bo‘ladi. Demak, bilim va g‘oyalar insonning ham aqli, ham qalbi bilan
o‘zlashtirib olingandagina e’tiqodga aylanadi. Umuman olganda
odamlami ijtimoiy hayotning faol a ’zosiga aylantiruvchi omil
hisoblanadi. Boshqacha qilib
aytganda, e’tiqod bilim va g‘oyalaming
o‘zlashtirgan, hayot sinovlaridan o‘tkazgan, ularning to‘g ‘riligiga
ishonch hosil qilgan shaxsni o‘z qarashlari, tamoyillari va
dunyoqarashiga muvofiq tarzda ish ko‘rishga da’vat etadigan tizimdir.
E ’tiqodga aylangan bilim va g‘oyalarning falsafiy tahlil etganda,
ular
ijtimoiy amaliyotning natijasi, insonni bilish borasidagi
faoliyatining hosilasidir. E’tiqod inson dunyoqarashining asosiy
komponenti jamligini unutmaslik darkor. E ’tiqod bilish, baholash,
boshqarish kabi funksiyalarni bajaradi. Ob’ektiv voqelikdagi turli
xodisalar,
jarayonlar
haqidagi
bilimlar
e’tiqodning
bilish
funksiyasining bildirsa, olingan bilimlarga tayanib sodir bo‘layotgan
o‘zgarishlar,
hodisalar
mohiyatini
tushunib
olish,
baholash
funksiyasini tashkil etadi. Uning boshqarish fimksiyasi esa, insonni
o‘z shaxsiy va ijtimoiy
faoliyatida xulq-atvori, xatti-harakatiga
ko'rsatadigan
ta’siri,
muayyan
maqsad
tomon
yo‘naltirish
qobiliyatidan iborat.
Inson hayotida maqsadlar ko‘p bo‘lib, ulaming ayrimlari o‘zgarib
turadi. Faqat aniq maqsadda bo‘lgan g‘oya atrofida birlashganlami
maslakdoshlar deyiladi. Maslak asosida muayyan dunyoqarashning
bosh va asosiy g‘oyalariga ishongan odamlar jamoasi umumiy fe’l-
atvori yotadi. Demak, insonlami ma’lum vazifalami bajarishga
safarbar etadigan g‘oyaviy birlik maslak bo‘lib, aniq maqsadlami
amalga oshirish yo‘llarini belgilovchi iro d a - bu, e’tiqoddir.
Inson e’tiqodi shakllanishiga bilim va g‘oyalar xizmat qilishini
bilib olganimizdan so‘ng shunga e’tibor qaratishimiz lozimki,
inson
e’tiqodsiz, g‘oyasiz, fikrlashsiz yasholmaydi. Inson va jamiyatni
maqsad (maslak)sari etaklaydigan, harakatga keltiradigan kuch
g‘oyadir. Demak, g‘oya inson tafakkurida vujudga keladigan, ijtimoiy
xarakterga ega bo‘lgan, ruhiyatga kuchli ta’sir o‘tkazib, jamiyat va
odamlami harakatga keltiradigan,
ulami maqsad-maslak sari
etaklaydigan fikrdir.
Umumlashtirib aytganda, muayyan maqsadlar yo‘lida birlashib
harakat qilishga olib keluvchi, ko‘pchilikning e’tiqodiga aylangan
asosiy maslak g‘oyadir.
i l l
Diniy e’tiqod o‘ziga xos muayyan dunyoqarash (g‘oya) sifatida
umuminsoniy tabiatga ega. Din inson zotiga xos bo‘lgan ruhiyat,
ma’naviy holatdir. Dinning asosiy mohiyatini belgilovchi g'oya ilohiy
zot-yaratuvchiga ishonish va unga sig‘inishdir. Turli diniy an’ana va
qadriyatlarga rioya qilish, shu yo‘l bilan narigi dunyoda jannatga
tushish, do‘zah azobidan xalos bo'lish maqsadidir. Din Yaratganga,
taqdirga, oxiratga Xudo belgilab bergan
andozalardan chiqmasdan
ishonishdir. Bu ma’naviy andozalar-mehnatsevarlik, insonparvarlik,
adolatlilik, iymonlilik, insoflilik, odamlaming bir-biriga ishonchi va
hurmatidir.
Din-inson ma’naviyatini rivojlantirishning muhim omillaridan
biridir. Qur’on, hadislardagi g‘oyalarda va shariat ahkomlarida
shakllangan musulmonlaming burch va
vazifalari deb tan olingan
fikrlar orqali kishilarda iymon, vijdon, e’tiqod orqali hayot tarzini hal
etishga chorlagan. Buning uchun har bir musulmon o‘zi ruhan,
vijdonan pok, iymonli va halol bo‘lishi kerak, degan da’vat islom
ta’limotida katta o‘rin olgan.
Xo‘sh, diniy iymon nima? Bu shaxs uchun asosiy orzu diniy
ibodatlar, marosimlami bajarish, diniy ko‘rsatmalar asosida hayot
yo‘nalishini belgilab, real dunyoda baxtiyor bo'lish va oxiratda
jannatdan joy olishdir. Ilmiy haqiqatlar
atrofida iymon shakllangan
shaxslar uchun esa asosiy ideal (yuksak orzu) hayotning ma’nosi real,
birdan-bir dunyoda chinakam insoniy munosabatlar, umumiy
farovonlik va adolatni qaror toptirish uchun kurashda baxtiyorlikka,
el-yurtning izzat-ikromiga sazovor bo‘lib, hayotda o‘zidan yaxshi nom
qoldirib, avlodlar qalbida ulami davom ettirish va ijtimoiy abadiylikka
musharraf bo‘ lishdir.
Insonning ikki mohiyatida kelib chiqadigan va doimo bir-biri
bilan yonma-yon mavjud bo‘Iib turadigan jismoniy (fiziologik) va
ruhiy holatni aslo e’tibordan soqit qilib bo‘lmaydi. Shu tufayli insonda
poklik yoki nopoklik, sahiylik va ochko‘zlik, mehr-shafqatlilik yoki
toshbag‘irlik,
insoflilik yoki noinsoflik, vijdonlilik yoki vijdonsizlik,
ezgulik yoki yovuzlik kabi ma’naviy-ruhiy holatlar namoyon bo‘ladi.
Muayyan vaziyat taqozosi bilan bu holatlar bir-biriga o‘tib turadi.
Go'yo odamda ikki qiyofa va ikki qalb bir vaqtning o'zida mavjud
boTib turadi. Fiziologik mashqlar tufayli hayvoniy xirslarga erk berib
yuborilsa, odam insoniylik sifatlaridan qadam-baqadam mahrum
bo‘lib borayotganini o‘zi ham anglamay qoladi. Bu hirslaming yovuz
112
ruhi qaror topib qolmagligi uchun odam ongi, qalbi doimo izchil
ravishda ezgulik hissidan oziq olib turishi lozim. Aslini olganda, ilmiy
qarashlar o‘z oldiga odam mohiyatidagi yovuzlik hislarini bartaraf
etib, ezgulik hissini qaror toptirish maqsadlarini nazarda tutadi.
Bunday ezgulik hissini qaror toptirish aksariyat hollarda e ’tiqodni
iymon bilan bog1 lash, ya’ni imonli kishilarda
ana shunday fazilatlar
mujassam bo'ladi deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: