Universiteti geografiya kafedrasi 5610200-Mexmonxona



Download 1,22 Mb.
bet93/147
Sana17.07.2022
Hajmi1,22 Mb.
#812389
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   147
Bog'liq
Geografiya kafedrasi

Farg’ona turistik rayoni. Bu turistik rayon respublikamizning eng so‘lim, tabiati go‘zal maskanlardan biridir. Uch viloyatni birlashtirgan (Farg‘ona, Andijon, Namangan) rayon qadimdan rivojlanib, ko‘p ming yillik tarixiy taraqqiyoti jarayonida qishloq xo‘jaligi, hunarmandchilikning eng yirik markazlari sifatida hozirgi kunda ham ahamiyatini yo‘qotmagan. Aholining milliy hunarmandchilik buyumlari jahon sayyohlarining e‘tiborini jalb qilib kelmoqda. SHu o‘rinda, Marg‘ilon ipaklari, shoyilari va do‘ppilari, Chust pichoqChiligi, charmdo‘zlik hamda Rishton kulolChilik mahsulotlari kabilar jahon ko‘rgazmalarida ishtirok etib kelmoqda.
Turistik rayonda Madrasai Amir (XVIII-asr), Xudoyorxon saroyi, milliy uslubdagi naqqoshlik va ganchkorlik naqshlari bilan qurilgan tarixiy obidalar Qo‘qon, Rishton, Quva, Kosonsoy, SHahrixon va Namanganda ancha keng tarqalgan. Amir Kon, CHilustin g‘orlari, Marg‘iloniy, Al-Farg‘oniy ziyoratgohlari sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi.
Yozyovon cho‘llari Markaziy Farg‘onada saqlanib qolgan noyob landshaft turidir. SHuningdek, Axsi, Eski Pop, Tuproqqal‘a kabi ekoturistik obidalar va rayon etnografiyasi, san‘ati, (askiya, qiziqChilik) madaniyati, urf-odatlari (to‘ylari, kurash musobaqalari va h.k.) hamda choyxonalari sayyohlikning o‘ziga xos o‘rganilmagan jihatlaridan biridir. Farg‘ona turistik rayonidagi Andijon, Asaka, Pop, Qo‘qon, Marg‘ilon, SHahrixon, Chust va boshqa shaharlardagi milliy hunarmandchilikning o‘ziga xos turlari mintaqa turistik salohiyatini yanada oshiradi. Bularning barchasini turizmni rivojlantirish maqsadida ilmiy jihatidan o‘rganish katta ahamiyatga egadir.
Hozirgi paytda vodiyda 55 ga yaqin noyob tabiiy turistik ob‘ektlar hisobga olingan. Rekreatsiya va dam olish maskanlaridan Chortoq, CHimyon, SHoximardon, Vodil, Bobur bog‘i kabi ob‘ektlar rayonning dam olish, sog‘lomlashtirish, tanishuv, diniy, sport va boshqa turistik xususiyatlarini mujassamlashtiradi. Namangan viloyatidagi Chortoq, Gulshan dam olish va davolanish sihatgohlari, Baliqko‘l, Nanay, G‘ova, Movlono Lutfillo, Parda Tursun kabi dam olish maskanlari va ziyoratgohlari, Andijon viloyatidagi Bog‘ishamol, SHirmonbuloq, Xonobod, Dilkushod dam olish maskanlari, Qutayba ibn Muslim, Imom ota, Qambar ota va boshqa diniy ziyoratgohlar turizmda nihoyatda ahamiyatlidir
Vodiyda 50 dan ortiq mineral suv buloqlari mavjud. CHortog‘ mineral suvi 1946 yilda ochilgan bo‘lib, suv 1000-3000 m chuqurlikdan 43-47 gradus issiqlikda otilib chiqadi. CHortog‘ dam olish maskanida poliartrit, me‘da-ichak, xotin qizlar kasalliklari, teri xastaligi va boshqa kasalliklar davolanadi. Bundan tashqari, CHimyon, SHahimardon, Vodil kabi ko‘plab rekreatsiya va dam olish ob‘ektlari, go‘zal sermanzara soylar rayonning turistik imkoniyatini yanada oshiradi (Nurmatov, Islomov, CHorieva, 2002, b.103-105)
Hozirgi paytda maxalliy sayyohlik nihoyatda faol bo‘lib, chet ellik sayyohlarni qabul qilish va ularni jalb qilish ancha past darajada. CHunki, mintaqa turistik jihatdan keng ko‘lamli o‘rganilmagan va turistik infratuzilmaning pastligi kelajakda ilmiy tadqiqotlar, izlanishlar asosida taklif va loyihalar yaratishni talab etadi.

Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish