Mehmonxonalarda asosiy xizmatlar. Mehmonxona korxonasining tashkiliy tuzilishi mehmonxonaning vazifasi, joylashishi, mehmonlarning xususiyatlari va boshqa omillar orqali aniqlanadi. U har bir xodimning zimmasiga yuklatilgan vakolat va majburiyatlarni aks ettiradi. Ishchi bu har bir mehmonxonada mavjud bo‘lgan asosiy xizmatlarni aniqlashga xalakt bermaydi:
nomerlar zaxirasini boshqarish;
administrativ xizmat;
umumiy ovqatlanish xizmati;
tijorat xizmati;
injener (texnik) xizmat;
yordamchi va qo‘shimcha xizmatlar .
Nomerlar zaxirasini boshqarish xizmati nomerlarni bron‘ qilish, sayyohlarni kutib olish, ularni ro‘yxati olish, nomerlarga joylashtirish va uyga yoki boshqa sayohat marshruti punktiga jo‘natish bilan bog‘liq masalalarni xal qilish, sayyohlarga nomerlarda xizmat ko‘rsatishni ta‘minlash, nomerlarni sanitar – gigienik xolatini va qulayligini ta‘minlash hamda mehmonlarga doimiy xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.
Xizmat tartibi:
Direktor yoki nomerlarni ekaplo‘tatsiyasi bo‘yicha menejer, qabul qilish va joylashtirish xizmati, oksochlar xizmati (shveytsarlar, koridornыylar, garderobщiklar, garaj xodimlari) port‘e xizmati, kons‘erj xizmati, xat tashuvchilar xizmati, nomerlarni tozalash bo‘yicha inspektor, xavfsizlik xizmati.
Administrativ xizmat mehmonxona kompleksdagi hamma xizmatlarni boshqaruvni tashkil qilish, moliyaviy masalalarni yechish, xodimlar masalalarni xal qilish, mehmonxona xodimlari uchun ishlashi kerak sharoit yaratish va saklash, mexnatni muxofaza qilish bo‘yicha o‘rnatilgan qonun-qoidalarni bajarilishi ustidan nazorat o‘rnatish uchun javobgardir.
Xizmat tarkibi:
Sekretariat, moliyaviy xizmat xodimlar xizmati, ekolog, yongin va texnika xavfsizligi bo‘yicha inspektorlar.
Umumiy ovqatlanish xizmatchilari mehmonlarga mehmonxonaning restoran, kafe, barlarda xizmat ko‘rsatadi, bankir prezintatsiyalar o‘tkazish bo‘yicha masalalarni xal qiladi.
Xizmat tarkibi:
Oshxona, restoran, barlar, kafelar, banketning xizmati.
Tijorat xizmati tezkor va strategik rejalashtirish masalalarini xal qiladi. Xo‘jalik va moliyaviy faoliyat natijalarini xal qiladi.
Xizmat tarkibi:
Tijorat deriktori marketing xizmati, injener (texnik) xizmatlar, konditsioner tizimlarini, issiklik bilan ta‘minlash tizimlari, sanitar texnik uskunalarni, elektro-texnik uskunalarni , ta‘mirlash va ko‘rish xizmatlarini, televidenie va aloqa tizimlarini ishlashi uchun sharoit yaratadi.
Xizmat tarkibi:
Bosh injener, joriy ta‘mir xizmati, atrof muxitni obodonlashtrish xizmati, aloqa xizmati.
Do'stlaringiz bilan baham: |