Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet214/227
Sana21.12.2022
Hajmi5,01 Kb.
#893664
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   227
Bog'liq
-.-

Pedagogikning 
o`zaro ta'sir 
etish shakllari
ishontirish
o`ziga rom qila 
olish
taqlid qilish
uqtirish


337 
So‘z bilan ishontirish eng qiyin tarbiyaviy vositalardan biridir. Buning uchun 
pedagog yetarli darajadagi salohiyatga, boy tajriba va chuqur dunyoviy, ilmiy, 
kerak bo‘lsa, diniy bilimlarga ega bo‘lishi lozim. Bunda tinglovchilar fikrini 
o‘zgartira oladigan mantiq yoki suhbat ohangini tanlash juda muhimdir. 
O‘qituvchining nutqi o‘zining mazmundorligi, ta'sirchanligi, o‘ziga jalb etish 
quvvatini mujassam etganligi, go‘zal va ta'sirchan nutq matnini tuza bilish, til 
boyliklari va badiiy tasvir vositalaridan o‘rinli foydalanish xususiyatlari bilan 
tavsiflanishi shart. 
Jumladan, Voiz Koshifiyning voizlikda yaxshi so‘z qadri, so‘z ishlatishdagi 
ta'b nozikligi to‘g‘risidagi quyidagi fikrlari buning dalilidir: 
Yaxshi so‘zdin ko‘rgaysan mehru vafo, 
Nomunosib quldin yetgay jafo. 
Faxsh so‘zdin tilni xomush aylagil, 
Balki ko‘nglingdin faromush aylagil. 
Har so‘zikim sodir bo‘lsa bemahal, 
yetgay andin obro‘yingga halal.
49 
Demak, so‘z orqali tinglovchiga ta'sir o‘tkazish mas'uliyatli jarayondir. 
Shunday ekan, ishontirishda axborotning mazmunli bo‘lishi, tinglovchi esa unga 
ongli munosabatda bo‘lishini nazarda tutadi. 
XIV asrning oxiri XV asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan Haydar 
Xorazmiy “Gulshan ul-asror” asarida kishini ishontiruvchi va zavq-shavq 
bag‘ishlovchi so‘zning kuch-qudratini shunday ta'riflaydi: 
Ulki bilur so‘z guhari qiymatin, 
So‘zda topar so‘zlaguchining otin, 
Ahli nazar shevasini so‘z bilur, 
Nuri bosar mevasini ko‘z bilur... 
So‘zda kerak ma'niyu ma'nida zavq, 
So‘z duru, so‘z dunyoda qog‘ay xalaf... 
49
Mahmudov R. Deganimni ulusqa marg‘ub et.- Toshkent: O‘zbekiston, 1992.-82-bet. 


338 
So‘zlaguchida so‘zi uchun dardu shafq.
50 
Ishonuvchanlik - bu insonning o‘z xulqini boshqa kishi(lar) talabi bilan 
o‘zgarishi.
Ishonuvchanlik - nerv sistemasining normal holati. Lekin uning aks etishi 
turli hollarda turlicha kechadi. U yoshga (yoshlik davrida yuqoriroq), jinsga 
(ayollarda ishonuvchanlik yuqoriroq), intellektga (ma'lumot oshishi bilan 
inonuvchanlik pasayadi), sog‘liq holati (charchaganda, kasallikdan so‘ng 
ishonuvchanlik yuqori bo‘ladi)ga va boshqa omillarga bog‘liq. Bundan tashqari 
ishontiruvchi shaxsining nufuzi, salobati, ko‘rinishi, obro‘si ham muhim 
ahamiyatga ega. Masalan, taniqli sportchi, mashhur aktyor, xo‘shovoz xonanda, 
taniqli siyosatshunos,mehnat faxriylarining uzatayotgan axboroti tinglovchilarga
zalvorli ta'sir qiladi. Ishontirish faqat o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida sodir 
bo‘lmasdan, balki oila a'zolari, bolaning tengdoshlari, o‘rtoqlari, turli referent 
guruhlar bilan muloqotga kirishish natijasida yuzaga keladi. Masalan, Navoiy 
shahridagi xalq ta'limi a'lochisi, 1-gimnaziya maktabining o‘qituvchisi bu borada 
shunday deydi: “Pedagoglik tajribamda o‘quvchilar bilan munosabatga kirishishda 
ishontirish 
muhim ahamiyatga ega ekanligining guvohi bo‘laman. Jumladan, 
sinfimdagi o‘rtacha qobiliyatli, sekinlik bilan vazifa bajaruvchi Nodir ismli 
o‘quvchi borgan sari fanlarni yomon o‘zlashtiradigan bo‘lib qoldi. Mening "Nima 
uchun fanlarni yomon o‘zlashtirayapsan?",- degan savolimga Nodir "Mening 
miyam ishlamaydi", -deb javob berdi. Suhbatdan aniq bo‘ladiki, uyda vazifa 
bajarayotganda buvisi yonida o‘tirgan va uning sekin harakatlanishi va sust 
fikrlashidan zerikib "Sening miyang ishlamaydi",- der ekan. Bola bu fikrga o‘zini 
ishontirib yomon o‘zlashtira boshlagan”. Demak, bola bilan muloqatga kirishishda 
o‘qituvchi hamisha o‘quvchining o‘z kuchi, iqtidori, qobiliyati va ijobiy sifatlarini 
shakllantira va rivojlantira olishiga ishontira olishi muhimdir. 
Ishontirish ijobiy va salbiy bo‘lishi mumkin. O‘qituvchi o‘quvchida ijobiy 
holat - uy vazifasini tayyorlash, sport turlari bilan mashg‘ul bo‘lish, biron ijodiy va 
50 
Mallaev N. O‘zbek adabiyoti tarixi. – Toshkent: o‘qituvchi, 1998.-112-bet. 


339 
fan tugaraklariga qatnashish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida goho ifodali, 
goho hukmron tovushda uni ishontira olishi lozim. 
Shaxs rivojlanishiga o‘z - o‘zini ishontirishning o‘rni muhim. O‘z - o‘zini 
ishontirishning yuksak darajasini biz mashhur sportchilar, yoglar, ekvilibristlar 
faoliyatida ko‘rishimiz mumkin. 
Ishontirish haqiqiy va soxta bo‘lishi mumkin. Haqiqiy ishonch haqiqiy 
voqyelikka mos keladi va shaxsning jamiyat oldidagi qadr-qimmatini oshiradi. 
O‘zining haqiqiy ishonchiga sodiq bo‘lishni biz qahramonlarning jasoratida 
namoyon bo‘lganini ko‘ramiz. Masalan, Vatan uchun jonini fido qilgan Shiroq, 
Jaloliddin Manguberdi, Tuychi Eryigitov va boshqalar. Soxta ishonch esa, avvalo 
sinf jamoasi, qolaversa, jamiyat uchun ham zararli bo‘lgan odatlarni shakllanishiga 
olib keladi. Soxta ishonch o‘quvchilarning o‘zi va atrofdagilar ta'sirining 
umumlashuvi natijasida vujudga keladi. Ayrim o‘quvchilarda faqat baho uchun 
o‘qish, bilim egallashda ko‘r-ko‘ronalik, o‘qituvchi va tevarak-atrofdagilarni 
aldash, maktab ichki tartib-qoidalarini buzish sohta ishonch paydo bo‘lishiga sabab 
bo‘ladi. Yuqoridagi bunday ishonchlar o‘quvchida shakllanib, asta-sekin 
boqimandalik, o‘qish va mehnat faoliyatida sustkashlik kayfiyatini yuzaga 
keltiradi.
Soxta ishonchni bartaraf qilish o‘qituvchidan astoydil mehnat qilishni talab 
qiladi. Buning uchun o‘qituvchi, avvalambor sinf jamoasida sog‘lom ijtimoiy fikrni 
shakllantirishi, muhim ahamiyat kasb etuvchi hayotiy tajriba yaratish, soxta 
ishonchlarni asosli ravishda inkor qilishi lozim. Birinchi navbatda jamoani 
shakllantirishga, uni yaqin kelajakda va istiqboliy rivojlanish yo‘nalishlarini 
yaratishga alohida e'tibor berish zarur. O‘qituvchi har bir o‘quvchidagi ijobiy 
fazilatlarga asoslangan holda, ahil sinf jamoasi yordamida soxta ishonchlarni 
bartaraf qilishi kerak. Soxta ishonchlarni o‘zgartirishning quyidagi usullari 
mavjud: 
- o‘quvchiga o‘zini boshqalar bilan taqqoslashga undash, uning fikriga 
qarama-qarshi fikrda bo‘lgan kishi bilan yaqindan tanishtirish (masalan, bola 


340 
o‘qishni hohlamaydi, lekin uning tanish o‘rtog‘i ko‘p o‘qiydi va biladi, va o‘zini 
«quruq yodlovchi» yoki «o‘ta bilimdon» qilib ko‘rsatmaydi); 
- noadekvat (noto‘g‘ri) qarashlar va ishonchsizlik oqibatini ko‘rsatish 
(masalan, ana shunday xislatlarga ega bo‘lib o‘z hayotini barbod qilgan, o‘z erki, 
g‘ururi va vijdonini yo‘qotgan kishilar haqida so‘zlab berish. Buning uchun hayotiy 
misollar, badiiy asar, kinofilmlar va boshqalardan foydalanish); 
- soxta ishonchni yoqlab himoya qiluvchi o‘quvchining fikrini mantiqiy 
rivojlantirib, uni hayratga soluvchi holatga yetkazish (masalan, o‘zgalarni aldash, 
ichki tartib-qoidalarga rioya qilmaslikning salbiy tomonlarini tushuntirish va 
boshqalar); 
- o‘quvchiga o‘z qarashlarini asoslab, isbotlashga imkon berish va ularni 
alohida birma-bir inkor qilish. Soxta ishonchlar haqiqiy ishonch, ahloqiy 
tasavvurlar, qadriyatlar va odatlar bilan almashinishi lozim. 
Mohir pedagog muloqatga kirishganda, o‘quvchini ikkilantirib turgan soxta 
ishonchlarni bartaraf qilishi kerak. Agar o‘quvchi ishontirish jarayonini erkin, o‘z 
hohishi bilan qabul qilsa, maqsadga erishish oson bo‘ladi. 
Ishontirish natijasi o‘qituvchining so‘z ta'sirchanligi va xulqiga ham 
bog‘liqdir. Tarbiyachining so‘zi va ishi bir bo‘lishi kerak. Masalan, jahl ustida 
o‘quvchini jazolash (hayfsan e'lon qilish, tanbeh berish, jamoada s bilan qo‘rqitib, 
so‘ng esdan chiqarib qo‘yishi, o‘quvchilarga va'da berib uni bajarmaslik ishontirish 
metodi samarasini pasaytiradi. Eng yomoni - o‘qituvchi o‘quvchilarga haqiqat 
haqida balandparvoz so‘zlarni aytsada, o‘zi kundalik ish faoliyatida unga amal 
qilmasligidir. Bunday o‘qituvchi jamiyatga katta zarar keltiradi. 
Ishontirishning yuqori samaradorligi o‘quvchilar bilimlarini (irodaviy 
hislatlar, to‘g‘ri xulq me'yorlarini tarkib toptirish) mustahkamlovchi mashqlarga 
ham bog‘liq bo‘ladi. O‘quvchi xarakterini shakllantirishda mashqlar alohida o‘rin 
tutadi. Jumladan, 2-Jahon urushi qatnashchisi Tuychi Eryigitovning jasorati 
haqidagi hikoyalarni o‘qib berish bilangina o‘quvchilarda mardlikni tarbiyalab 
bo‘lmaydi. Bu holda boshqalar jasoratini ko‘z-ko‘z qiluvchi, undan faqat 
zavqlanuvchi sub'ekt-tomoshabinni tarbiyalab yetkazish mumkin. Insonni shunday 


341 
holatga tushirish kerakki, u matonat, chidamlilik, shiddatkorlik va jasurlik 
sifatlarini namoyon qila olsin. Mehnatsevarlik mehnat haqidagi hikoyalar asosida 
emas, balki mehnat jarayonining o‘zida tarbiyalanadi. Xuddi shunday, 
o‘quvchilarda vatanparvarlik hislatlarini shakllantirish va rivojlantirish asosida 
mardlik, matonat kabi sifatlar, shiddatkorlik asosida esa qo‘rqoqlik va jur'atsizlikni 
yengishni tarbiyalash mumkin. 
O‘qituvchining kommunikativ ko‘nikmasi: yuz mimikasiga qarab o‘zgalar 
holatini tushuna olish, o‘zini namoyish qila bilish ham muhim ahamiyat kasb etadi

Yuz mimikasiga qarab o‘zgalar holatini tushuna olish – boshqa kasblar 
singari o‘qituvchilikka ham xos bo‘lgan sifatlardan biridir. 
Yuz mimikasiga qarab o‘zgalar holatini tushuna olish - biror shaxsning o‘z 
fikrini namoyon (ya'ni og‘zaki va yozma xolatda) qilmaganda uning yuz tuzilishi, 
yuzidagi a'zolarning ba'zi bir harakatlaridan anglash, tushuncha olishdir. “Yuzni 
o‘qish” avvalo psixologik jihatdan idrok, diqqat va kuzatuvchanlikka bog‘liqdir. 
Insonlarning xursandligini uning yuzidagi ko‘rinib turgan tetiklik, 
xushchaqchaqlikdan anglashimiz yoki xafalikni esa yuzlarning mayus tortganligi, 
ko‘zlarning toliqib ko‘rinishidan bilishimiz mumkin. 
O‘zgalar holatini tushuna olish o‘qituvchi uchun muhimdir. Sababi u qanday 
holat, sharoitda o‘sgan o‘quvchilarga dars berayotganligini bilishi lozimdir. 
O‘quvchilarning yurishi, o‘tirishi, harakatidan ularning qay holatda yurganliklarini 
bilish mumkin. 
O‘zini namoyon qila olish- bu bilim, malaka, ko‘nikma, odob-axloq, muomala, 
nutq, munosabat orqali o‘zini namoyon qila olishdir. 
Pedagogik ta'sir etishning metodi bo‘lgan ishontirish bilan birga uqtirish 
ham o‘quv-tarbiyaviy jarayonda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish