Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet92/227
Sana21.12.2022
Hajmi5,01 Kb.
#893664
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   227
Bog'liq
-.-

Qo‘shimcha adabiyotlar: 

A.Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloqT.: “O‘qituvchi”. 1996 y. 206-bet. 

Al Buxoriy.Xadislar.4 jild.T.: “Qomuslar bosh muxarririyati”. 1997 y. 

Qobusnoma.T.: «Sharq».1996 y. 40 bet. 

Elektron-axborot resurslari: 


133 

www. tdpu. uz 

www. pedagog. uz 

www. Ziyonet. uz 

www. edu. uz 

tdpu.Intranet. Ped 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


134 
6-§. OILA PEDAGOGIK O‘ZARO MUNOSABATLAR HAMDA 
SHAXS TARBIYASI VA KAMOLOTINING SUB'EKTI SIFATIDA. 
REJA: 
1. Oila –jamiyatning asosiy ijtimoiy bo‘g‘ini sifatida. Oila va uning vazifalari 
2.Zamonaviy oilalar rivojining o‘ziga xos xususiyatlari
3. Komil inson tarbiyasida oila funksiyalari (vazifalari) 
Tayanch tushunchalar:
Oila, tarbiya, zamonaviy oilalar rivoji, xususiyatlar

k
omil inson tarbiyasi, oila funksiyalari, ma'naviy-axloqiy tarbiya, jamiyatning 
asosiy bo‘g‘ini,
 
shaxs rivojlanishi. 
Oila –jamiyatning asosiy 
ijtimoiy
bo‘g‘ini sifatida. Oila va uning 
vazifalari.
Oila- jamiyatning boshlang‘ich ijtimoiy bo‘g‘inidir. U o‘zida oila 
a'zolarining ehtiyojlari, qiziqishlari, mayllari, tarbiyasi va boshqa ijtimoiy faoliyat 
turlarini aks ettiradi. Ota-onalarning bola shaxsiga ilmiy dunyoqarash asoslari, 
ma'naviy-axloqiy, nafosat, mehnat va boshqa ijtimoiy omillarni shakllantirish 
maqsadida tizimli ta'sir ko‘rsatish jarayoniga oilaviy tarbiya deyiladi.
Mustaqillik davrida oila institutini jamiyatning boshqa muhim ijtimoiy 
tuzilmalari, yurtimizdagi ma'naviy o‘zga-rishlar bilan uyg‘un tarzda rivojlantirish, 
uning nufuzini oshirish masalasiga davlat siyo-satining eng muhim va ustuvor 
yo‘nalishi sifatida doimiy e'tibor berib kelinmoqda. 
Mamlakatimiz Konstitutsiyasida oilaning ijtimoiy maqomi aniq belgilab 
qo‘yilgani, shu asosda Oila, Fuqarolik, Uy-joy kodekslari va boshqa zarur qonun 
hujjatlari qabul qilinib, bu borada tegishli huquqiy poydevor yaratilga-ni ham bu 
fikrni tasdiqlaydi. 
Oila har qaysi jamiyatning kichik bo‘g‘inidir, oilalar birlashib, jamiyatni tashkil
etadi. Oila farovonligi-milliy farovonlik asosi hisoblanadi. Inson shaxsini
shakllantirish oildan boshlanadi, shu bilan birga oila-murakkab ijtimoiy guruh
bo'lib, biologik, ijtimoiy, axloqiy, mafkuraviy va ruhiy munosabatlarning
birlashuvi natijasida vujudga keladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining
2017-yil 25-maydagi PF-3434-raqamli farmoni va unda ko'zda tutilgan maqsad
va vazifalarni bajarilishi bo'yicha bugungi kunda respublikamizda qator ijobiy 


135 
ishlar amalga oshirilmoqda. jamiyatdagi o'zgarishlar oilaga ta'sirini
ko'trsatganidek, oiladagi o'zgarishlar ham jamiyatga o'z ta'sirini ko'rsatadi, oila
davlatning, jamiyatning asosiy tayanchi , uning mustahkamligi, tinch-totuvligi, 
farovonligi va barqarorligidan jamiyat mafaatdor bo‘ladi. Oilada ma'naviy va
jismoniy yetuk avlodni tarbiyalash yoshlarni oilaviy hayot qurishga tayyorlash, 
zamonaviy kasb-hunar sirlari bilan qurollantirish lozimligi zarur. Bunda Vazirlar 
Mahkamasining 2017-yil 5-iyuldagi “Oilada tibbiy madaniyatni oshirish,
ayollarning sog'ligini mustahkamlash, sog'lom avlod tug'ilishi va uni
tarbiyalshning ustivor yo'nalishlarini amalga oshirishning maqsadli dasturi
to'g'risida ” gi 242-sonli qarorining bajarilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Oilashunos olimlar: D. Aabdullaeva, N. Islomova, F. Xabibullaevlar tomonidan
oilaning asosiy funksiyalari turlicha tasniflangan: 
Bu o'rinda oilaning xo'jalik-maishiy va emotsional va ijtimoiy-psixologik 
ehtiyojlarni qondiruvchi funksiyalari; oilaning iqtisodiy funksiyasi - oila iqtisodi, 
byudjeti, daromadi, kundalik xarajati; oilaning reproduktiv funksiyasi (jamiyatning 
biologi uzluksizligini taminlash); oilaning tarbiyaviy funksiyasi – oila a'zolarining 
aqliy, jismoniy, axloqiy, estetik tarbiyasiga asos solinishi. 
Mustaqillikka erishganimizdan so'ng milliy qadriyatlarimizning tiklanishi va 
xalqimiz azaldan e'zozlab kelayotgan milliy urf-odatlarimiz an'analarimizning bu 
boradagi ahamiyati; jamiyatning komil fuqarosini shakllantirish, tarbiyalash 
hozirgi zamon oilasining muhim funksiyasi darajasiga kiritilgan. 
Vazirlar Mahkamasining 2017- yil 25-avgustdagi ‘'Nikohlanuvchi shaxslarni 
tibbiy ko'rikdan o'tkazish tartibini takomillashtirish to'g'risida”gi 365- sonli qarori, 
20162- yil 5-iyuldagi “Oilada tibbiy madaniyatni oshirish,ayollarning sog'ligini 
mustahkamlash, sog'lom avlod tug'ilishi va uni tarbiyalashning ustivor 
yo'nalashlarini amalga oshirishning maqsadli dasturini takomillashtirish 
to'g'risida”gi 242- sonli qarorlarining amalda bajarilishi jamiyatimizdagi 
oilalarning mustahkamlanishi va sog'lom avlod tug'ilishi kabi muammolar 
yechimini topishga qaratilgan. 
Oila – uni xarakterlovchi turli mezonlarga ko'ra : to'liq, noto'liq va qayta: 


136 
1-
dan, to'liqligiga ko'ra: 
1-
dan, bo'g'inlar soniga ko'ra:nulear ( ota –ona va bolalardan
1-
iborat ) va ko'p bo'g'inli (ikki va undan ortiq avloddan iborat oila a'zolari 
birga yashovchi) oilalar. 
1-
dan,bolalar soniga ko'ra: 
1-
dan, er-xotinning ijtimoiy kelib chiqishiga ko'ra; 
1-
dan , er-xotinning ma'lumot saviyasiga ko'ra; 
1-
dan, regional jihatlarga ko'ra farqlanadi. 
Oilada asosan quyidagi omillarga tayaniladi: ruhiy xotirjamlik, 
samimiylik munosabatlarining shakllangan bo'lishi, ota-onaning obro'si yuqori
darajadaligi, bolalarga talab qo'yishda oiladagi kattalar o'rtasidagi birlikning
saqlanishi, bola shaxsini mehnatda tarbiyalashda alohida e'tibor berish
lozimligidir. Oilaning iqtisodiy, reproduktiv, kommunikativ, rekreativ,
tarbiyaviy funksiyalarida jamiyatning, davlatning ahamiyati beqiyos. 
Jamiyatning komil fuqarosini shakllantirish, tarbiyalash hozirgi zamon
oilasining muhim funksiyasi darajasiga kiradi. yordam beradi.
Bolalarni har tomonlama yetuk, komil inson qilib tarbiyalash masalalari 
xalqimiz uchun qadimdan muhim masala bo‘lib kelgan. Bolalar alohida 
g‘amxo‘rlik va yordam huquqiga egadirlar. Jamiyatning asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan 
oilada farzandlar baxtiyor bo‘lishlari, o‘sib ulg‘ayishlari va farovonlikka ega 
bo‘lishlari, sog‘lom va har tomonlama uyg‘unlashgan holda kamolotga 
yetishishlari lozim. Oilaning har bir a'zosi g‘amho‘rlik, baxt, mehr-muhabbat 
tuyg‘ulari asosida o‘zining qadr-qimmati, huquq va erkinliklari, tenglik va 
birdamlikka ega bo‘lishlari kerak. Ta'lim jarayoni sub'ektlari bo‘lmish bolalar 
uchun ko‘zda tutilgan barcha huquqlar ta'minlanishi, hurmat qilinishi zarur. 
Voyaga yetmaganlarning shaxs va sub'ekt sifatida shakllanishi, aqliy rivojlanishi, 
tarbiyalanganlik darajasining o‘sishi, jamiyat tomonidan belgilangan odob-axloq, 
xulq normalariga mosligi ularning kelajakda jamiyatning teng huquqli fuqarosi 
sifatida faoliyat yuritishiga zamin yaratadi. 


137 
Bolaning ongi asosan 5—7 yoshda shakllanishini inobatga oladigan bo‘lsak, 
aynan ana shu davrda uning qalbida oiladagi muhit ta'siri-da ma'naviyatning ilk 
kurtaklari namoyon bo‘la boshlaydi. Xalqimizning «Qush uyasida ko‘rganini 
qiladi», degan dono maqoli, o‘ylaymanki, mana shu azaliy haqiqatni yaqqol aks 
ettiradi. 
Odamzot uchun bir umr zarur bo‘ladigan tabiiy ko‘nikma va xususiyatlar, 
masalan, har qaysi bolaning o‘ziga xos va o‘ziga mos qobiliyati, atro-fidagi 
odamlar bilan muomalasi, tengdoshlari orasida o‘zini qanday his qilishi, 
yetakchilik xislatlariga ega bo‘lishi yoki ega bo‘lmasligi, kerak bo‘lsa, 
dunyoqarashi — bularning barchasi av-valo uning tug‘ma tabiati, shu bilan birga, 
oilada oladigan tarbiyasiga uzviy bog‘liq ekanini hayot tajribasi ko‘p misollarda 
tasdiqlab beradi. 
Aynan mana shu davrda bola hamma yaxshi-yomon narsani tushunib, anglay 
boshlaydi, uning be-g‘ubor ongi bamisoli bosma qog‘oz singari oila-dagi, yon-
atrofdagi barcha voqyea-hodisalarni, Ularning‘ zamiridagi taassurotlarni o‘ziga 
shi-mib-sing‘dirib oladi. Uning ota-onasiga, bobo va momolariga mehri va 
hurmati, o‘zini o‘rab tur-gan muhitga nisbatan munosabati kundan-kunga 
takomillashib boradi. 
Xonadondagi har bir narsa — daraxt va o‘simliklar bo‘ladimi, turli 
o‘yinchoqlar, uy hayvonlari bo‘ladimi — bularning barchasi bolaning ko‘ziga 
go‘yoki olamning beqiyos mo‘jizasi bo‘lib ko‘rinadi va shu tariqa u yorug‘ dunyoni 
o‘zi uchun kashf qiladi. 
Taassufki, ba'zi ota-onalar o‘z farzandining ana shunday qiziqishi va 
intilishlariga, uning ongu tafakkurida har kuni bir o‘zgarish ro‘y berib, ko‘zida 
yangi-yangi savollar paydo bo‘layotganiga ahamiyat bermaydi. Biz o‘z 
farzandlarimizning baxtu saodatini, iqboli va kamolini ko‘rishni istar ekanmiz, 
nafaqat oiladagi, balki mahalla-ko‘ydagi odamlarning xatti-harakati ham bolaning 
shakllanib kelayotgan sof qalbi va ongiga qanday ta'-sir ko‘rsatishi haqida doimo 
o‘ylashimiz, bu masalada zimmamizda qanday ulkan mas'uliyat borligini 
unutmasligimiz zarur. 


138 
Bugungi kunda bizning qilayotgan barcha ishlarimiz farzandlarimizning baxtu 
saodati, ularning yorug‘ kelajagi uchun amalga oshirilmoqda. Lekin baxtu saodat 
faqat boylik, molu mulk bilan belgilanmaydi. Odobli, bilimdon va aklli, 
mehnatsevar, iymon-e'tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki bugun 
jamiyatning eng katga boyligidir. 
Oilalar respublikamiz shahar va qishloqlarining yagona ijtimoiy-iqtisodiy 
umumiyligi asosida rivojlanadi. Ayni paytda oilaviy turmush va oilaviy tarbiya 
o‘zining milliy xususiyatlariga ham egadir. Oila tarbiyasi o‘z milliy va demografik 
xususiyatlari bilan bir-biridan farqlanadi. Oilaviy tarbiyada oilaning moddiy 
farovonligi, madaniy-ma'naviy saviyasi, osoyishtaligi, oila a'zolarining soni, 
tarkibi alohida ahamiyat kasb etadi. Oiladagi sog‘lom turmush tarzi- kelgusida 
farzandlarning qanday inson sifatida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘quv maskanlarida beriladigan ta'lim-tarbiya darajasi bilan o‘quvchi-talaba 
shaxsining oilaviy turmush tarzi orasidagi aloqadorlikning pedagogik jihatdan 
ta'minlanganligi hamda ta'lim oluvchilarning yutuqlari, ularda shaxsiy sifatlarning 
tarkib topib borishini jadallashtiradi.
“Oilaviy tarbiya doimo o‘zining murakkab va ko‘p qirraliligi, ajoyib va 
serjiloligi bilan ajralib turadi”
24
. Har bir oila o‘ziga xos bir olam, olam ichidagi va 
shu bilan birga olamga sig‘magan olam, u tarbiya ishida o‘ziga xos, takrorlanmas 
xususiyatlarni o‘zida namoyon qiladi. Ana shuning uchun ham oilaviy tarbiyaning 
hammaga ma'qul tushadigan yo‘l-yo‘riqlari mavjud emas.
O‘zbek xalqining milliy xususiyatlari: axloqiylik, o‘zini o‘zi anglash, 
milliy tuyg‘u, milliy madaniyat, milliy kiyinish va yurish-turishda o‘z aksini 
topadiki, o‘zbek oilasining tuzilishi va shaxslararo munosabatini o‘rganishda 
bularni chetlab o‘tish mumkin emas. O‘zbek oilalari tuzilishiga quyidagi sifatlar 
xosdir: ko‘p bolalilik; oilada otaning bosh tarbiyachi sifatida namoyon bo‘lishi;
qarindoshchilik, bir necha avlodlarning birgalikda yashashi. 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish