Musobaqaning yopilish marosimi Musobaqada ishtirok etuvchi barcha jamoalar o‘yinlari yakunlanganidan
so‘ng musobaqaning yopilish marosimi o‘tkaziladi. Musobaqaning yopilish
marosimida g‘olib va sovrindor jamoalar (ayrim hollarda barcha jamoalar) ishtirok
etadi.
Musobaqaning yopilish marosimi ham maxsus ssenariy asosida o‘tka-ziladi.
Ssenariyda belgilangan dastur yakunida Davlat bayrog‘i tushiriladi va musobaqa
yopiq deb e’lon qilinadi.
Musobaqaning yakuniy natijalari va tashkiliy ishlarning saviyasi bo‘yicha
rasmiy hisobot tuziladi va ushbu hisobotning nusxalari har bir jamoa vakillariga
taqdim etiladi.