92
19-rasm.
To‘p ko‘krak sathida ushlab turiladi, bir oyoq oldinga qo‘yiladi (zarba beruvchi
qo‘lga nisbatan qarama-qarshi). To‘p 1 m yuqoriga oldinga tashlanib, o‘yinchi qo‘lini
yuqoriga-orqaga harakatlantiradi va zarba beruvchi qo‘l
- yelkasini orqaga-yuqoriga
olib boradi. Zarba to‘g‘ri qo‘l bilan birmuncha oldinda bajariladi.
Bu usul ikki xil
variantda: to‘pga aylanma harakat berib va aylanma
harakat bermasdan amalga
oshirilishi mumkin. To‘pga aylanma harakat bermasdan to‘p kiritish usuli birmuncha
murakkab usul hisoblanadi. Bu usulda quyidagi elementlarning bajarilishiga qat’iy
amal qilish zarur (11-rasm). Bular: to‘pning qoq o‘rtasiga
zarba berish; to‘p
tashlashning nisbatan pastligi (0,5 m gacha); zarba beruvchi qo‘lni
orqaga nisbatan
qisqa
harakatlantirish; kuchli (tezkor) va «aldamchi» (sekin) zarbalar berish.
Hujum
zarbasini 2 yo‘l bilan bajarish mumkin: to‘g‘ri (to‘rga nisbatan to‘g‘ri turgan holda)
va yon tomon bilan (to‘rga nisbatan).
Do'stlaringiz bilan baham: