3. Diniy bag‘rikenglikning falsafiy tahlili
Diniy bag‘rikenglik (tolerantlik) muammosi ijtimoiy hayotda
muhim va murakkab masala bo‘lib, uning zamirida jamiyat
46
Qarang: Чориев Анвар. Б илим дан тояга, гоядан эътицодгэ. / / Ж. М улоцот. -Т о ш к е н т , 2002. - № 2 , -
Б.
11-12
107
a’zolarining huquqi, demokratiya, adolatparvarlik va insonparvarlik
kabi katta ijtimoiy-siyosiy, huquqiy va axloqiy tushunchalar yotadi.
Diniy bag‘rikenglik tushunchasi bu-sabr-toqatlilik, chidamlilik.
bardoshlilik hamda inson, jamiyat, dunyo haqidagi qarashlaming
o‘zaro mubohasi usulidir.
Islomiy qadriyatlaming xalqimiz ijtimoiy-ma’naviy hayotda
tutgan bunday ahamiyati haqida Prezidentimiz I.A.Karimov shunday
deb yozadi: «SHarq falsafasining muhim bir qismi bo‘lgan islom
madaniyatining o‘zbek xalqi ma’naviyati tarixida tutgan muhim o‘mi
shundaki, u odamlami ahloqiy poklikka, ma’naviy barkamollikka
undagan. Umuminsoniy va ma’naviy ahloqiy mezonlarga tayangan
holda kishilami hamkorlikka, totuvlikka, adolatga, mehr-muruwatga,
sahovatga, sabr-bardoshlikka chaqirgan.»47
Dinlarning kelib chiqishi bir bo‘lishiga qaramay jahondagi xalqlar
turli dinlarga, hattoki bir millat vakillari har xil dinlarga e’tiqod qilishi
ham mumkin. Diniy ta’limotlardagi mavjud ezgu fikrlar asosida turli
dinlarga e’tiqod qiluvchi xalqlar o‘rtasida bag‘rikenglik tamoyili
hukm suradi. CHunki, diniy ta’limotlardagi Xudoga sig‘inish, kishilar
o‘rtasidagi totuvlik, insonparvarlik, mehr-oqibatlilik, vijdoniylik,
halollik, poklik, insof-diyonatlilik kabi talablari shaxs, guruh va
jamiyat a’zolari hayotida muhim rol o‘ynaydi.
Bag‘rikenglik dunyo hodisalarga munosabatlarda, o‘tmish va
ma’naviy qadriyatlami baholashdagi mezonlarda, hattoki turli
dinlararo muhim masalalarning echimini topishda o‘z ifodasini topadi.
Islom manbalarida Qur’on, hadis, ijmo va qiyos asosida ishlab
chiqilgan qadriyatlardagi diniy bag‘rikenglik g‘oyalari asrlar
davomida musulmon xalqlari, xususan o ‘zbek xalqi ijtimoiy-ma’naviy
xayotida muhim o‘rin egallab kelgan. Zero, islom dinining aqidaviy,
ijtimoiy-huquqiy,
g‘oyaviy,
ma’naviy-ahloqiy,
ko‘rsatmalari
mazmunida diniy bag‘rikenglik tamoyillari aloxida ifodasini topgan.
Uning 3 jihatiga e’tibor qaratmoqchimiz:
birinchidan, Qur’onda insolaming turli millatlarga va dinlarga
mansubligi bir-biridan farq qilishlari tabiiy ekanligi, ammo bu narsa
ular o‘rtasidagi adovat, nizo va urushlar uchun sabab bo‘laolmasligi
haqida ko‘pgina oyatlar keltirilgan. masalan: YUnus surasi 19, 193
'
n
Каримов И.А. У збекистан XXI аср бфсагасида: хавфсиэликка таедид, барцарорлик ш артлари ва
тара^циёт кафолатлари. - Т.: Узбекистан, 1999 - 336.
108
oyatlar, Shuaro surasi'8 oyat; Xujrat surasi 13 oyat, Naxl surasi 125
oyat; Moida surasi 32 oyat; Niso surasi 75-76 oyatlar. Jumladan,
Yunus surasi 99 oyatda «Agar Rabbingiz xohlasa edi, Er (yuzi) dagi
barcha kishilar yoppasiga imon keltirgan bo‘lur edilar. Bas, Siz
odamlami mumin bo'lishga majbur qilasizmi?!» Bu va boshqa
oyatlarda Islom dinida majburlash yo‘qligi va boshqa g ‘ayridin
vakillariga nisbatan adovat qilish yo‘qligi kabi diniy bag‘rikenglik
masalalari o‘z aksini topgan;
Ikkinchidan, islom manbalaridan biri bo‘lgan hadislarda xam
boshqa dindagi kishilarga nisbatan adovat qilish zulum o‘tkazish,
ayniqsa, odam o‘ldirish u qanday millatga va dinga mansub
bo‘lishidan qat’iy nazar kata gunoh xisoblanishi haqida qator xadislar
keltiriladi. Bunday gunoh oddiy insoniylik nuqtai nazaridan o ‘ta
yovuzlik, vaxshiylik, huquqiy jihatdan esa jinoyat hisoblanadi.
Demak, odam o‘ldirish faqat bu dunyoda odamlar tomonidan kechirib
bo‘lmaydigan jinoyatgina emas, balki oxiratda Alloh tomonidan
kechirib bo‘lmaydigan gunohdir. Hozirgi diniy ekstremistarning
bunday
yovuzliklarini
talabalarga
tushuntirishda
xadislardan
namunalar keltirish maqsadga muvofiqdir;
Uchinchidan, diniy murosasozlik va bag‘rienglikning huquqiy
asoslari xam ishlab chiqilgan bo‘lib, ular asrlar davomida xalqimiz
xayotida muhim axamiyatga ega bo‘ldi. Jumladan, musulmon
qonunchiligi bo‘yicha musulmon davlatiga tijorat yoki boshqa biror
sabab bilan kelgan g‘ayridin davlatining fnqarosi xuddi shuningdek,
musulmon davlati fuqarosi boshqa g‘ayridin mavjud bo‘lgan
davlatlarga borganda omonlik, ya’ni himoyaga kafolat olishi shart
hisoblangan. Bu va shunga o‘xshash diniy bag‘rikennglik bilan
bog'liq huquqiy qonunlar al-Marg‘inoniyning Xidoya asarida ishlab
chiqilgan. Bu diniy huquqiy asoslar asrlar davomida musulmon va
g‘ayridin
mamlakatlari
o‘rtasida tinchlik-osoishtalik o‘matish,
ijtimoiy-iqtisodiy va tijorat ishlarini yo‘lga qo'yishga xizmat qilgan.
SHu bilan birga turli dinlarga mansub davlatlar, xalqlar o‘rtasida
ishonch, do‘stona munosobatlami va diniy bag‘rikenglik rishtalarini
mustahkamlash va rivojlantirish ishiga o‘z xissasini qo‘shgan.
YUNESKO bag‘rikenglik muammosiga alohida e ’tibor berib,
1995-yili Birlashgan Millatlar Tashkilotida muhokama qilinib, 16-
noyabrni esa, har yili YUNESKO a ’zolaridan 185 davlat ishtirokida
Parijda Bag‘rikenglik Tamoyillari Deklaratsiyasi kuni deb qabul
109
qilindi. Bu tarixiy hujjat jahon xalqlari hayotida dinlararo
bag‘rikenglikni ta’minlashda katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Bugungi 0 ‘zbekistonda 130dan ziyod millat, elatlar vakillari
istiqomat qilib islomdan tashqari yana 15 ta diniy konfessiyalar
mavjuddir. Xalqlar turli dinlarga e’tiqod qilishidan qat’i nazar, ular
o‘rtasida do'stlik, hamkorlik, diniy bag‘rikenglik hukm surmoqda.
Turli dinlarga e ’tiqod qiluvchi insonlar hayotida muayyan
maqsadlar bo‘lib, ulaming ayrimlari o‘zgarib turadi. Faqat insonda
muayyan maqsadni amalga oshirish uchun hosil bo‘lgan ishonchga
maslak deyiladi. Demak, insonlami ma’lum vazifalami bajarishga
safarbar etadigan ruhiy birlik maslak bo‘lib, unda diniy bag‘rikenglik
mavjud bo‘lmasa aniq maqsadlami amalga oshirish yo‘llarini
belgilash qiyin kechadi.
Din inson zotiga xos bo‘lgan ruhiyat, ma’naviy holatdir. Dinning
asosiy mohiyatini belgilovchi g‘oya ilohiy zot-Yaratuvchiga ishonish
va unga sig‘inishdir. Turli diniy e’tiqodga ega bo‘lgan kishilar
ruhiyatida diniy bag‘rikenglik g‘oyasi hukm sursa, u holda diniy
e’tiqod o‘ziga xos muayyan g‘oya sifatida umuminsoniy tabiatga ega
bo‘ladi.
Din inson ma’naviyatini rivojlantirishning muhim omilidir.
Qur’on, hadislar va shariat ahkomlarida shakllangan musulmonlaming
haq-huquqlari deb tan olingan fikrlar orqali kishilarda iymon, vijdon,
e’tiqod orqali dunyoviy muammolami hal etishga chorlangan. Buning
uchun har bir musulmon o‘zi ruhan, vijdonan pok, iymonli va halol
bo'lishi kerak degan da’vat islom ta’limotida katta o‘rin egallaydi.
Mustaqillik yillarida diniy bag‘rikenglik tamoyillariga zid holda
xalqimizning tinch hayotiga rahna soluvchi siyosiy kuchlar, diniy
harakatlar ham kirib keldi. Xalqaro terrorizm bilan diniy ekstremizm
hozirgi kunga kelib jiddiy muammoga aylandi. Ana shunday sharoitda
ham O‘zbekiston hukumati diniy bag‘rikenglik siyosatini sobit qadam
bilan amalga oshirmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |