Universiteti a. A. Pulatov voleybol nazariyasi va


 ilova  To‘p uzatish-qabul qilish mashqlari



Download 7,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet280/322
Sana18.02.2022
Hajmi7,14 Mb.
#450604
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   322
Bog'liq
fayl 2055 20211105

2 ilova 
To‘p uzatish-qabul qilish mashqlari 
To‘p qabul qilish – uzatish mashqlari voleybol o‘yini bilan ilk bor tanishish 
davomida tez – tez qayt etiladi. To‘p kiritish usuli o‘ta muhim bo‘lsada, (siz to‘p 
kirita olmasangiz ochko ololmaysiz) uni qabul qilish – uzatish undanda 
muhimroqdir. 


419 
To‘pni qabul qilish – uzatish tananing muvofiq holatidan boshlanadi. 
O‘yinchi o‘rtacha holatda, tizzalari qisman bukilgan, oyoqlari elka kengligida bir 
tovoni oldinga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. O‘yinchilar kelayotgan to‘pni pastdan 
yoki bosh ustidan uzatadi. O‘yinchilar pastdan ham, yuqoridan ham to‘p uzatish 
mashqlarini ijro etishda yaxshi ko‘nikmaga ega bo‘lishlari kerak. Agar zaruriyat 
bo‘lsa, mashqni bajarish tartibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish darkor. 
To‘pni qabul qilish – uzatish quydagi tartibda amalga oshiriladi: Qo‘llarni to‘pga 
tekkazishda, ular yozilgan bo‘lishi ta’lab qilinadi.
To‘pni to‘g‘ri nishonga uzatish texnikasini ko‘rsatish. Bosh ustidan to‘p 
uzatish to‘pni yo‘nalishiga bog‘liqdir. To‘p uzatuvchi elkasini oldinga, qo‘llarini 
yuzidan pastroq, lekin ko‘zidan baland tutib barmoqlari mushaklarini 
taranglashtirib to‘pga to‘qnashtirishi ta’lab qilinadi. O‘z o‘yinchilaringizga, ushbu 
usulni bajarishga yordam berish uchun, quydagi maslaxatdan foydalaning: to‘pga 


420 
zarba berish; to‘pga qo‘llarni to‘qnashtirish, to‘pni baland pastligi, yo‘nalishi, 
aniqligi tezligi va oralig‘i e’tiborga olinishi kerak. 
To‘pni bosh ustidan uzatish to‘pni bosh tomonga yo‘nalishiga bog‘liq 
bo‘ladi. Bunda o‘yinchi o‘z holatiga qarab to‘p uzatishni muvofiqlashtirishi kerak. 
Uzatuvchi elkasi va qo‘llarini yuzidan pastroqda ushlashi kerak. Ko‘zlari ustida 
bo‘lishi lozim, barmoqlar mushaklari to‘p bilan to‘qnashish vaqtida taranglashgan 
bo‘lishi kerak. 
O‘z o‘yinchilaringizga to‘pni bosh ustidan boshlab uzatish uchun quyidagi 
o‘rgatuvchi maslahatlarni qo‘llang

Zarba berish, 
To‘pni peshona yoki balandroq holatda bo‘lishi, 
To‘pgacha bo‘lgan oraliq. 
Mashqlarni bajarish tartibi almashtirilishi mumkin – 3, 2, 1 yoki 0. agar to‘p 
uzatish nishon tomon ijro etiladigan bo‘lsa, unda 3 imkoniyat uchta variantda 
quyidagicha bajarilishi mumkin: aniq to‘p uzatish va uzatuvchi xohlagan uchta 
hujumchiga uzatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
A – 2 imkoniyatli mashq to‘p 
uzatuvchini biroz harakatlanishga 
majbur qiladi. 
A – 1 imkoniyatli mashqda to‘p 
uzatuvchi juda kam harakatlanadi va 
to‘pni 
bir 
variantda 
bajarishi 
mumkin bo‘ladi. 
A – 0 esa – uzatuvchiga hech qanday imkoniyat bermaydi. 
To‘p uzatish ustida ishlash va amalda uni baholab borish eng yaxshi g‘oya 
bo‘lib hisoblanadi. O‘yinchilar o‘z yondoshuvlarini o‘zlari belgilashi mumkin. 
Masalan, 15- o‘yinchi tirsaklar yoki qo‘l harakatlarini bajarayapti, agar siz to‘pni 
nishonga uzatishga diqqat bermasangiz va mashqlarni mavsum boshidan bajarib 
bormasangiz, unda har bir o‘tishda 3, 2, 1 yoki 0 raqamini chaqirishingiz mumkin. 
Аgаr siz to‘p uzаtishni o‘zlаshtirishgа 
mаvsum bоshidа ustivоrlik bеrmаsаngiz 
mаvsumni bоshqа bоsqichlаridа hаm 
(qismlаridа) ustivоrlik bеrishingiz mushkul 
bo‘lаdi. 


421 
SHerik bularga shaylanadi va ularni e’tiborga oladi. Hisobni 15gacha ajratib 
mavsumni qolgan qismida o‘rtacha ballga ega bo‘lishi mumkin. 
O‘rtacha 2, 3 ballgacha mmashqni bajarish o‘tishni yaxshi amalga 
oshirilganini ifodalaydi, 1, 0 ball bahosi esa zaif o‘tish hisoblanadi. O‘zining hal 
qiluvchi ballini bilish ushbu usulni qaerda va qachon sportchilarga 
takomillashtirish imkoniyatini ochib beradi, ularga aniq maqsadni belgilaydi. 
Mashg‘ulotlarda va turnirlarda hal qiluvchi ballarni yozib borish foydalidir. 
Bu borada o‘yinchilarning kuchli va zaif tomonlarini o‘rganish uchun 
mashqlarni qanday bajarilishini ko‘rib chiqamiz. Agar mavsum faollashib 
qo‘shimcha muammolar yuzaga kelayotgan bo‘lsa, uni dastlabki bosqichidayoq 
mashqlarning asosiy usullari o‘yinchilarga to‘pni xis qilish, uni holatini bilish va 
o‘ynash yo‘llarini amalda bajarishga imkon yaratadi. O‘yinchilar o‘z 
imkoniyatlarini yaxshilashi uchun ular mashqlarga tayyor bo‘lishi, ularni yuksak 
aniqlik va tezlikda bajarishlari talab qilinadi. Maqsad shundan iboratki, 
o‘yinchilarni raqibga qarshi raqobatbardosh bo‘lishini ta’minlash. O‘yinchilarda 
to‘p kiritish turini o‘zlashtirish imkoniyati dorligiga ishonch hosil qiling, chunki 
ular raqobatli bellashuvda bunday vaziyatga duch keladi; agar zaruriyat bo‘lsa, 
eng kuchli to‘p kirituvchilar yoki jamoa trenerlari raqib sifatida bu ishni 
(mashqni) amalga oshirishi mumkin. 
Barcha mashqlar ko‘p martalab takrorlanishni talab qiladi. Kichik guruhlarda 
birga bir mashq o‘tkazish mavsum boshida, hamkorlikda va jamoa bo‘lib mashq 
o‘tkazish mavsum davomida samarali hisoblanadi. Lekin bu jarayonda ochkolarni 
raqobatli asosda hisoblash o‘yinchilarni faollashtiradi. 
YAngi shug‘ullanuvchilar bilan bunday mashqlarni qshllashda trener asosiy 
o‘rgatuvchi rolni o‘ynashi lozim. YAxshiroq tayyorlangan o‘yinchilar boshqa 
o‘yinchilarni mashq markaziga jalb qilishi kerak. Oddiy mashqlardan 
kombinasion mashqlarga o‘tish, ikki va undan ko‘p harakatlarni biriktiruvchi 
mashqlarni qo‘llash zarur. Lekin bunday mashqlarni qo‘llash uchun tayyorgarlik 
etarli bo‘lishi kerak. O‘rgatish va mashg‘ulot jarayonida barcha o‘yinchilar 
ko‘plab imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Mavsum o‘rtasida va mavsumdan keyingi 


422 
vaqtlarda individual mashqlardan foydalanish texnik mashqlarni qo‘llash 
imkoniyatini yaratadi. Agar shakllantirilayotgan o‘yin usuli sifati susayadigan 
bo‘lsa, unda takrorlash sonini ortirish talab qilinadi. 
Tayyorgarlik davomida o‘yinchi o‘zining o‘zlashtirgan usuli bo‘yicha 
taqdimot o‘tkazishi muhim ahamiyat kasb etadi. 
Izchil va to‘g‘ri shaklda ko‘rik o‘tkazish doimo xatolarni bartaraf etishga 
yordam beradi. Taqdimot o‘tkazishda o‘yinchilar to‘pni boshqarish imkoniyatini, 
ular raqib uchun raqobatli ekanligini namoyish qiladi. Kuchli taqdimot o‘yinchilar 
o‘zlarida ishonch xissi yuzaga kelishiga turtki beradi. O‘yinchilarga yuksaklikka 
qarashni aytib bering! 

Download 7,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish