315
-
kommunikativlik (muloqotga moyillik);
-
empatiya (o‘zgalar o‘rniga o‘zini quya bilish,
odamlarga nisbatan
ko‘ngilchan bo‘lish, mehribonlik);
-
aql bilan sezish- kasbiy ziyraklik, boshqalarga hamdard bo‘lish,
ichki
(hissiy) sezgirlik;
-
shaxsning harakatchanligi, irodaviy ta'sir ko‘rsatish va mantiqiy ishontirish
qobiliyatlari;
-
hissiy barqarorlik - o‘zini boshqara olishi;
-
kelajakni eng maqbul holda bashorat qilish;
-
kasbiy mustaqillik - ijod qilish qobiliyati.
Mahoratli o‘qituvchi
quyidagi bilim, ko‘nikma, malakalarni egallagan
bo‘lishi zarur:
1)o‘qituvchi
dunyoqarashi keng, har qanday voqyea va hodisa ustida erkin
fikr
yurita olishi zarurdir;
2)o‘qituvchi birinchi galda o‘zi o‘qitadigan fanni chuqur bilimdoni
bo‘lgandagina o‘quvchilarda umumiy va kasbiy ta'lim sifatini oshira oladi hamda
ularda fan-texnika hamda amaliy faoliyatga qiziqish va istak hosil qila oladi;
3)o‘qituvchi zamonaviy texnologiyalarga asoslangan
holda darsni tashkil
qilishi va uning har bir daqiqasidan unumli foydalanishi zarur;
4)O‘qituvchining mohirligi pedagogika va psixologiyani hamda o‘zi
o‘qitadigan fanning metodikasini chuqur egallaganligida namoyon bo‘ladi;
5)Pedagogning umumiy madaniyati yuqori bo‘lishi lozim. Bu esa undan
adabiyot va san'at sohasidagi bilimlarga ega bo‘lishni talab qiladi;
6)O‘qituvchi pedagoglik odobi va nazokatiga rioya qilishi kerak. Pedagoglik
odobi va nazokati o‘qituvchilik kasbiga xos fazilatlardan bo‘lib, uning mahoratini
oshiradi;
7)O‘qituvchi pedagogik mahoratga va har tomonlama bilimga ega bo‘lishi
lozim, chunki unga o‘quvchilar har sohada murojaat qilishlari mumkin.
Demak o‘qituvchi pedagogik mahoratga
psixologiya va pedagogika
turkumidagi fanlarni chuqur o‘rganish; mutaxassislik fanlari, ularni o‘qitish
316
metodikasidan puxta bilimga ega bo‘lish; pedagogik amaliyotda faol ishtirok etish
va uni samarali o‘tkazish; o‘z
faoliyatini doimo tahlil qilib, unga nisbatan tanqidiy
munosabatda bo‘lish, boshqalar tajribasini o‘rganish; o‘z ustida mustaqil ishlash,
malaka oshirish kurslarida o‘qib borish kabilar orqali erishishi mumkin.
ADABIYOTLAR
:
1.
Zyazyun I.A. Osnovы pedagogicheskogo masterstva. – Moskva:
Akademkniga, 2006.6-ye izd.- 302 s.
2.
Kan-Kalik V.A. Uchitelyu o pedagogicheskom obщenii.- Moskva: Logos,
2005.-4-ye izd. -190 s.
3.
Kuxarev N. V. Na puti k professionalnomu sovershenstvu. – Moskva:
Znanie, 2009. -159 s.
4.
Kaykovus. Qobusnoma.- Toshkent: Adabiyot va san'at,1991.-189-bet.
5.
Ochilov M. , Ochilova N. O‘qituvchi odobi. - Toshkent: O‘qituvchi, 2005.-
176 bet.
6.
Navoiy Alisher. Mahbub-ul qulub. – Toshkent: G‘ofur G‘ulom
nomidagi
«Adabiyot va san'at» nashriyoti, 1991.-234-bet.
7.
Yusuf xos Xojib. Qutadg‘u bilig.-Toshkent: Yulduzcha, 1990.- 278-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: