Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich


 O‘zbekiston Respublikasida ta'lim sohasidagi islohotlar



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet66/227
Sana21.12.2022
Hajmi5,01 Kb.
#893664
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   227
Bog'liq
-.-

1. O‘zbekiston Respublikasida ta'lim sohasidagi islohotlar. 
2.
 
Uzluksiz ta'limni tashkil etish va rivojlantirish tamoyillari
 


93 
3. O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta'lim 
 
Tayanch tushunchalar:
ta'lim tizimi, ta'lim islohotlari, Maktabgacha ta'lim 
vazirligi, 11 yillik umumiy o‘rta ta'lim, kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim, oliy o‘quv 
yurtidan keyingi ta'lim, kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish. 
 
O‘zbekiston Respublikasida ta'lim sohasidagi islohotlar.
Mustaqillik 
yillarida O‘zbekiston Respublikasida ta'lim sifatini tubdan o‘zgartirish, zamonaviy 
pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalangan holda 
o‘qitishning ilg‘or metodlarini joriy etish orqali shaxsning sub'ekt sifatida 
namoyon bo‘lishiga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Boshqa fanlar singari 
pedagogika ham jamiyatning talab va ehtiyojlari asosida shakllanib, jamiyat 
ijtimoiy taraqqiyoti bilan uzviy rivojlanib bormoqda. Shu sababli ta'lim-tarbiya 
jarayonini ijtimoiy hayotning ajralmas qismi deb qarash lozim. Ana shunday 
umumbashariy ahamiyat kasb etuvchi ijtimoiy voqyelik, hodisa, ijtimoiy tasavvur 
va ehtiyoj mamlakatimizda shaxsni markaziy figura sifatida tan olinishi va 
rivojlanishning harakatlantiruvchisi tarzida baholanishi respublikamizda ta'lim 
tizimini rivojlantirishning konseptual asoslarini chuqur o‘rganishni taqozo etadi. 
Mamlakatimizda ta'lim tizimini rivojlantirishning konseptual asoslari 
hisoblanmish O‘zbekiston Respublikasining "Ta'lim to‘g‘risida"gi Qonuni va 
"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da davlatimiz ijtimoiy taraqqiyoti sohasida 
ta'limning ustuvor deb e'lon qilinishi Pedagogika fani zimmasiga juda katta 
masuliyatli, ulug‘vor vazifalarni yukladi. 
1997 yilning 29 avgustida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX 
sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'grisidagi»gi Qonuni va 
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi. Ularda ta'lim -tarbiya va kadrlar 
tayyorlash tizimini isloh qilishga oid asosiy yo'l-yo'riqlar ko'rsatib berildi. 
O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonuni zamonaviy 
pedagogikaning konseptual asosi bo‘lib hisoblanadi. Mazkur Qonunning qabul 
qilinishi ta'lim-tarbiya tizimida keng islohotlar o‘tkazishga zamin yaratdi. 


94 
Qonunga muvofiq ta'lim-tarbiya va o‘quv jarayonlarining tarkibi, bosqislarini bir-
biri bilan uzviy bog‘lash, ya'ni uzluksiz ta'lim-tarbiya tizimini tashkil qilish
ta'lim-tarbiya tizimini bugungi zamonaviy, taraqqiy topgan demokratik davlatlar 
talablariga javob bera oladigan qilib tashkil etishga yo‘l ochildi O‘zbekiston 
Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonunining maqsadi fuqarolarga ta'lim, 
tarbiya berish, kasb-xunar o‘rgatishning xuquqiy asoslarini belgilash hamda har 
kimning bilim olish mumkinligi kabi konstitusiyaviy huquqini ta'minlashdan 
iboratdir. O‘zbekiston Respublikasi “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonunining 1-bo‘limi
"Umumiy qoidalar" deb nomlanadi. Unda ta'lim sohasidagi davlat siyosatining 
asosiy prinsiplari, bilim olish, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish xuquqlari, 
ta'lim muassasasining xuquqiy maqomi, DTS, ta'lim berish tili kabi masalalar o‘z 
ifodasini topgan. 
"Ta'lim to‘g‘risida" gi Qonunning 2- bo‘limida ta'lim tizimi va turlari mohiyati 
yoritilgan. Respublikamizdagi ta'lim tizimi: Davlat ta'lim standartlariga muvofiq 
ta'lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta'lim muassasalarini
ta'lim tizimini rivojlanishini ta'minlash uchun zarur bo‘lgan tadqiqot ishlarini 
bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalarni; ta'lim sohasidagi davlat boshqaruv 
organlari, shuningdek ularga qarashli korxona, muassasa va tashkilotlarni qamrab 
oladi. 
Mazkur qonunning 10-moddasida ta'lim quyidagi turlarda amalga oshirilishi 
ko‘rsatiladi: maktabgacha ta'lim, umumiy o‘rta ta'lim, o‘rtamaxsus,kasb-hunar 
ta'limi, oliy ta'lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim , kadrlar malakasini oshirish 
va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta'lim Qonunning 2- bo'lim, 11-17- 
moddalarida har bir ta'lim turining mohiyati qisqacha yoritib beriladi. Unda 
ta'kidlanganidek, maktabgacha ta'lim bola shaxsini sog'lom va etuk, maktabda 
o'qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko'zlaydi. Maktabgacha
ta'lim bola olti-etti yoshga etgunicha davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya 
bolalalr muassasalarida hamda oilalarda amalga oshiriladi.
Qonunning uchinchi bo'limi ta'lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy qimoya 
qilishga bag'ishlangan bo'lib, unda ta'lim oluvchilarni va ta'lim muassasasi


95 
xodimlarini ijtimoiy himoya qilish, etim hamda jismoniy va ruhiy rivojlanishida 
nuqsoni bo'lganbolalarni o'qitish masalalari qonuniy ifodasini topgan.
Qonunning to'rtinchi bo'limida ta'lim tizimini boshqarishdagi Vazirlar 
mahkamasining, ta'lim ni boshqarish do'yicha vakolatli davlat organlarining va 
mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari ko'rsatilgan bo'lsa, beshinchi
bo'limda yakuniy qoidalar ifodalangan. 
Kadrlar tayyorlash milliy modeli zamonaviy pedagogikaning konseptual 
asosi hisoblanib, unda kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish, ularni tayyorlash 
tizimini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlar ko‘rsatilgan.
Ma'lumki, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi besh bo'limdan iborat bo'lib, 
unda kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish omillari, dasturning maqsadi, vazifalari 
va uni ro'yobga chiqarish bosqichlari, kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning 
asosiy yo'n alishlari, dasturni ro'yobga chiqarishga oid chora-tadbirlar belgilab 
berilgan. Dasturning 3- bo'limida kadrlar tayyorlashning milliy modeli moqiyati 
yoritilgan. Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari 
jamiyatimizda yashayotgan har bir insonning, fuqarolarning ilm olish huqo'qini, 
ularning kasb tanlash va malaka oshirish imkoniyatlarini kengaytiradi. Kadrlar 
tayyorlash milliy modeli»ning tarkibiy qismlari: shaxs, davlat va jamiyat, fan, 
ishlab chikarish, uzluksiz ta'limdir.
Mamlakatimizda 
 
«uzluksiz ta'lim”
- malakali raqobatbardosh kadrlar 
tayyorlashning asosi bo'lib, ta'limning barcha turlarini: maktabgacha ta'lim , 
umumiy o'rta ta'lim , o'rta maxsus, kasb-xunar ta'lim i, oliy ta'lim , oliy o'quv 
yurtidan keyingi ta'lim , kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, 
maktabdan tashqari ta'lim ni, DTSni, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning 
faoliyat ko'rsatish muhitini o'z ichiga oladi. 
“Uzluksiz ta'lim tizimi inson va jamiyatning turli xil ta'lim iy ehtiyojlarini 
qondirishi, bilimlarning qadr-qimmati va mavqyeini ko'tarish uchun keng 
imkoniyatlar yaratib berishi, shuningdek iqtisodiyotning o'zgaruvchan ehtiyojlari 
sharoitida umum ta'limiy, umummadaniy, kasbiy va ilmiy asosda mutaxassislar 


96 
tayyorlash yo'li bilan fundamental bilimlar berib shaxsni ijtimoiy himoya qilishni 
ta'minlashi kerak”
23
.
Uzluksiz ta'limni tashkil etish va rivojlantirish priniplari(3-rasm) yoshlar 
uchun turli xil ta'limiy ehtiyojlarini qondiradi, shaxsni ijtimoiy himoyalaydi.
Mamlakatimizda ta'lim tizimini isloh qilinishi va rivojlantirishning tarihiy
ahamiyati – bu ta'limning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida aks etgan
– “inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari 
oliy qadriyat hisoblanadi” (23-modda) – prinsipiga amal qilgan holda
insoniylikka yo‘naltirilganligidir. Insoniy ustuvorlik ta'lim sohasidagi davlat 
siyosatining asosiy prinsipi sifatida O‘zbekiston Respublikasi “Ta'lim to‘g‘risida” 
gi qonunida ham o‘z ifodasini to‘liq topgan
: “Ta'lim va tarbiyaning insonparvar, 
demokratik xarakterda ekanligi” (3-modda).

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish