298
kelinadi. Lekin uning mohiyati chuqur ahamiyat kasb etadi. Taniqli o‘zbek shoiri
Abdulla Oripov aytganlaridek:
Ko‘hna dunyo ko‘rmadi ne ne dahoni,
Arastu Aflotun, Suqrot dononi
Ular dahosiga quygan tamal toshini
Sensan barchasiga ustozi avval,
Sensan barchasiga ustoz muallim!
Navoiyning
fikricha, ba‘zan bir kishi bitta bolaga tarbiya berishga ojizlik
qiladi, muallim esa bir to’da bolalarga ilmu adab o’rgatadi. Bu jarayonda muallim
ko’p aziyat chekadi, mashaqqatlarni boshdan kechiradi. Shuning uchun shogirdlar
ustoz oldida umrbod qarzdor ekanliklarini his etishlari lozim. “Shogird podsholik
martabasiga erishsa ham muallimga qulluq qilsa arziydi”,- deb yozadi Alisher
Navoiy va quyidagi misralarda o‘z fikrini ifoda etadi:
Haq yo’lida senga bir harf o’qitmish ranj ila,
Aylamak bo’lmas ado oning haqin yuz ganj ila.
Navoiyning “Mahbub-ul-qulub” asarida o’qituvchi odobiga doir quyidagi
talablar bayon etilgan:
- mudarris ota-onasining mansabi, boyligiga qarab bolaga muomala qilmasligi
lozim;
-muallim bolalarga bilgan narsalarini o’rgatishi, bilmagan ilmlarini
o’rgatishga urinmasligi kerak;
-gerdayish, manmanlik, ta‘magirlik, nodonlik kabi illatlar o’qituvchi axloqiga
yot sifatlardir;
-muallim yaramas ishlardan, nopoklikdan yiroq bo’lishi kerak;
-xalq nazarida olim hisoblanadigan mudarrislar yomon ishlardan,
fisqu
fasoddan o’zlarini tiya bilishlari zarur. Demak, Alisher Navoiy o‘z asarlarida
o‘qituvchilik kasbini ulug‘lab, uning yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga, insoniy
hislatlarga ega kishi bo‘lishi lozimligini uqtirgan.
299
Inson faoliyatining boshqa turlari kabi pedagogik faoliyat ham o‘z
xususiyatlari bilan bir-biridan ajralib turuvchi: maqsad, ob'ekt, sub'ekt va
vositalardan tashkil topadi. Bular:
-
birinchidan,
pedagogik faoliyatning maqsadi jamiyat tomonidan
belgilanadi, ya'ni pedagog faoliyatning natijasi jamiyat manfaatlari bilan
bog‘liqdir. Uning mehnati yoshlar shaxsini har tomonlama kamol toptirishga
yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur. Pedagogik faoliyat avlodning ijtimoiy o‘zviyligini
(ketma-ketligini) ta'minlaydi, bir avlod tajribasini ikkinchi avlodga o‘tkazadi,
yoshlarni ijtimoiy munosabatlar tomon yo‘llaydi, ijtimoiy tajriba orttirish uchun
insondagi tabiiy imkoniyatlarni ro‘yobga chiqaradi.
- ikkinchidan
, pedagog faoliyati doimo shaxs faoliyatini
boshqarish bilan
bog‘liq. Bunda pedagogik maqsad o‘quvchi maqsadiga aylanishi muhimdir. Unga
erishish osonlikcha kechmaydi. Pedagog o‘z faoliyati maqsadini va unga erishish
yo‘llarini aniq tasavvur qilishi va maqsadga erishish o‘quvchilar uchun ham
ahamiyatli ekanligini ularga anglata olishi zarur. Nemis mutafakkiri Gyote
ta'kidlaganidek: "Ishonch bilan gapir, ana shunda so‘z ham, tinglovchilarni
mahliyo qilish ham o‘z-o‘zidan kelaveradi
40
".
- uchinchidan
, pedagogik (ta'lim, tarbiya) jarayonida o‘quvchi
faoliyatini
boshqarish shuning uchun ham murakkabki-pedagog maqsadi doimo o‘quvchi
kelajagi tomon yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bu maqsadni o‘quvchidan ko‘ra pedagog
yaqqolroq tasavvur qiladi. O‘quvchi esa ko‘p hollarda, hayotiy tajribasi
yetishmasligi sababli hozirgi hayot, shu bugun tashvishlari bilan yashaydi,
kelajakni esa to‘la tasavvur qila olmaydi. Ijodkor pedagog Sh. A. Amonashvili bu
nomuvofiqlikni "tarbiyadagi asosiy fojia" deb ataydi.
Buni anglagan holda, mohir
pedagoglar o‘z faoliyatini o‘quvchilar ehtiyojlari, ya'ni bilim, ko‘nikma, malaka
olishga mo‘ljallab loyihalaydilar. Bu hamkorlik pedagogikasi, ya'ni “sub'ekt-
sub'ekt” munosabatlarining mohiyatini ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida” Qonuni hamda
“Kadrlash tayyorlash milliy dasturi”da ham barkamol shaxs tarbiyasiga asosiy
40
Gyote Iogann Volfgang. Tanlangan asarlar.-Toshkent:M’eros, 2018.-342-bet.
300
e'tibor qaratilgan.Chunki, o‘z bilimi, salohiyati,
imkoniyatlarini jamiyat
taraqqiyotiga to‘liq sarflab, mustaqil fikrlay oladigan ijodkor shaxslarni
shakllantirish, jamiyatda tub o‘zgarishlar bo‘lishiga zamin yaratadi.
Inson faoliyati – uning rivojlanishi uchun zarur sharoit bo‘lib, uning
jarayonida shaxs hayotiy tajribaga ega bo‘ladi, atrof-olamni idrok etadi,
bilimlarni o‘zlashtiradi, malaka va ko‘nikma hosil qiladi.
Hozirgi davrda zamonaviy texnika va texnologiyalarning hayotga kirib
kelishi inson faoliyatida, ijtimoiy ongida katta o‘zgarishlar bo‘lishini
taqozo
etmoqda. Zero, olam to‘g‘risida va insonning hayotda tutgan o‘rni to‘g‘risidagi
tasavvurlari o‘zgarmoqda, tafakkuri va olamni tushinishning yangi usullari
shakllanmoqda, ma'naviy-amaliy o‘zlashtirishning yangi vositalari va usullariga
o‘tish yuz bermoqda.
O‘quvchi shaxsini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta'lim jarayonida uning
aqliy- intellektual, ijodiy xususiyatlari namoyon bo‘ladi
Ta'lim-tarbiya jarayonida bolalardagi yashirin iste'dodlarni yuzaga
chiqarish, kichik maktab yoshidan boshlab o‘z faoliyatini namoyon qilishi uchun
imkoniyat yaratish, ulardagi ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish - kelajakda
yuksak
salohiyatli, ijtimoiy faol, o‘tkir zehnli, kashfiyotchilik qobiliyatini
namoyon eta oladigan raqobatbardosh kadrlarni voyaga yetkazish garovi bo‘lib
hisoblanadi. Bu davlatimizning ustuvor yo‘nalishlaridan biri – har tomonlama
barkamol insonni voyaga yetkazish g‘oyasiga mos keladi.
Pedagogik faoliyat kishini o‘ziga duch kelgan hodisalarni tahlil qilish va
umumlashtirish tajribasi bilan boyitadi.
Pedagogik malaka - egallagan bilim va ko‘nikmalarni faoliyatning ma'lum
turini egallab olish, yaxshi bajara olish qobiliyatidir.
O‘qituvchi faoliyatiga oid bunday malakalarga quyidagilar kiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: