Universiteti amaliy matematika va intellektual texnologiyalari fakulteti


 ARMlarning huquq va majburiyatlari



Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/18
Sana28.01.2022
Hajmi1,3 Mb.
#414924
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
IslomBek Karimov

4. ARMlarning huquq va majburiyatlari
4.1. ARM quyidagi huquqlarga ega: 
• Nizomda ko‘rsatilgan maqsadlar va vazifalarga muvofiq o‘z faoliyatining mazmun va 
shakllarini mustaqil ravishda belgilash; 
• ARM tuzilmasini, shtat ro‘yxatini va undan foydalanish qoidalarini ishlab chiqish hamda 
ularni ta’lim muassasasi rahbariyati tomonidan tasdiqlash; 
• markazga berilgan mablag‘larni tasarruf etish; 
• yagona tarif setkasi asosida, mehnatga haq to‘lash fondi doirasida lavozim maoshlarini; 
• lavozim maoshlariga ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlarni; xodimlarni mukofotlash 
tartibi va miqdorlarini belgilash; 
• ARMdan foydalanish qoidalariga muvofiq, foydalanuvchilar tomonidan ARMga 
yetkazilgan zararni undirish turlari va miqdorlarini belgilash; 
• yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar asosida ARM fondidan foydalanish 
shartlarini belgilash; 
• ta’lim muassasasining ta’lim-kasb-hunar dasturlari, o‘quv rejalari, ilmiy-tadqiqot ishlari 
tematikasi bilan tanishish, uning tarkibiy bo‘linmalaridan ARM oldiga qo‘yilgan 
vazifalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni olish; 
• turli muassasalarda, tashkilotlarda ta’lim muassasasi nomidan vakillik qilish, kutubxona 
va axborot-bibliografik faoliyat masalalari bo‘yicha ilmiy konferensiyalar, yig‘ilishlar va 
seminarlar ishida bevosita qatnashish; 
• boshqa ARMlar, kutubxonalar, tashkilotlar bilan belgilangan tartibda yozishmalar olib 
borish; 
• amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda axborot-kutubxona birlashmalariga 
kirish; 
• axborot-kutubxona ishini rivojlantirishning davlat va mintaqaviy dasturlarini amalga 
oshirishda tanlov yoki boshqa asosda qatnashish; 
• xorijiy davlatlarning ARMlari, kutubxonalari hamda boshqa muassasa va tashkilotlari 
bilan belgilangan tartibda hamkorlikni amalga oshirish, shu jumladan, zaruriyatga ko‘ra 
xalqaro kitoblar ayirboshlashni yuritish, belgilangan tartibda xalqaro tashkilotlarga a’zo 
bo‘lib kirish, xalqaro kutubxonachilik va boshqa dasturlarni amalga oshirishda qatnashish. 
4.2. ARM fondlarning saqlanishi uchun javob beradi. 
4.3. Ta’lim muassasasi ARM o‘zining vakolatiga taalluqli funksiyalarning bajarilmagani 


~ 21 ~ 
uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi. 
4.4. Axborot fondlariga zarar yetkazilishida aybdor bo‘lgan ARM xodimlari amaldagi 
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javob beradilar. 
4.5. ARM xodimlarining mehnat munosabatlari O‘zbekiston Respublikasi qonun 
hujjatlariga muvofiq tartibga solinadi. Avtomatlashtirilgan kutubxona tarkibi. Har qanday 
kutubxona muassasa sifatida aniq bo‘limlardan tashkil topadi. Har bir bo‘lim bajaradigan 
ishlar avvaldan belgilab qo‘yiladi. Bunda kutubxonaning bosh maqsadi kitobxonlarga 
kerakli adabiyotlarni berish va axborot xizmati ko‘rsatishdir. Agarda bu ishlardan biri 
bajarilmasa yoki chala bajarilsa, ish sifati pasayib ketadi, kutubxonachilarning faoliyat 
ko‘rsatishi qiyinlashadi, kitobxonlar esa kerakli axborotlarni tezda ololmaydilar. Zarur 
xizmat turlaridan ham foydalana olishmaydi. Demak, kutubxona faoliyatining 
samaradorligi uning tarkibidagi bo‘limlarda ishning to‘g‘ri taqsimlanishiga bog‘liq ekan. 
Avtomatlashtirilgan kutubxona (AK)-bu kutubxona ishini tashkil etishning ilg‘or shakli 
hisoblanadi. AK xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirib, kitobxonlarga tezkorlik 
bilan xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydi. Xizmati har qanday tizim shunday qismlardan 
iboratki, ularsiz tizim faoliyat ko‘rsata olmaydi. Agarda tizim qismlaridan biri bo‘lmasa 
yoki qoniqarsiz ishlasa, u holda tizim o‘z oldiga qo‘yilgan bosh vazifani bajara olmaydi. 
Xo‘sh, AK tizimining qismlari yoki uni tashkil etuvchilari nimalardan iborat? Tizim 
faoliyatini ta’minlab turuvchi quyidagi qismlarni ajratib ko‘rsatish mumkin: Til ta’minoti -
AK da ishlatiladigan til vositalari majmui. TT o‘z ichiga atamalar, tushunchalar, yuqori 
darajadagi tillarni, kodlashtirish tillarini va bibliografik axborot tavsifini oladi. Axborot 
ta’minoti — axborot massivlari majmui, bibliografik axborotlar tasnifi va kodlashtirish, 
bibliografik formatlar, ma’lumotlar bazasi. Axborot va til ta’minotini bir-biridan ajratish 
mumkin emas. Bu ikkalasini axborot til ta’minoti sifatida birlashtirish mumkin. 
Texnik ta’minot — kutubxona jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va 
avtomatlashtirishga mo‘ljallangan texnik vositalar (shaxsiy kompyuterlar, orgtexnika, 
serverlar, printerlar va h.k.) majmui. Kutubxonaning texnik ta’minoti o‘z ichiga texnik 
vositalar kompleksi (EHM, tashqi qurilmalar, terminallar, abonent punktlari, aloqa 
vositalari)ni oladi. Bu vositalar yordamida kutubxonada axborotlar yig‘iladi, saqlanadi, 
qayta ishlanadi, qidiriladi va uzatiladi. Bulardan tashqari, adabiyotlarni jo‘natish va qabul 
qilishga mo‘ljallangan texnik qurilmalar ham texnik ta’minot tarkibiga kiradi. Tashkiliy 
ta’minot — AK ning tashkiliy tuzilishi va lavozimlar uchun yo‘riqnomalar majmuini o‘z 
ichiga olgan va kutubxonani bir maromda ishlashi uchun lozim bo‘lgan farmoyish va 
boshqa rasmiy hujjatlardir. 
Kutubxona tashkiliy tuzilmasi undagi turli bo‘limlarning faoliyatini (bir-biri bilan 
aloqasini) tartibga soladi. Bu esa AK tashkiliy masalalarni samarali hal qilishda muhim rol 
o‘ynaydi. Kutubxonada avtomatlashtirish vositalari paydo bo‘lishi bilan u yerda yangi 
(avtomatlashtirish, elektron kataloglashtirish, kompyuterlashtirilgan zallarda kitobxonlarga 
xizmat ko‘rsatish va h.k.) bo‘limlar tashkil etiladi. Demak, kutubxona tashkiliy tarkibi 
o‘zgaradi. Kutubxona eng zamonaviy texnika vositalariga ega bo‘lishi, ammo mehnat 
to‘g‘ri tashkil etilmasa, bu texnika vositalarining asosiy funksiyalari bajarilmasligi 
mumkin. Bunday holda texnika vositalarining unumdorligi kutilganidan past bo‘ladi. 
Kadrlar ta’minoti — AK faoliyatini yurituvchi xodimlar majmui, kadrlar malakasini 
turli ta’minot ko‘rinishlari (texnikaviy, axborot va dasturiy ta’minotlar)ga mos ravishda 
saqlab turishga mo‘ljallangan tadbirlar. Kadrlar ta’minoti yana kutubxonachilar tayyorlash 


~ 22 ~ 
va ularning malakasini oshirish, AK dan foydalanishning zamonaviy usullarini o‘qitishni 
ham o‘z ichiga oladi. Kadrlar ta’minoti tashkiliy ta’minotning muhim qismidir. 
Kutubxonalarni avtomatlashtirish kutubxonachilar xizmat vazifalari yo‘riqnomalariga 
jiddiy tuzatishlar kiritish va kadrlar malakasini yangi texnologiyalar asosida oshirishni 
talab qiladi. Kadrlar ta’minoti o‘z xodimlaridan AK talablari va ehtiyojlari asosida ta’lim 
olishni taqozo qiladi. 
Uslubiy va huquqiy ta’minot — AK faoliyati uchun zarur uslubiy ko‘rsatmalar, huquqiy 
va me’yoriy hujjatlar majmuidir. AK ning bu ta’minoti faoliyatini huquqiy jihatdan 
belgilab beradi. Uslubiy va huquqiy ta’minot kutubxonalar va unga yaqin sohalar (axborot 
texnologiyalari, Internet, elektron resurslar, axborotga ega bo‘lish huquqi va boshqalar)ni 
rivojlantirishga mo‘ljallangan hukumat qarorlarini o‘z ichiga oladi. Bu qonunlar 
jumlasiga: «Kutubxonalar to‘g‘risida»gi yoki «Kutubxonachilik ishi to‘g‘risida»gi qonun, 
«Majburiy nusxa to‘g‘risida»gi qonun, «Elektron kutubxonalarni rivojlantirish dasturi», 
«Ma’lumotlar bazasi va dasturlar bo‘yicha mualliflik huquqi himoyasi to‘g‘risida»gi 
qonun va boshqalar kiradi. Dasturiy ta’minot — kutubxona jarayonlarini 
avtomatlashtirishga mo‘ljallangan dasturiy vositalar majmui. Bunga AK tizimini tashkil 
qiluvchi dasturlar kiradi, ya’ni axborot qidiruv tizimi, shtrix kodlash tizimi. Iqtisodiy 
ta’minot — AKni moliyalashtiruvchi vositalar majmui. Bunga davlat tashkilotlaridan 
olinadigan mablag‘lar, davlat dasturlaridan ajratiladigan mablag‘lar va boshqalar kiradi. 
Iqtisodiy ta’minotga xalqaro va mahalliy fondlarning grantlarini ham qo‘shish mumkin. 


~ 23 ~ 

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish