«Iste‟dod» ovqatlanish korxonasining tavsifi va ularning bo„limlari
«Iste‘dod» MCHJ Samarqand shahar hokimining 1996 yil 18 noyabrdagi 612-«F» sonli farmoyishi bilan ro‗yxatga olingan.
«Iste‘dod» mas‘uliyati cheklangan jamiyat (MCHJ) Samarqand shaharining Shoxrux ko‗chasi 41-uyda joylashgan bo‗lib, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabalari va xodimlari uchun xizmat ko‗rsatadi.
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi ovqatlanish korxonasi 2 qavatli binodan tashkil topgan bo‗lib, 2012 yilning 1 yanvaridan 2013 yilning 31 yanvarigacha ijaraga «Iste‘dod» MCHJga berilgan.
Ovqatlanish korxonasining bitta oshxonasi bo‗lib, o‗z ichiga go‗sht, sabzavot, issiq va sovuq sexlarni oladi. Har bir sex tegishli jihozlar Bilan jihozlangan. Birinchi qavatdagi oshxona talabalar va institutda ishlaydigan o‗qituvchi-xodimlarga xizmat ko‗rsatadi.
Korxona jami 110 o‗ringa ega bo‗lib, har kuni 300-400 nafar kishilarga xizmat ko‗rsatiladi. Korxonada jami 22 xodim xizmat qiladi, jumladan: diretkor, direktor o‗rinbosari, bosh buxgalter, itisodchi, kassir, qandolatchi, bosh oshpaz, oshpaz, bufetchi, oshxona ishchisi va boshqalar.
Korxonada ishlovchi barcha xodimlar o‗zlariga tegishli bo‗lgan kiyimlar Bilan ta‘minlangan.
Ovqatlanish korxonasining issiq sexi hamda qandolat sexi maxsus so‗ruvchi ventilyatsiya bilan ta‘minlangan. Bundan tashqari, tez buzuluvchi oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash uchun yetarli darajada sovutgichlar Bilan ta‘minlangan. Korxonaning birinchi qavatida yuvish sexi joylashgan, yuvish sexi oqar issiq va sovuq suv bilan ta‘minlagan.
Bundan tashqari, maxsus 5 ta vanna ham mavjud. Korxonada ishlovchilarning barchasi tibbiy ko‗rikdan belgilangan muddatlarda o‗tib turadi.
Korxonaning 2chi qavatida qandolat sexi hamda qo‗shimcha sexlar joylashgan. Ular qatoriga omborxona, tuxum yuvuvchi xona, un elash, hamir
qorish, idish-tovoq yuvish va bezash xonalari kiradi. Qandolat sexida ishlatiladigan barcha mahsulotlarning muvofiqlik sertifikati mavjud. Korxonada o‗z-o‗ziga xizmat ko‗rsatiladi, faqat o‗qituvchilar uchun mo‗ljallangan ovqatlanish xonasida ofitsiantlar xizmati yo‗lga qo‗yilgan.
Ovqatlanish korxonasida talabalar va o‗qituchi xodimlar uchun milliy va yevropa taomlari tayyorlanadi. Bundan tashari, ular uchun parhez taomlarini tayyorlash ham yo‗lga qo‗yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |