Universiteti a. Abdusamedov, B. Jalilov, A. Tashanov


 E’tiqodning diniy-strukturaviy tushunchasi



Download 4,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/82
Sana19.12.2022
Hajmi4,52 Mb.
#891113
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   82
Bog'liq
Dinlar falsafasi.AbdusamedovA. Djalilov B. TashanovA.

2. E’tiqodning diniy-strukturaviy tushunchasi
E ’tiqod mazmun-mohiyat jihatdan keng tushuncha bo‘lib, jamiyat 
rivojining ilk davrlaridan boshlab insoniyatning ongli mehnati 
jarayonida to‘plangan bilimlari asosida shakllana borgan. Sivilizatsion
105


taraqqiyot natijasida obyektiv olam bilan bog‘liq narsa va hodisalar 
haqidagi dastlabki xulosa va e ’tiqod darajasi o'zgarib ya’ni bilimlar 
bilan boyib borgan. E ’tiqod turlari ilmga, san’atga, adabiyotga, 
tabiatga, ayniqsa, din va uning qadriyatlariga va boshqalarga nisbatan 
shakllanadi va mustahkamlanadi.
Shunday qilib, e’tiqod har bir aqli raso odamning ongli faoliyati 
bilan bog‘liq falsafiy tushunchadir. E ’tiqodni vujudga kelishida inson 
o‘zlashtirgan bilimlar umumiy asos vazifasini bajaradi. Bilimni 
e’tiqodga aylanishi uchun anglash so‘ng uni tushunib etish, bu 
bilimlaming to‘g‘ri yoki noto‘g ‘riligiga ishonch hosil qilish orqali 
qabul qilingan bilimlar inson ongida qayta ishlab chiqilgan, ya’ni 
hayotiy sinovdan o'tgan, maqsadli yo‘nalishlarga mos bilimlargina 
e’tiqodni mustahkam bo‘lishini ta’minlaydi.
Odamning bir yoki bir necha e’tiqod shakliga moyil boMishi u 
shakllangan oila sharoiti, ijtimoiy muhit, jamoatchilik fikri va tarbiya 
tizimiga bog‘liq bo‘ladi. Bu omillaming qaysi biri kuchliroq ta’sirga 
ega bo‘lsa, shu e’tiqod turi yosh avlod ongida shakllana boradi. 
Masalan, yaxshi ibratli muhitga ega bo'lgan oilada tarbiyalangan bola 
ongida borliq va ijtimoiy hodisalar haqida (chuqur bilimga ega 
bo‘lmasa-da) to‘g‘ri hayotiy qarashlar kengroq o‘rin egallab, 
e’tiqodning boshqa turlari ta’siriga berilishi sezilmaydi. Diniy va 
madaniy madaniyat muhitda tarbiyalangan yoshlar ongida sharqiy 
axloq va diniy qadriyatlarga moyillik bo‘ladi.
Ammo shuni ham hisobga olish lozimki, odamda shakllangan 
e’tiqod haqida fikr yurtganda e’tiqod turlari orasiga qat’iy chegara 
qo‘yib bo‘lmaydi. Chunki, muayyan e’tiqodga ega bo‘lganlar ongida, 
uning boshqa turlari ham bo‘lishi mumkin. Masalan, IGIL Suriyadagi 
islom davlati jangida katnashayotgan yoshlar xalifalik davlatiga 
erishish uchun diniy fiindamentalistik g'oyalami asos qilib olgan 
bo‘lsalar-da, unda buzg'unchilik, vayronkorlik mayllari kuchlidir. 
Hamma gap shundaki, odam qaysi bir e’tiqodni o‘z hayot tarzi 
maqsadli 
yo‘nalishi 
qilib 
olishiga 
bog'liq. 
Ammo 
diniy- 
fundamentalistik g'oyalaming islom ta’limotiga aloqasi yo‘qligi va 
imkoniyat uchun g‘oyat zararli g‘oya ekanligini tushunib etgan jangari 
yoshlar bu yo‘ldan qaytadilar va to‘g‘ri yo'lga tushadilar.
«E’tiqod» falsafiy kategoriya bo‘lib, uning mazmun-ma’nosi 
qanday komponentlardan tuzilgan to‘g‘risida aniq ilmiy asoslangan 
tasawurga ega bo‘lishimiz lozim. Olimlaming fikriga ko'ra, e’tiqodni
106


yaxlit butunga birlashtirib turgan barqaror elementlardan biri - 
bilimdir46. M a’lumki inson ijtimoiy va ongli faoliyatida muayyan 
bilim turlarini egallashga intiladi. Bu bilimlar nazariy yoki empirik 
mazmundan tashkil topgan bo‘lishi mumkin. Gap shundaki, olingan 
bilimlaming e’tiqodga aylanishi uchun bir necha bosqichlarni o‘tadi. 
Dastlabki bosqich anglash holati bo‘lib, unda bilimning ma’no- 
mazmuniga tushinib etiladi. So‘ngra o‘zlashtirib olingan bilimlar, 
insonning moddiy va ma’naviy ehtiyojlariga, aylanadi. E ’tiqodga 
aylangan bilim inson amaliy faoliyatini takomillashtiradi. Shunday 
qilib, inson xulq-atvori va xatti-harakatining finomeni bo‘lgan e’tiqod: 
bilish, baholash, boshqarish kabi funksiyalami bajaradi.
Din falsafasi haqida ilmiy qarashlami shakllantirish uchun, 
kishilaming qanday e’tiqod turiga moyilligini hisobga olish muhimdir. 
Chunki, falsafiy ta’limot kabi din falsafasi ham borliqning mavjudligi, 
rivojlanishi, inson va uning yashashdan maqsadi, ijtimoiy faoliyati 
haqida mushohada yuritadi.
E ’tiqod va diniy bag‘rikenglik o‘z mazmun-mohiyati bilan 
falsafiy tushunchalar sifatida individual va ijtimoiy ongda muayyan 
darajada shakllanadi. Zero, bu ikkala tushuncha o'zaro uzviy 
bog'liqlikda shakllangandagina ijtimoiy hayotda o‘z o‘rniga ega 
bo‘ladi.
Kishilar 
e ’tiqodida 
diniy 
qarashlar, 
xususan 
diniy 
fundamentalistik mayllar ko‘proq bo‘lsayu, ammo diniy bag‘rikenglik 
bo‘lmasa, turli konfessiyalar orasida ziddiyatli vaziyatni keltirib 
chiqarishi mumkin. Hattoki, diniy e’tiqod tufayli millatlar o‘rtasida 
kelishmovchilik yuzaga kelib ba’zan fojiali oqibatlami keltirib 
chiqaradi.
Bu g‘oyat muhim masala bo‘lgandan birinchi navbatda e’tiqod, 
iymon, bag‘rikenglik kabi tushunchalar mazmun-mohiyatini, shaxs va 
jamiyat hayotida tutgan o‘rnini ilmiy bilish g‘oyat muhimdir.

Download 4,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish