Universiteti geografiya kafedrasi 5610200-Mexmonxona


Ispaniya davlatining turizm iqtisodi



Download 1,22 Mb.
bet31/147
Sana17.07.2022
Hajmi1,22 Mb.
#812389
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   147
Bog'liq
Geografiya kafedrasi

Ispaniya davlatining turizm iqtisodi


Ispaniya davlati Yevropaning janubiy-g‘arbiy qismida joylashgan. Pireney yarim orolining deyarli 80%ni. O‘rta yer dengizidagi Balear va Atlantika okeanidagi Kanar orollarini o‘z ichiga oladi. Hududi 504.748 kv.km.. aholisi 50.54 mln. kishi. Yirik shaharlari Madrid.
Barselona. Bil‘bao. Valensiya. Sevil‘ya. Saragosa. 2002 yildan Yevroga o‘tgan. Ispaniya NATO a‘zosi. 1986 yilda Yevropa Ittifoqiga kirgan. Bu mamlakat sanoati rivojlangan agrar mamlakatlar qatoriga kiradi. YaMM 515.8 mlrd. AQSH dollarini tashkil etadi. yillik o‘sish 4% atrofida. Transport kommunikatsiyalari diqqatga sazovor. Temir yo‘llar. avtomobil‘ yo‘llari. dengiz transporti. aeroportlar xizmat ko‘rsatish jihatidan nihoyatda rivojlangan.
Turizm Ispaniya iqtisodiyotida muhim o‘rinni egallaydigan sohalardan biri hisoblanadi. Ispaniya asosan ommaviy plyaj turizmiga ixtisoslashtirilgan va u dunyoning asosiy turistik markazlaridan hisoblanadi. Mamlakatda turizmni rivojlanishi O‘rta yer dengizi qirg‘oqlari va Balear orollaridagi turizm rivojiga bog‘liq. Ispaniyaning Atlantika qirg‘oqlarida turizm nisbatan kam rivojlanganligi sababli ko‘p turistlar bu yerga asosan qishki ta‘tillarni plyajlarda o‘tkazish uchun tashrif buyuradilar. Ispaniya hukumati turizm tarmog‘ining milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o‘rnini tan olib turli yo‘llar bilan. ya‘ni otellar qurish uchun ssuda berish yo‘li bilan turizmni rag‘batlantirish siyosatini amalga oshiradilar. Buning natijasida Ispaniya o‘z qirg‘oqlariga Italiya va Frantsiyaga nisbatan turistlarni ko‘proq jalb qila boshlaydi. Natijada Ispaniya turizm markaziga aylanadi.
1960 yillarga kelib Ispaniya xususiy turizm tarmog‘i bilan jiddiy shug‘ullana boshlaydi va O‘rta yer dengizi qirg‘oqlarida yangi otellar. apartamentlar va villalar hech qanday reja va kardinatsion siyosatsiz qurila boshlanadi. Buning natijasida 10 yil ichida turistlar soni qariyb to‘rt barobarga ortadi va 1970 yilda umumiy turistlar soni 24 mln. kishiga yetadi. 1970 yilning o‘rtalariga kelib turizm mamlakatda yanada rivojlandi. ommaviy turizm talablarini to‘laroq qondirish uchun katta zamonaviy yotoqxonalar qurilishi ishlari boshlab yuborildi.
1980 yillarda turizm Ispaniya iqtisodiyotida muhim rol o‘ynashda davom etdi va mamlakat potentsial ishchi kuchining 11%ni yangi ish joylari bilan ta‘minladi. 1988-1992 yillarga kelib Ispaniya turizm bozorini ta‘minlovchi mamlakatlar Frantsiya. Germaniya. Niderlandiya va Italiyadan tashrif buyuruvchi turistlar soni keskin tarzda qisqarib bordi. Buyuk Britaniyalik turistlar soni 1988 yildagi 7.6 mln. kishidan 1991 yilga kelib 6.1 mln. kishiga tushdi. Boshqa turistik markazlar bilan raqobat hamda Ispaniyaning ko‘plab qadimiy kurortlaridagi ekologik holatlar bir qator muammolarni tug‘dirdi. Ushbu negativ holatlarga javoban aksariyat kurort rayonlarida atrof muhitni yaxshilashga e‘tibor berila boshlandi. SHu maqsadda avtomobil‘ transporti harakati qisqartirildi. yangi parklar tashkil qilinib daraxtlar ekildi. ko‘cha va plyajlar tozalandi. yangi dam olish zonalari qurila boshlandi. Bundan tashqari. turistlarni joylashtirish uchun yangi turistik manzillar. ko‘ngil ochar tadbirlar uchun mablag‘lar ajratildi. Benidorm. Salou. Torremolinos va Balear orollaridagi turizm sanoati qayta jihozlandi. 1992 yilda Barselona shahrida olimpiya o‘yinlari o‘tkazildi. Sevil‘yada esa «Ekspo-92» butun dunyo ko‘rgazmasi tashkil qilindi. Bundan tashqari. Madrid Yevropaning madaniy shahri deb nomlandi. Bularning barchasi Ispaniyaning ulkan turistik mamlakat sifatida nom qozonishiga sabab bo‘ldi. SHunday qilib O‘rta yer dengizi kurortlari mahalliy va xorijiy turistlarni qabul qilishda yetakchilik qildi.
Ispaniyada chet ellarga chiqish turizmi sust rivojlangan. ammo oxirgi yillarda sezilarli darajada o‘sish kuzatilmoqda. Mamlakatdan chiquvchi turistlar soni umumiy turistlar soniga nisbatan ancha kam. ammo ularning quyoshli mamlakatlarga chiqishlari tez-tez uchramoqda. Masalan: Portugaliya davlatiga chiquvchi turistlar soni 1986 yilda 2.5 mln. kishini tashkil qilgan bo‘lsa. 1991 yilga kelib 4.1 mln. kishiga ortdi.
Hozirgi kunda nisbatan arzon bo‘lgan turistik markazlar hisoblanmish Gretsiya. Marokash. Portugaliya. Tunis va Turkiyaga chiquvchi turistlar soni jadal ravishda o‘sib bormoqda. Mamlakatdan chiquvchi umumiy turistlarni 30-57% ushbu mamlakatlarga to‘g‘ri keladi. Qimmat hisoblanadigan Frantsiya. Italiya va Buyuk Britaniya mamlakatlari turistik markazlariga chiqish holatlari bir muncha kamaymoqda. Uzoq masofalarga chiquvchi turistlarga asosan biznes bilan shug‘ullanuvchi turistlar kiradi. Ularning 40.7% Kanada mamlakatiga va 44.5% Yaponiya davlatiga to‘g‘ri keladi.
2000 yilda Ispaniya mamlakatiga 48.2 mln. turistlar tashrif buyurgan. 1999 yilga nisbatan o‘sish 3.0%ni tashkil qilgan. Ispaniyaning internet orqali turistik mahsulotlarni sotish ulushi 2000 yilda 8%ni tashkil etgan.



turadi.
Ispaniya mamlakati xorijiy turistlarni qabul qilish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda


Ispaniya mamlakati xalqaro turizm harakatlarining iqtisodiy tahlil natijalarini

ko‘rsatishicha. jahon bo‘yicha turistik tashriflarning 7.4%i Ispaniya mamlakatiga to‘g‘ri keladi. 2001 yilga nisbatan 2002 yilda xorijiy turistlar tashrifi 3.3%ga ko‘paygan.
Daromadlar bo‘yicha jahon turizm daromadlarining 7.1%i bu mamlakatga to‘g‘ri kelgan.
2001 yilga nisbatan 2002 yilda daromadlar miqdori 2.2%ga o‘sgan.
Evropa mintaqasi bo‘yicha xalqaro turistik tashriflarning 12.9%ni. daromadlar miqdori bo‘yicha 14.0%ni tashkil qilgan.
2002 yilda har bir xorijiy tashrif o‘rtacha 650 AQSH dollarini tashkil qilgan.
Ispaniya O‘zbekistonni 1991 yilning 31 dekabrida tan olgan va 1992 yilning 17 martidan diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan. Ikkala davlat o‘rtasida yaxshi siyosiy. iqtisodiy va madaniy aloqalar mavjud.

Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish