marosimlami o‘rganish va targ'ib qilish masalasi bilan faol
shug'ullanish ham hozirgi kunda katta ahamiyatga ega. Bu
yo‘nalishdagi
faoliyatlami
faqatgina
dindorlar
emas,
dinga
ishonmaydiganlar ham qizg‘in qo‘llab-quvvatlamoqdalar. CHunki bu
faoliyat kishilarda mehr-oqibatning qaror topishi,
xalqning axloqiy-
ma’naviy merosiga bo‘lgan qiziqishi ortib borishiga ham sabab
bo‘ladi. Ma’naviy merosni o‘rganish orqali xalq, qolaversa, har bir
kishi o‘z-o‘zini anglaydi.
Yuzaga kelgan yangi sharoitda diniy tashkilotlar ijtimoiy hayotda
faol ishtiroq etish, boshqa ijtimoiy uyushmalar kabi ommaviy axborot
vositalaridan keng foydalanish huquqiga ega. 0 ‘rta asr sharoitlarida
ham monostir, masjid va madrasalar dunyoviy
ilm va maorif, xo‘jalik
ishlari bilan shug‘ullanganlar. Bu vaziyat diniy tashkilotlaming
jamiyatda tutgan mavqesining yuqori darajada bo‘lishiga sabab edi.
Har bir tarixiy davr diniy tashkilotlaming faoliyatlari o‘zlariga
xos tomonlariga ega. Bu tashkilotlaming muayyan ko‘rinishdagi
faoliyatlari jamiyatning ijtimoiy tuzilishi, mavjud sinflar orasidagi
munosabatlar, ishlab chiqamvchi kuchlarining rivojlanish darajalari,
siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy,
axloqiy vaziyatlar, hukmron
g‘oyalar, fanlaming rivojlanish darajalari va boshqa shu kabilardan
iborat bo‘lgan muhim vaziyatlarga bog‘liqdir. Shuning uchun ham
diniy tashkilotiarlaming faoliyatlariga har bir tarixiy sharoitning
o‘ziga xos tomonlarini hisobga olgan holda yondashmoq zarur.
Diniy tashkilotlar mustaqil tus olgan hozirgi sharoitda uning
faoliyati asosan dindorlaming diniy ehtiyojlarini qondirish bilan
bevosita bog‘liqdir. Bu tashkilotlar
boshqa siyosiy va ijtimoiy
uyushmalar, partiya, kasaba uyushmalari, xotin-qiz, yosh, ijodiy
tashkilotlari shakllana borishi mobaynida ular bilan muayyan tarzda
aloqa o‘matishga intiladi.
Ruhoniylar oddiy dindorlar ham
tashkilotlarga a ’zo bo'lishlari mumkin. Bu uyushmalar o‘z mohiyati
bilan
diniy
bo‘lmasada
jamiyatda
yoki
mamlakatlararo
munosabatlarda turli ta’sir o‘tkazishda diniy tashkilotlar yo'lida
xizmat qilishi mumkin. Xorijiy Yevropa
mamlakatlardagi xristian
siyosiy partiyalar, xalqaro inson tashkilotlarining faoliyatlari bunga
yaqqol misol bo‘ladi.
0 ‘zbekiston diniy idorasi moddiy jihatdan o‘z qaramog‘idagi
musulmonlaming ixtiyoriy sadaqalari, musulmonlarga diniy hizmat
ko‘rsatish bilan bog‘liq to‘lovlar hisobiga ta’minlanadi.
131
Islom bilan bog‘liq ko‘pgina xalqaro tashkilotlar ham bor. Bular
o‘z darajalari, harakatlariga ko‘ra quyidagi uch guruhga bo‘linadk
1) Hukumatlararo Islom Konferensiyasi Tashkiloti - IKT. U
1969-yili tuzilgan.
2) Hukumatlar aralashmaydigan tashkilotlar: bularga siyosiy,
jamoat arboblari a’zo bo‘ladilar va ishida ishtiroq etadilar.
3)
Sof diniy
tashkilotlar,
diniy
mafkuraviy
markazlarni
birlashtiruvchi islom tashkilotlari. Bulaming vakillari asosan dinni
targ‘ib qilish bilan shug‘ullanadilar.
Ijtimoiy ehtiyojlaming m’lum bir davrdagi muayyan turi bo‘lgan
diniy ehtiyojlar, u bilan bog'liq bo‘lgan diniy tashkilotlaming faoliyati
ijtimoiy vaziyatlar bilan belgilanadi. Demak, diniy tashkilotlar o‘z
faoliyatlari nuqtai nazaridan ijtimoiy-tarixiy hodisa bo‘lib, xalqaro
funksiyalarining bajarishdan tashqari diniy ehtiyoj ga ega bo‘lgan
xalqlar hayoti va ongida diniy munosabatlar, diniy tasaw ur va
kayfiyatlami shakllantiruvchi diniy funksiyalaming tartibli, qonun-
qoidalar asosida bajarilishini ta’minlashga ham e’tibor qaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: