Universiteti amaliy matematika va intellektual texnologiyalari fakulteti



Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/18
Sana28.01.2022
Hajmi1,3 Mb.
#414924
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
IslomBek Karimov

3. Asosiy funksiyalari
3.1. O‘quv zallarida, abonementlarda hamda yagona kitobxon bileti bo‘yicha kitoblar 
berishning boshqa punktlarida, yakka tartibda va guruhlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatish 
metodlarini qo‘llagan holda, foydalanuvchilarga tabaqalashtirilgan xizmat ko‘rsatishni 
tashkil etadi. 
3.2. O‘quv yurti kafedralarida, o‘quv markazlarida, laboratoriyalarida shakllantirilgan 
elektron axborot resurslarini to‘plash, tizimlash, kataloglashtirishni amalga oshiradi. 
Elektron kataloglashtirish bibliografik axborotni taqdim etish va uzatishning xalqaro 


~ 19 ~ 
formatlari (MAKS formatlari) talablariga qat’iy muvofiq holda olib boriladi. ARMda 
ma’lumotlarning original tematik bazalarini yaratish yo‘li bilan ta’lim muassasalarining 
axborot resurslarini shakllantirishi mumkin. 
3.3. ARM foydalanuvchilarni asosiy axborot xizmatlari bilan bepul ta’minlaydi: 
• kataloglar, kartotekalar tizimi va axborotlar berishning boshqa shakllari orqali ARM 
fondi tarkibi to‘g‘risida to‘liq axborot beradi; 
• matbaa asarlari va boshqa hujjatlarni qidirish va tanlashda maslahat yordami ko‘rsatadi; 
• ARM fondlaridan hujjatlarni vaqtincha foydalanish uchun beradi
• ta’lim muassasasining ilmiy va o‘quv ishlariga yordam sifatida bibliografik 
• ko‘rsatkichlar, adabiyotlar ro‘yxatlari tuzadi; tematik, adresli va boshqa bibliografik 
ma’lumotlar beradi; 
• bibliografik sharhlar o‘tkazadi; kitob ko‘rgazmalari tashkil qiladi; 
foydalanuvchilar, rahbariyat, professor-o‘qituvchilar tarkibi, ilmiy xodimlar va 
aspirantlarning axborotlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlaydi, o‘rganadi va muntazam ravishda 
aniqlashtirib boradi. 
3.4. ARM foydalanuvchilarga boshqa xizmatlar, shu jumladan, ro‘yxati ARMdan 
foydalanish qoidalarida belgilanadigan pulli xizmatlar ko‘rsatadi. Kichik va o‘rta biznes 
korxonalariga, uyushmalar va boshqa tashkilotlarga shartnomalar bo‘yicha kutubxona-
axborot xizmati o‘rsatishni tashkil qiladi. Kitobxonlarga kutubxonalararo abonement 
bo‘yicha, shu jumladan, elektron pochtadan foydalangan holda xizmat ko‘rsatadi. 
3.5. ARM axborotlarni qidirib topish, ularni mustaqil ta’lim olishda, o‘quv jarayonida va 
ilmiy ishlarda qo‘llash, ARMning ma’lumotnoma-bibliografik apparatiga, axborot 
tizimlariga va ma’lumotlar bazalariga tayanish ko‘nikmalarini shakllantiradi. 
3.6. Foydalanuvchilar uchun informatika va bibliografiya asoslari bo‘yicha mashg‘ulotlar 
tashkil qiladi. 
3.7. Mintaqaning boshqa ARMlari bilan muvofiqlashtirilgan holda aholining axborotlarga 
bo‘lgan talablari, shuningdek, ta’lim, kasb — hunar dasturlari, o‘quv rejalari hamda ilmiy 
tadqiqotlar tematikalariga muvofiq fondning jamlanishini ta’minlaydi. O‘quv, ilmiy, 
davriy, ma’lumotnoma, badiiy adabiyotlar va boshqa turdagi nashrlarni sotib oladi. 
3.8. Fondlarni jamlash manbalarini mustaqil ravishda belgilaydi. ARMlar hamda 
respublikadagi boshqa muassasa va tashkilotlar bilan kitoblar va elektron resurslar 
ayirboshlashni, shuningdek, zaruriyatga ko‘ra xorijiy mamlakatlarning kutubxonalari va 
tashkilotlari bilan xalqaro kitoblar va elektron resurslar ayirboshlashni amalga oshiradi. 
3.9. Fondlarni jamlash rejalariga tuzatishlar kiritish, ta’lim muassasalari uchun adabiyotlar 
chiqarishni rejalashtirish hamda foydalanuvchilarning va fondlar tarkibining axborotlarga 
bo‘lgan ehtiyojlariga muvofiqlashtirish maqsadida kitobxonlar talabi qondirilishi 
darajasini o‘rganadi. Barcha toifadagi foydalanuvchilarning o‘quv va ilmiy-ommabop 
adabiyotlar bilan ta’minlanganligini tahlil qiladi. Ilg‘or axborot-kutubxona va elektron 
axborot resurs texnologiyasini, tadqiqot ishlari natijalarini joriy etadi. Foydalanuvchilar 
qiziqishlarini o‘rganish maqsadida sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazadi. 
3.10. Fondlarni hisobga olish va joylashtirishni amalga oshiradi, ularning saqlanganligini, 
saqlash rejimini, hujjatlar nusxasini olishni va mikrofilmga hamda elektron formatga 
ko‘chirishni ta’minlaydi. 
3.11. Hujjatlarni chiqarib tashlashning ta’lim muassasasi rahbariyati bilan kelishilgan 
tartibiga, amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq hujjatlarni ARM fondidan 


~ 20 ~ 
chiqaradi. Sohaga oid bo‘lmagan va ortiqcha, o‘xshash adabiyotlarni qayta taqsimlashni 
amalga oshiradi. Kitoblarni belgilangan tartibda aholiga sotishni tashkil qiladi. 
3.12. Fondlarni ko‘p sohali bibliografik aks ettirish yordamida an’anaviy va elektron 
manbalarda kataloglar va kartotekalar tizimini yuritadi. 
3.13. Foydalanuvchilarga avtomatlashtirilgan rejimda tezkorlik bilan turli xizmatlar 
ko‘rsatish imkonini beradigan respublika yig‘ma kataloglarini, shu jumladan, elektron 
kataloglarni tuzishda qatnashadi. 
3.14. Boshqa ARMlar, kafedralar, ilmiy jamiyatlar, ta’lim muassasalarining jamoat 
tashkilotlari, respublika ARMlari bilan ijodiy va axborot aloqalarini rivojlantiradi. 
3.15. Kutubxonalar, arxivlar, ma’lumotlarning axborot bazalariga ega bo‘lgan boshqa 
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar bilan amaldagi qonun hujjatlariga, davlat 
dasturlariga, shuningdek, muassasalar va tashkilotlar o‘rtasida tuzilgan shartnomalarga 
muvofiq o‘zaro hamkorlik qiladi. 

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish