Mashgʽulotning maqsadi: Word dasturida gipermurojaat yaratishni о‘rgatish, zakladka bandi bilan tanishtirib chiqish, о‘tadigan fani bо‘yicha elektron ma’ruza tayyorlashni о‘rgatish, mundarija tayyorlashni о‘rgatish.
Mashgʽulotning jihozi: Kо‘rgazmali material:
a) Kompyuter qurilmalari.
b) Ob’ektlar bilan ishlash
v) Gorizontal menyu bilan ishlash
Mashgʽulot о‘tish vositasi: Pentium IV kompyuterlari bilan jihozlangan kompyuter sinfi, Windows operatsion tizimi va Word dasturi.
Mashgʽulotning borishi:
a) Guruhning va xonaning darsga tayyorligini aniqlash;
b) Yо‘qlama qilish.
v) Avvalgi mashgʽulotlarda о‘tilganlarni takrorlash bо‘yicha suhbat о‘tkazish: о‘tilgan mavzularni qisqacha takrorshlash.
g) Yangi mavzuning bayoni: Word dasturida ishlashni kompyuter va kо‘rgazmaliqurollar yordamida bayon etiladi.
d) Kompyuter xonasida mashgʽulot olib borish. О‘rganganlari ustida mashq.
e) Dars yakuni: Mustaqil ish uchun individual topshiriqlarni berib, Kompyuterlarni о‘rnatilgan tartib asosida о‘chirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |