddalar massalari tasirini o’rgandilar. Shundan keyin “massalar ta’siri qununi”
yaratdilar. Kimyoviy reaksiyalar tezligi o‘rganishga, asosan XIX asrning oxirlaridan
boshlab alohida ahamiyat beriladigan bo‘ldi.
Dastlab, kimyoviy reaksiyalarning klassifikatsiya qilishga va ularning
borishini ifodalaydigan tenglamalarni topishga qaratilgan. Bu sohaning taraqqiy
ettirishda M.N.Semenov, V.N.Kondratev, N.F.Shilov, Ginshelvud kabilarning
xizmatlari g‘oyat kattadir. Katalizator yuzasida atom – molekulalarning haqiqatan
4
ham siljishi elektron mikroskop yordamida tasdiqlandi. Umuman aytganda,
atomlarning yuzada siljishi bug‘ va eritmadan kristallar hosil bo‘lishida yuz beradi
deb faraz qilingan edi. Bu masala bilan olimlar N.N.Semenov va Ya.I.Frenkel o‘z
shogirdlari bilan birlikda shug‘ullandilar.
Kimyo kinetika kimyoviy reaksiyalarning tezliklari haqidagi ta‘limot bo‘lib,
tezliklari, kinetikadagi reaksiyalarning tezliklari, ularga ta‘sir qiluvchi omillar
o‘rganiladi. Kimyoviy reaksiyalarni tekshirishda ikki amaliy masala muhim amaliy
ahamiyatga ega. Bularning birinchisi reaksiyaning muvozanati qaror topgandagi
unumi, ya‘ni ayni sharoitda dastlabki moddalarning oxirgi mahsulotlarga o‘tishining
maksimal darajasi va ikkinchisi reaksiyaning borish tezligidir.
Reaksiyaning muvozanat holatidagi unumini hisoblashni termodinamika
o‘rganiladi.Lekin jarayonning qancha davom etishi kimyoviy kinetikada
tekshiriladi.
Kimyoviy jarayonlarni boshqaruvchi muhim omillar to‘rtta:
1.Temperatura;
2. Bosim;
3. Reaksiyaga kiruvchi moddalarning konsentratsiyalari;
4. Katalizatorlar.
Bu to‘rtta omilning uchtasi reaksiyaning kuzatiladigan tezligiga ham,
muvozanatiga ham ta‘sir etadi: to‘rtinchisi esa faqat reaksiya tezligiga ta‘sir etadi.
Ba‘zi reaksiyalar (H2+Cl2=2HCl) tezligiga yorug‘lik ham ta‘sir qiladi, shu bilan
birga jarayonni boshqaruvchi muhim omillardan biri moddalarning tabiatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |