Universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish



Download 1,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/17
Sana24.01.2022
Hajmi1,51 Mb.
#408288
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
ТУРСИНКУЛОВ НУРАЛИ АНАРБАЕВИЧ 23.05.2021

1.2.

 

Vasiylik va homiylik organlari faoliyati tizimining xorij tajribasi 

Ijtimoiy  himoya  insoniyat  taraqqiyotining  barcha  bosqichlari  uchun  xos 

xususiyat  bo‘lib,  jamiyat  rivojlanishining  turli  bosqichlarida  turli  ijtimoiy  himoya 

shakllari  turlicha  ma’no  va  mazmunga  ega  bo‘lgan.  Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida 

esa ijtimoiy himoyaning ahamiyati yanada ortib ketdi va uni amalga oshirish davlat 

siyosatining  ajralmas  qismiga  aylandi.  Chunki  bozor  munosabatlariga  o‘tish 

bosqichi  jamiyat  rivojining  ilg‘or,  yuksak  texnologiya  bilan  qurollangan,  inson 

sha’ni,  qadr-qimmati  va  haq-huquqlarini  himoya  qilish  obyektiv  zaruriyatga 

aylanib  borayotgan  bir  vaqtda  kechmoqda.  Odatda,  ijtimoiy  himoyaga  jamiyat 

a’zolarining  barcha  qatlamlari  u  yoki  bu  darajada  muhtoj  bo‘lsa-da,  lekin  ular 

orasida  shunday  qatlamlar  ham  borki,  ularni  (nogiron,  nafaqaxo‘r,  boquvchisiz, 

yosh  bolalar  kabi)  ijtimoiy  himoya  qilish  ob’yektiv  zaruriyat  hisoblanadi.  Zero, 

ijtimoiy  himoya  qanday  yo‘lga  qo‘yilganligi  davlat  tizimining  samaradorligi 

ko‘rsatkichlaridan  biri  sanaladi.  Binobarin,  aholining  biz  oxirgi  qayd  qilgan 

ijtimoiy  himoyaga  muhtoj,  boqimanda  qatlamlari  mehnat  qilish  layoqati 

chegaralangan yoki ilojsiz, jamiyat rivojiga muayyan hissa qo‘shgan yoki kelajakni 

belgilovchi aholi guruhlari hisoblanadi. Shuning uchun ham ularni ijtimoiy himoya 

qilish  hamda  ijtimoiy  himoya  bilan  bog‘liq  xarajatlar  davlat  strategik  va  joriy 

dasturlarida o‘z ifodasini topishi lozim. 

“Ijtimoiy  himoya”  tushunchasi  birinchi  marta  1935-yilda  AQSh  ning 

Ijtimoiy  xavfsizlik  bo‘yicha  qonunida  qo‘llanilgan,  keyinchalik  Xalqaro  Mehnat 

Tashkiloti konvensiyalarida bu tushuncha mazmuni mukammallashtirilgan.

9

 

Ijtimoiy himoya keng qamrovli tushuncha bo‘lib, aholini yordamga muhtoj 



qismini manfaatlarini va ehtiyojlarini qondirishni anglatadi.

10

 



Ota-ona  qaramog‘isiz  qolgan  bolalarni  davlat  tomonidan  ta’minlash  – 

muayyan davlat muassasasida yashashi davri mobaynida bepul ovqatlanish, kiyim-

                                                           

9

  Xalqaro  Mehnat  Tashkilotining  “Ijtimoiy  ta`minotning  minimal  normalari  to‘g‘risida”gi  102  -  sonli 



Konvensiyasi. Xalqaro Mehnat Tashkiloti Konvensiya va Tavsiyalari. Xalqaro Mehnat Byurosi. –Jeneva, 

1991. -Jild. 1 –B. 534   

10

 Nabiyev F.H. Ijtimoiy siyosat. O‘quv-uslubiy qo‘llanma. – Samarqand. SamDU, 2007. –B. 89   



Удалить Водяной Знак

Wondershare

PDFelement



18 

 

kechak va poyafzal bilan ta’minlanish, bepul yashash va bepul xizmat ko‘rsatilishi 



imkoniyatining yaratilishi hisoblanadi. 

Bugungi  kunda  jahon  miqyosida ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar  soni 

ko‘payib bormoqda. Angliyalik psixolog olim R.Bernis onalik mehriga tashnalikni 

tahlil  qila  turib,  shunday  deb  yozadi:  Salbiy  (dalilsiz)  “Men  konsepsiyasi”  ning 

rivojlanishi  va  hissiz  tajovuzkorlik  bolaning  ota-onasiga  va  ota-onalik  rolini 

bajaruvchi  kishilarga  nisbatan  qo‘polligi  natijasidir.  Bolada  hech  kimga 

qo‘shilmaslik,  odamovilik,  tundlik  hissi  paydo  bo‘la  boshlaydi.  Bular  esa  salbiy 

“Men konsepsiyasi” ni keltirib chiqaradi. 

Tajovuzkorlikni  keltirib  chiqaradigan  yana  bir  sabab:  kelisha  olmaslik, 

qarama-qarshilik,  aniq  bir  to‘xtamga  kela  olmaslik  kabilar  ota-ona  qaramog‘isiz 

qolgan  bolalarga  keyinchalik  doimiy  salbiy  hissiyotlarning  shakllanishiga  olib 

keladi.  

V.S.Rotenberg va S.M. Bondarenkolar ishlab chiqqan “Qidiruv faolligi” – 

deb  atalgan  konsepsiyada  ta’kidlanishicha,  “Agar  qidiruv  faolligini  yo‘nalishini 

o‘zgartirilsa, tajouzkorlikni yo‘qotish mumkin bo‘ladi”.

11

 



Ko‘p  yillik  ilmiy  izlanishlar  natijasida,  13  yil  bolalar  uyida  faoliyat  olib 

borib,  orttirilgan  tajribalarga  asoslangan  holda,  S.A.Dzenushkayte  shaxsning 

barcha maqsadlarini, istiqbolini ifodalovchi tarbiya maqsadi haqida insonparvarlik 

munosabatlarini quyidagicha ta’riflaydi:  

- Kimki yordamga muhtoj bo‘lsa, unga sidqidildan yordam berish;  

- Boshqalarga nisbatan hurmatda bo‘lish;  

- Boshqalar quvonchiga, g‘amiga sezgirlik bilan munosabatda bo‘lish;  

- Boshqalar qayg‘usiga sherik bo‘lish;  

- Insoniy qadr-qimmatga ozor bermaslik;  

                                                           

11

 Xaydarov I.O. Mehribonlik uyida tarbiyalanuvchilar shaxsining individual ijtimoiy-psixolgik 



xususiyatlari. Dis. psixol.f.n. TDPI, –T., 1996. –B. 15   

Удалить Водяной Знак

Wondershare

PDFelement




19 

 

-  Odamlar  orasidagi  insonparvarlik  munosabatlariga  zid  ko‘rinishlarga 



qarshi murosasiz bo‘lish kerak. 

12

 



Ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni patronat oilalarga joylashtirish va 

mazkur oiladagi muammolarni bartaraf etish bolalarning jamiyatga samarali 

integratsiyalashuvida muhim ahamiyatga ega.  

1951-yildayoq ingliz olimi J.Boulbi o‘z tadqiqotlarida yetim bolalar uchun 

muassasalarda  tarbiyalash  salbiy  ta’sirlarini  isbotlab  bergan.  U  tarbiya  modeli 

sifatida  ijtimoiy  tarbiyaga  muhtoj  (yetim)  bolalar  muassasalaridan  voz  kechish 

zarurligi to‘g‘risidagi fikrni tasdiqladi. 

Dunyoning  ko‘pgina  mamlakatlarida  deinstitutsializatsiya  (ya’ni,  bolalarni 

Mehribonlik  uylari  va  go‘daklar  uyidan  imkoniyatga  qarab  biologik  oilaga 

qaytarish, agarda bunday imkoniyat bo‘lmasa, ularni tutingan oilaga joylashtirish) 

muammosi va uni hal etish usullari to‘g‘risida fikr bildirilmoqda. Bundan tashqari 

iqtisodiy  hisob-kitoblar  ota-ona  qaramog‘isiz  bolalar  uchun  muassasalarning 

tarbiya modeli iqtisodiy jihatdan besamar ekanligini ko‘rsatdi.  

Rivojlangan davlatlarda ota-onalar o‘z farzandlarini parvarish qila olishlari 

uchun  oilaga  yordam  ko‘rsatishga  intiladilar.  Ayrim  vaziyatlarda  bolani  tutingan 

ota-onaga berish kabi choralarni qo‘llaydilar.

13

 

Aynan  oila  bolaga  ijobiy  ta’sir  ko‘rsatadi  va  oila  o‘rnini  hech  qaysi 



tarbiyaviy muassasa bosa olmaydi.  

Xalqaro  ijtimoiy  ish  amaliyotda  oilaga  joylashtirishning  boshqa  shakllari 

ham ma’lum, ularni quyidagicha tasniflash mumkin: 

- Bolalarni joylashtirishning oilaviy shakllari: farzandlikka berish; vasiylik 

(homiylik);  

-  Bolalarni  joylashtirishning  davlat-jamoat  shakllari:  oilaviy  bolalar  uyi 

(tutingan  oila),  SOS  -  bolalar  mahallalari,  vaqtinchalik  tutingan  oila,  foster  oila, 

patronat oila;  

                                                           

12

 



Дзенушкайте

 

С



.A. 

Наш


 

дом


М

., 1987. –



С

. 187   


13

 

ЮНИСЕФ



Социальный

 

мониторинг



Исследовательский

 

центр


 

ЮНИСЕФ


  "

Инноченти

(

Флоренция



). 2002. -

С

. 17   



Удалить Водяной Знак

Wondershare

PDFelement



20 

 

- Bolalarni davlat muassasalariga joylashtirish: go‘daklar uyi, bolalar uylari 



(Mehribonlik  uyi),  internat-maktablar,  bolalarni  vaqtinchalik  parvarish  qilish 

markazlari.  

Shu  bilan  bir  qatorda,  O‘zbekistonda  ota-ona  qaramog‘isiz  qolgan 

bolalarning  ijtimoiylashuvlari  borasidagi  ishlarni  amalga  oshirishda  xorijiy 

tajribalar,  jumladan,  AQSh,  Germaniya,  Ukraina  va  Rossiyada  ishlab  chiqilgan 

ijtimoiy  yordam  tizimini  o‘rganish  ham  e’tiborga  molikdir.  Bolalarning  oilalarda 

tarbiyalanishining  katta  ahamiyatga  ega  ekanligi  tufayli  tarbiya  berishning 

farzandlikka olish va vasiylik (homiylik) tayinlash shakllari keng tarqalgan. 

Ayrim  davlatlarda  oilaga  tarbiyaga  olish  (patronat)lik  faoliyatini  amalga 

oshirish  yuzasidan  vasiylik  sudi  o‘rnatiladi.  U  oilaga  tarbiyaga  olgan  shaxslar 

faoliyatini nazorat qiladi va xohlagan tutingan ota-onadan bola haqidagi hujjatlarni 

talab qila oladi.

14

 Shunga o‘xshash normalar Chexiya, Slovakiya, Bolgariyada ham 



belgilangan.  Fransiya  Fuqarolik  kodeksida  mulkiy  munosabatlarda  tutingan  ota-

ona  haqida  shunday  deyiladi:  “Qonuniy  boshqaruvchi  yaxshi  xo‘jayindek  mulkni 

boshqarishi va umumiy huquq bo‘yicha harakatlari uchun javobgardir”. Fransiyada 

oilaga tarbiyaga olish (patronat) ancha qiyin hisoblanadi: oilaga tarbiyaga olingan 

(patronat)dagi  shaxs  ishlari  boshqarilishi  uchun  tutingan  ota-onaga,  uning 

“o‘rinbosari”ga  (ota-onalik  faoliyatini  nazorat  qiladi),  shuningdek,  oila  Kengashi 

(qarindoshlardan  iborat  bo‘ladi,  sudya  tasdiqlaydi),  ayrim  hollarda  esa  sudga 

topshirilishi mumkin.  

Oila  va  bolalarga  g'amxo'rlik  qilish  davlatning  eng  muhim  vazifalaridan 

biridir. So'nggi  yillarda  Rossiyada  ota-ona  qaramog'isiz  qolgan  bolalar  sonining 

biroz  pasayishi  kuzatilmoqda. Shunday  qilib,  rasmiy  ma'lumotlarga  ko'ra,  2014 

yilda  61621  bola  aniqlandi,  bu  2013  yildagiga  nisbatan  10,4  foizga  kam.  2012 

yilda 74 724 bola aniqlandi (o'tgan yilga nisbatan 9 foizga kam).

15

 



                                                           

14

 



Польша

 

Республикаси



 

Оила


 

ва

 



васийлик

 

кодекси



.  //Kancelaria  Sejmu.  -  Kodeks  rodzinny  i 

opieku


ń

czy. W ustawie z dnia 25 lutego 1964 r. (Dz. U. Nr 9, poz. 59, z 1975 r. Nr 45, poz. 234, z 1986 r. 

Nr 36, poz. 180, z 1990 r. Nr 34, poz. 198 i z 1995 r. Nr 83, poz. 417, Dz. U. z 2015 r. poz. 583).   

15

 



М

.

Е



Жаглина


С

.



Е

Костина



Опека


 

и

 



попечительство

 

как



 

форма


 

воспитания

 

детей


оставшихся

 

без


 

попечения

 

родителей



Вестник


 

Саратовской

 

государственной



 

юридической

 

академии


  · 

  3 



(110) · 2016. 

С

. 40   



 

Удалить Водяной Знак

Wondershare

PDFelement




21 

 

Yuqoridagilarga  asosan  aytish  mumkinki,  ota-ona  qaramog‘idan  mahrum 



bo‘lgan  bolalalarning  huquqlari  davlat,  jamiyat  tomonidan  muhofaza  qilinib, 

ularga nisbatan tarbiya berish shakli belgilanar ekan, bunda oilaga tarbiyaga olish 

(patronat)ga  faqat  voyaga  yetmagan  bolalarga  nisbatan  va  ularning  manfaatlarini 

ko‘zlab yo‘l qo‘yiladi.  

Oilaga  tarbiyaga  olish  bilan  bog‘liq  huquqiy  munosabat  shunchaki  oddiy, 

axloqiy,  maishiy  jarayon  bo‘lmay,  bolalarni  oilaga  tarbiyaga  olish  alohida 

yondashuvni  talab  qiladi.  Bunda  oilaga  tarbiyaga  berish  (patronat)  faqat  voyaga 

yetmagan  bolalarga  nisbatan  hamda  ota-onalar  vaqtincha  ota-onalik  huquqlarini 

amalga  oshirolmay  qolganlarida  ularning  manfaatlarini  ko‘zlab  amalga  oshiriladi. 

Shuningdek,  oilaga  bolani  tarbiyaga  olish  vasiylik  va  homiylik  organlari  bilan 

bolani olish istagini bildirgan shaxslar o‘rtasida tuzilgan maxsus shartnoma asosida 

amalga oshiriladi. 

Avvalo shuni ta'kidlash kerak, Rossiya va Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi 

(xususan,  Nyu-Yorkdagi)  vasiylik  institutining  mohiyati  deyarli  bir  xil. Ushbu 

kontseptsiya  vasiy  voyaga  yetmagan  yoki  aqliy  yoki  jismoniy  nuqsoni  bo‘lgan 

kattalar  farovonligi  uchun  javobgar  bo‘lgan  munosabatlarni  qonuniy  ro‘yxatdan 

o‘tkazishni ta'minlaydi. 

Ko‘pgina  hollarda,  vasiylik  bolaning  ota-onasi  vafot  etganida,  ota-ona 

huquqlaridan  mahrum  qilinganida,  ota-ona  tomonidan  to‘liq  g‘amxo‘rlik 

etishmasligi,  suiiste'mol  qilinishi  yoki  qattiq  munosabati  tufayli  ota-ona 

huquqlarini cheklashda rasmiylashtiriladi. 

Vasiy  bola  uchun  to‘liq  ota-onaning  o‘rnini  bosuvchi  bo‘lishi  kerak. U 

bolaga  ta'lim  olish,  yuqori  sifatli  tibbiy  yordam  ko‘rsatish,  hayotni  munosib 

darajada  yaxshilash  imkoniyatini  berishga  majburdir. Bolaning  moliyaviy  holatini 

ko‘pincha uni tarbiyalovchi boshqaradi. 

Biroq,  AQShda  sud  organlari  yuqoridagi  muammoni  hal  qilish  uchun 

ko‘pincha  merosxo‘r  ijrochini  tayinlashadi.  Bolalarni  himoya  qilish  xizmatlari 

                                                                                                                                                                                           

 

Удалить Водяной Знак



Wondershare

PDFelement




22 

 

(Foster  care)  AQShdagi  vasiylik  va  homiylik  bo‘yicha  yetakchi  tashkilot  o‘z 



o‘rniga ega.  

Yuqoridagi  tashkilot  "Bolalarni  himoya  qilish  xizmati" (Foster  care)  deb 

nom  berilgan . Uning  asosiy  vazifasi  bolaning  farovonligini  ta'minlashdir.  

Bolalarni    himoya  qilish  xizmatiga  yordam  so‘rab  murojaat  qiladigan  eng  ko‘p 

fuqarolar  bolalar  huquqlarini  suiiste'mol  qilish  to‘g‘risidagi  shikoyatlardir. Shuni 

ta'kidlash  kerakki,  ba'zi  davlatlar  ushbu  tashkilot  uchun  turli  xil  nomlardan 

foydalanadilar. 

Foster care - bu Nyu-Yorkdagi bolalarni saqlash sohasida faol ishlaydigan 

yana  bir  tashkilot . Ushbu  atama  vasiylikka  muhtoj  bolalarni  homiylik  ostidagi 

oilalarga  yoki  oilaviy  turdagi  bolalar  uyiga  joylashtirish  tizimini  nazarda  tutishda 

ishlatiladi. 

Shuni  alohida  qayd  etish  lozimki,  bunday  vasiylik  to‘lovi  davlatga 

tushadigan moliyaviy mukofotni nazarda tutadi. Shu bilan birga, ushbu formatdan 

foydalanishda  bola  uchun  muhim  bo‘lgan  barcha  qarorlar  vasiylik  va  homiylik 

organlari  tomonidan  sud  orqali  qabul  qilinadi.  AQShning  Nyu-York  shahridagi 

bolalarni himoya qilish bo‘yicha advokat juda samarali ish olib boradi. 

Bolalarni  asrab  qolish  ishlarini  xavfsiz  tarzda  nihoyatda  nozik  deb  atash 

mumkin. Bunday  holda,  bola  ruhiyatiga  zarar  yetkazmaslik  muhimdir. Shuning 

uchun xalqaro tajribada har doim paydo bo‘layotgan nizolarni sudgacha hal qilish 

muhim  sanaldi. Bundan  tashqari,   AQShda  Bux  Global  Partnersning  tajribali   

huquqshunoslari   vositachilik  protsedurasidan  faol  foydalanadilar,  bu  esa  mavjud 

muammoni barcha tomonlar uchun eng qulay shartlarda muvaffaqiyatli hal qilishga 

imkon beradi. 

Foster care dasturi Amerika Qo‘shma Shtatlarida 2000 yilda 547,5 mingga 

yaqin  bolalarni  o‘z  himoyasiga  oldi

16

  va  2012  yilda  397  ming  kamaydi.



17

 2012 


                                                           

16

  Pew  Commission  on  Children  in  Foster  Care  ''Demographics  of  Children  in  Foster  Care''. 



Pewfostercare.org. 

Дата


 

обращения

: 4 

января


 2013. 

Архивировано

 27 

января


 2013 

года


Удалить Водяной Знак

Wondershare

PDFelement




23 

 

yilda  bolalarning  47%  (184  ming)  homiylik  bilan  bog‘liq  bo‘lmagan  ota-onalar 



bilan, 28% (108 ming) - qarindoshlarning tarbiyalangan oilalarida, 6% (24 ming) - 

guruh  uylarida,  9%  (34  ming)  -  muassasalarda  yashagan. Etnik  tarkibga  ko‘ra, 

afroamerikalik bolalarning 41%, oq tanli bolalarning 40%, ispan bolalarning 15% 

(2000 yildagi ma'lumotlar)ni tashkil etgan. 

Homiylik 

ostidagi 

bolalarning 

ota-onalari, 

shuningdek, oziq-ovqat 

mahsulotlari , komunal 

to‘lovlar 

uchun 


yordam, tibbiy 

yordam va 

soliq 

imtiyozlaridan  foydalanishlari  mumkin.  Oziq-ovqat  mahsulotlari har  bir  oilaga 



oyiga o‘rtacha 300 AQSh dollari miqdorida subsidiyalashtiradi.

18

 



Xorijiy  davlatlarda  farzand  asrab  olish  sohasidagi  oilaviy  huquqiy 

munosabatlar  bir  nechta  davlatlarning  huquqiy  tartibotlari  bilan  huquqiy 

aloqalarini o‘rnatadigan xalqaro huquq normalari bilan tartibga solinadi. Ya'ni agar 

farzand  asrab  oluvchilar  turli  davlatlarning  fuqarolari  bo‘lsa  yoki  farzand  asrab 

olish  haqiqati  chet  elda  sodir  bo‘lishi  va  chet  davlat  qonunchiligiga  muvofiq 

amalga  oshirilishi  kerak  bo‘lsa,  "xalqaro"  yoki  "chet  el"  tushunchasi 

qo‘llaniladi. 1993 yil 29 mayda qabul qilingan "Bolalarni himoya qilish va xalqaro 

farzand asrab olish sohasida hamkorlik to‘g‘risida" Gaaga konventsiyasi chet ellik 

fuqarolar uchun farzand asrab olishning umumiy talablarni o‘z ichiga oladi. Ushbu 

huquqiy  shartnomada  birinchi  marta  "chet  eldan  farzand  asrab  olish"  atamasi 

qo‘llaniladi, bu odatda "xalqaro asrab olish" atamasi bilan mos keladi. 

Ota-ona 


qaramog‘isiz 

qolgan 


bolalarni 

ro‘yxatga 

olish 

bilan 


shug‘ullanuvchi  turli  bo‘limlarning  ma'lumotlariga  ko‘ra,  1991  yildan  buyon 

Rossiyada 60 mingdan ziyod ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar chet el fuqarolari 

tomonidan asrab olingan. 2005 yilda chet elliklar 9 419 bolani, Rossiya fuqarolari 

esa 73 ta farzand asrab olishgan.

19

  

                                                                                                                                                                                           



17

 Adoption and Foster Care Analysis and Reporting System (AFCARS) FY 2012 

18

 SNAP Monthly Data. 



Дата

 

обращения



: 4 

января


 2013. 

Архивировано

 27 

января


 2013 

года


19

 



Абдулина

 

О



.

П



Усыновление

 

в



 

Российской

 

Федерации



правовые


 

проблемы


  // 

Феникс


Ростов


-

на

-



Дону

., 2008. 

С

.184-185. 



Удалить Водяной Знак

Wondershare

PDFelement



24 

 

Rossiyada  chet  eldan  farzand  asrab  olish  tartibi  vasiylik  va  homiylik 



organlari xodimlarining faol yordami va bola uchun munosib oilani qidirib topish 

muhimdir.

20

 Biroq,  amalda  ularning  faoliyati  ko‘pincha  samarasiz  bo‘ladi.  



Ko‘pgina 

organlarda 

bolalarni 

himoya 


qilish 

bo‘yicha 

mutaxassislar 

yetishmaydi. Shu  bilan  birga,  chet  el  fuqarolari  farzandlikka  olish  paytida  ularga 

vasiylik  va  homiylik  organlaridan  yordam  ko‘rsatishda  qiyinchiliklarga  duch 

keladilar. 

Xalqaro farzandlikka olish tartibi to‘rt bosqichni o‘z ichiga oladi:

21

 



1.  Tayyorgarlik  bosqichi  (farzand  asrab  oluvchilarga  nomzodlarni 

tasdiqlash va tayyorlash, bolani tanlash); 

2.  Sud  jarayoni  (aniq  bir  bolani  asrab  olish  to‘g‘risidagi  arizani  ko‘rib 

chiqish va sud qarorini chiqarish); 

3. 

Suddan 


keyingi 

bosqich 


(bolaning 

tug‘ilganlik 

to‘g‘risidagi 

guvohnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish, chet el davlati tomonidan farzandlikka olish 

to‘g‘risidagi qarorni tan olish); 

4.  Asrab  olingan  bolani  vasiylikka  oluvchi  oilaga  moslashishi  ustidan 

keyingi nazorat. 

Shu bilan birga bir qator davlatlarda vasiylik va homiylik organlarining qay 

darajada  faoliyat  olib  borishi  haqida  to‘xtalib  o‘tamiz.  Avstraliyada  vasiylik  va 

homiylik  “tarbiyalanish”  deb  nomlangan.  Vasiylik  va  homiylik 1867   yilda 

 Janubiy Avstraliyada  boshlangan va XIX asrning ikkinchi yarmiga qadar davom 

etgan.  Bu  tizim  asosan    XX  asrning  boshlariga  qadar  ayollar  tomonidan 

boshqarilgan. Bolalarni  vasiylik  va  homiylikka  olish  nodavlat  tashkilotlari 

tomonidan  amalga  oshirilgan  handa  ko‘plab  yirik  muassasalar  saqlanib  qolgan. 

Keyinchalik ushbu muassasalar tizimi tanazzulga yuz tutgan, lekin 1920 yillarning 

                                                           

20

 

Пчелинцева



 

Л

.



М

Комментарий



 

к

 



Семейному

 

кодексу



 

Российской

 

Федерации



  // 

Издательство

 

НОРМА


М

., 2009. 



21

 

Залунша



 

Н

.



Б

Международное



 

усыновление

законодательство



 

и

 



практика

 

его



 

применения

  // 

Защита


 

прав


 

ребенка


 

в

 



современной

 

России



Материалы

 

научно


-

практической

 

конференции



 / 

Отв


ред


А

.



М

Нечаева



М

., 2004. 



Удалить Водяной Знак

Wondershare

PDFelement



25 

 

oxiridan boshlab tobora muhim ahamiyat kasb etgan. Urushdan keyingi davrda va 



1970  yillarda  tizim  qayta  quvvatlangan. Tizim  hali  ham  eski  tizim  bo‘yicha 

faoliyat  olib  bormoqda. Tizim  mahalliy  va  xorijiy  bolalarga  g‘amxo‘rlik 

qiladi. 1940-1975  yillarda  eng  yuqori  darajaga  yetgan  yopiq  farzandlikka  olish 

juda  ko‘payib  ketgan. 1970  yillarning  o‘rtalaridan  boshlab  yangi  farzand  asrab 

olish  keskin  pasayib  ketgan,  bunga  asosiy  sabab  yolg‘iz  onalarga  nisbatan 

bag‘rikenglik va ularni qo‘llab-quvvatlash deyarli amalga oshirilmagan.

22

 

Yaponiyada  homiylik  parvarishi  1948  yil  atrofida  boshlanib,  “Bolalarni 



himoya  qilish  to‘g‘risidagi”gi  qonun  qabul  qilindi.

23

 Vasiylik  va  homiylik  qilish 



yoki qarovsiz bolalarni qabul qilish g‘oyasi aslida Yaponiyada 1392-1490 yillarda 

paydo  bo‘lgan. Yaponiyadagi  vasiylik  va  homiylik  tizimi  yetimxonalar  tizimiga 

o‘xshaydi. Yapon xalqi  bolalar shaharlarda yashashdan ko‘ra qishloqlarda yaxshi 

yashashadi  deb  o‘ylashadi. Oilalar  ko‘pincha  bolalarini  qishloq  tashqarisidagi 

fermer  oilasiga  yuborishadi  va  faqat  to‘ng‘ich  o‘g‘lini  olib  qolishadi. Fermer 

xo‘jaliklari  oilalari  homiylik  ostidagi  ota-onalar  bo‘lib  xizmat  qiladilar  va  ular 

bolalarni  qabul  qilganliklari  uchun  moddiy  rag‘bat  oladilar. Ota-ona  sifatida 

tanlanish sharaf deb qaraladi.

24

  

1895  yillarga  kelib,  vasiylik  va  homiylik  ostidagi  dastur  AQShda 



qo‘llaniladigan 

tizimga 


o‘xshab 

ketdi, 


chunki  

Tokio 


Metropolitan 

Politsiyasi bolalarni  kasalxonaga  joylashtirilish  uchun  yubora  boshladi.

25

 Ushbu 


tizimda bolalar  huquqlarini  suiiste’mol  qilish kabi  muammolar  paydo  bo‘ldi, 

shuning uchun hukumat uni yo‘q qilishni boshladi va institutsional imkoniyatlarni 

ko‘paytira  boshladi. 1948  yilda  “Bolalarni  himoya  qilish  to‘g‘risida”gi  qonun 

                                                           

22

  Swain,  Shurlee.  "History  of  Adoption  and  Fostering  in  Australia  by  Shurlee  Swain."  History  of 



Adoption and Fostering in Australia. Oxford University, 28 Jan. 2013. Web. 05 Oct. 2016. 

23

  Kumasaka,  Y,  and  H  Aiba.  "Foster  Care  in  Japan:  Past  and  Present."  The  Milbank  Memorial  Fund 



Quarterly. 46.2 (1968): 253. Print. 

24

  Kumasaka,  Y,  and  H  Aiba.  "Foster  Care  in  Japan:  Past  and  Present."  The  Milbank  Memorial  Fund 



Quarterly. 46.2 (1968): 255. Print.

 

25



 

Kumasaka,  Y,  and  H  Aiba.  "Foster  Care  in  Japan:  Past  and  Present."  The  Milbank  Memorial  Fund 

Quarterly. 46.2 (1968): 258. Print.

 

Удалить Водяной Знак



Wondershare

PDFelement




26 

 

qabul  qilindi,  rasmiy  nazorat  kuchaytirildi  va  bolalar  o‘sishi  uchun  yaxshi 



sharoitlar yaratildi.

26

 



Buyuk  Britaniyada  vasiylik  va  homiylik  har  doim  “boshqalarning 

farzandlarini  o‘z  uylariga  olib  borish  va  ularga  doimiy  yoki  vaqtincha  qarash” 

ma’nosida  bo‘lgan.   XX  asrga  qadar  bu  vasiylik  va  homiylik  qonuniy  asosga  ega 

emas  edi. Lekin,  Buyuk  Britaniyada  bolani  qabul  qiladigan  oila Kantserlar 

sudi tomonidan  vasiylikka  olingan. Vasiylik  uncha  ko‘p  qo‘llanilmagan,  chunki  u 

vasiyga “ota-ona huquqlari” ni bermagan.  

Birinchi  jahon  urushi  asrab  olish  jamiyatlari  va  bolalarni  qutqarish 

tashkilotlari  orqali  uyushgan  farzand  asrab  olishning  ko‘payishiga  olib  keldi  va 

asrab  olishga  huquqiy  maqom  berish  uchun  talab  kuchayib  ketdi. Bolalarni  asrab 

olish  va  tarbiyalashga  asoslangan  birinchi  qonunlar  1926  yilda  qabul  qilingan. 

Farzandlikka  olishning  eng  yuqori  darajasi  1968  yilda  qayd  etilgan  edi,  chunki 

Buyuk  Britaniyada  farzand  asrab  olish  juda  kamayib  ketgan  edi.  Buyuk 

Britaniyada  bolalarni  asrab  olishning  asosiy  sabablari  turmush  qurmagan  onalar 

o‘z  farzandlarini  asrab  olish  uchun  berishgan  va  o‘gay  ota-onalar  farzandlarni 

asrab olishgan.

27

 



 

 

 



 

 

 



 

 

                                                           



26

 "Japan: Children in Institutions Denied Family Life". May 2014. 

27

 Keating, Jenny. "History of Adoption and Fostering in the United Kingdom."  Oxford Bibliographies. 



Oxford University, 28 May 2013. Web. 06 Oct. 2013. 

Удалить Водяной Знак

Wondershare

PDFelement




27 

 


Download 1,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish