Kichik biznes ulushi (foiz hisobida)
|
2000 г.
|
2013 г.
|
YAIMda
|
31,0
|
55,8
|
sanoatda
|
12,9
|
28,1
|
qurilishda
|
38,4
|
71,5
|
tovar aylanmasida
|
42,5
|
46,1
|
umumiy bandlikda
|
49,7
|
76,7
|
eksportda
|
10,2
|
24,1
|
2000-2013 yillarda YAIM tarkibida kichik biznesning ulushi 31 foizdan 55,8 foizgacha, sanoatda 12,9 foizdan 28,1 foizgacha, qurilishda 38,4 foizdan 71,5 foizgacha, eksportda 10,2 foizdan 24,1 foizgacha oshdi.
Hozirgi vaqtda kichik biznes O’zbekistonda mehnatga jalb qilish va aholi bandligini oshirishning asosiy sohasi hisoblanib, respublikamiz barcha band aholisining 76,7 foizini ish o’rinlari bilan ta’minlaydi.
So’nggi yillarda soliq solishning muqobil tizimi shakllantirilgan bo’lib, buning natijasida umumiy soliq yuki 3 marta kamaydi. Bunda davlat tomonidan eksportchi korxonalarga, kichik biznes sub’yektlariga hamda investitsiyalarni amalga oshiruvchi va mahsulotning yangi turlarini o’zlashtiruvchi korxonalarga qo’shimcha imtiyozlar berilgan.
Soliq yukining tushish dinamikasi (YAIMga nisbatan foizda)
Xususan, kichik biznes sub’yektlari soliqlarning barcha qolgan turlari o’rniga yagona soliq to’lovini amalga oshiradi, uning stavkasi faoliyat turiga qarab 5-6 foizni tashkil qiladi.
O’zbekiston qishloq xo’jaligi ekinlarining deyarli barcha asosiy turlarini yetishtirish uchun ajoyib tabiiy-iqlim sharoitlariga ega. Respublikamizda yetishtirilayotgan meva-sabzavot mahsulotlari ajoyib ta’m va iste’mol xususiyatlariga ega bo’lib, u qadimdan butun jahonga mashhur.
O’zbekiston mustaqillikni qo’lga kiritishi bilan qisqa muddatlarda mamlakatning g’alla va umuman oziq-ovqat mustaqilligiga erishish, aholini o’zimizda ishlab chiqarilgan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash strategik maqsadi qo’yildi.
Oziq-ovqat muammosini hal etish uchun paxta ekin maydonlari 2 marta qisqartirildi, bo’shatilgan maydonlarda esa oziq-ovqat ekinlari, shu jumladan, g’alla, meva-sabzavot, kartoshka, uzum, poliz va ozuqa ekinlari yetishtirila boshladi.
Natijada mustaqillik yillarida g’alla ekinlari yetishtirish 1 mln. tonnadan 8 mln. tonnagacha, meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish 4 mln. tonnadan 16 mln. tonnagacha oshdi. Qishloq xo’jaligi yalpi mahsuloti umumiy hajmida paxtaning ulushi hozirgi vaqtda 9 foizdan oshmagani holida, bunda g’alla ekinlari ulushi 8,5 foizni, meva-sabzavot ekinlari va uzumning ulushi 30 foizni, kartoshka 11 foizni, chorvachilik mahsulotlari 40 foizdan ko’pni tashkil qilmoqda.
Mamlakatimizda umumta’lim maktabida 9 yillik o’qishdan keyin 3 yil mobaynida maxsus kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda o’qishni nazarda tutuvchi 12 yillik uzluksiz umumiy majburiy bepul ta’lim tizimi yaratilgan, u yerda har bir o’quvchi mehnat bozorida talab etilgan 2-3 ta mutaxassislik bo’yicha kasbiy tayyorgarlikka ega bo’ladi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining amalga oshirilishi doirasida 1997 yildan boshlab 1612 ta yangi akademik litsey va kasb-hunar kolleji barpo etilib, 4,6 mingdan ortiq umumta’lim maktabi rekonstruksiya qilindi va yangidan qurildi.
Bugungi kunda O’zbekistonda 260 ming nafarga yaqin talabani o’z bag’riga olgan 66 ta oliy o’quv yurti, shu jumladan Xalqaro Vestminster Universiteti, Turin politexnika instituti, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Toshkent shahridagi Inxa Universiteti, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat Universiteti, M.I.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti, G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti kabi nufuzli xorijiy oliy o’quv yurtlarining filiallari faoliyat ko’rsatib turibdi.
Sog’lom yosh avlodni tarbiyalash va maktab o’quvchilarining bo’sh vaqtini tashkil etish uchun respublikamizda 584 ta sport-ta’lim muassasasi, 211 ta maktabdan tashqari muassasa - "Barkamol avlod", 298 ta bolalar musiqa va san’at maktabi tashkil qilingan bo’lib, ularda 500 ming nafardan ortiq bolalar va o’smirlar qo’shimcha ta’lim olishmoqda.
1998 yilda qabul qilingan O’zbekistonda Sog’liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi mamlakatimizda butun tibbiyot tizimini tubdan qayta qurish, ko’p sarf-xarajat talab etadigan va hamma vaqt ham samarali bo’lmagan statsionar tibbiy yordamdan ambulotor-poliklinika va profilaktika tibbiyotiga ustuvor ahamiyat berishga o’tishda muhim omil bo’ldi. Shuningdek, qishloq joylarida yaxshi samara bermayotgan feldsher-akusherlik punktlari o’rniga qishloq vrachlik punktlari tashkil etildi.
Aholini sifatli ixtisoslashgan tibbiy yordam bilan ta’minlash maqsadida respublika ixtisoslashgan tibbiyot markazlari faoliyat ko’rsatib turibdi.
Yodlangan tuz ishlab chiqarishning keng yoyilishi va unni boyitish dasturlarining amalga oshirilishi, aholi o’rtasida keng ko’lamli tushuntirish ishlarining olib borilishi natijasida yod tanqisligi, temir va foliy kislotasining yetishmasligi bilan bog’liq kasalliklar tarqalishi oxirgi o’n yil ichida 2 martadan ko’pga kamaydi.
Mamlakatimizda kasalliklarning oldini olish va turli profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlarning aniq maqsadli va samarali tashkil etilishi natijasida ko’plab yuqumli kasalliklarning kamayishiga va bartaraf etilishiga erishildi.
Sog’liqni saqlash, onalik va bolalikni muhofaza qilishga yo’naltirilgan davlat siyosati chora-tadbirlari tufayli onalar va bolalalar o’limi darajasining barqaror pasayishiga erishildi.
Mustaqillik yillarida chaqaloqlar o’limining umumiy koeffitsiyenti 1990 yildagi 34,6 promilldan 2013 yilda 9,8 promillgacha, onalar o’limining umumiy koeffitsiyenti 65,3 promilldan 20,0 promillgacha kamaydi.
Aholi umr ko’rishining kutilayotgan uzayish ko’rsatkichi 1990 yildagi 67,2 yoshdan 2013 yilda 73,4 yoshgacha, shu jumladan erkaklarda 71,1 yoshgacha, ayollarda 75,8 yoshgacha oshdi.
Xullas, O’zbekiston Respublikasining mustaqil rivojlanishi yillarida ta’lim uchun davlat byudjeti xarajatlari 1990 yildagi 17,9 foizdan 2013 yilda 34,2 foizgacha ortdi, sog’liqni saqlash uchun 9,6 foizdan 14,4 foizgacha oshdi. Har yili ijtimoiy ehtiyojlar uchun, shu jumladan ijtimoiy soha muassasalarining moliyaviy ta’minotini mustahkamlash chora-tadbirlari, aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash samaradorligini oshirish uchun Davlat byudjeti barcha xarajatlarining taxminan 60 foizi yo’naltiriladi.
Davlatimiz rahbari Islom Karimov tomonidan belgilab berilgan ijtimoiy yo’naltirilgan erkin bozor iqtisodiyotiga o’tishning asosiy tamoyillariga izchil amal qilinishi mustaqillik yillarida iqtisodiyotimizni barqaror rivojlanishini ta’minladi. Bu tarraqiyet yo’limiz jahon hamjamiyati orasida rivojlanishning «o’zbek modeli» deya e’tirof etildi. Shu bilan birga, ushbu tanlangan yo’l tarixan qisqa mudtada mamlakatimiz iqtisodiyot tarkibini tubdan o’zgartirishga, uning raqobatbardoshligini oshirishga, barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlab, aholi farovonligini oshishiga sabab bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |