O‘zbekiston voleybol federatsiyasi
Mamlakatimizda voleybolni ommaviylashtirish, rivojlantirish, uni ravnaq
topshirishda O‘zbekiston voleybol Federatsiyasi rahbarlik va boshqaruvchi rolni
o‘ynaydi. Respublikamizning tuman, viloyat va shaharlarida esa bu mas’uliyat
joylardagi federatsiyalar orqali amalga oshiriladi.
Federatsiyaning oliy rahbar organi respublika anjumanidir. U mamlakatda
voleybolni rivojlantirishning asosiy masalalarini hal qiladi. Federatsiya anjuman
tufayli saylangan o‘z prezidiumidan (rayosatidan) iborat.
Rayosat o‘z navbatida belgilangan ijroiy qo‘mitasiga ega bo‘lishi kerak.
Qo‘mitada federatsiyaning prezidenti rahbarligida direktorat va doimiy hay’atlar
tuziladi. Bu hay’atlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat ko‘rsatadilar:
- moliyaviy-iqtisodiy;
- yuridik-huquqiy;
- moddiy-texnika ta’minlovi;
- ommaviy-tashkiliy;
- trenerlar kengashi;
- ilmiy-uslubiy;
- sport-texnika;
- bolalar va o‘smirlar sporti;
- xalqaro sport aloqalari;
- respublika sport fahriylari kengashi;
400
Ko‘rinib turibdiki, mazkur yo‘nalishlarning nomlarining o‘zi hay’atning
vazifasi, bajaradigan tadbirlari va butun faoliyatlari mazmunini belgilab berib
turibdi.
Jahonda voleybolni rivojlantirish jarayonini xalqaro tashkilotlar darajasida
boshqarish
Voleybol taraqqiyotini boshqarish halqaro voleybol Federetsiyasi (XVF-
FIVB) va zonal konferensiyalar orqali ijro etiladi.
Ovro‘ra, Osiyo, Afrika, SHimoliy Amerika, Markaziy Amerika va Karib
dengizi, Janubiy Amerika mintaqalarining zoanl konferensiyalari mavjud.
FIVBning aloqa va ish faoliyatlari rasmiy ravishda ingliz, farang, rus va
ispan tillarida amalga oshiriladi.
FIVB o‘zining ustaviga ega. U vaqti-vaqti bilan voleybol soxasida ro‘y
berayotgan asosiy voqealar bilan yoritidgan rasmiy BYULLETEN chiqarib (nashr
qilib) turadi, turli uslubiy ko‘rsatmalar, hujjatlar, nizomlar, tavsiyanomalar chop
etiladi.
FIVBning asosiy maqsadi – jahonning turli mintaqalarida voleybolni
rivojlantirish, barcha davlatlarning sportchilari va rasmiy shaxslari o‘rtasidagi
do‘stlik aloqalarini mustahkamlash, milliy voleybol federatsiyalarini birlashtirish,
yangi milliy voleybol federatsiyalari tuzish, rasmiy musobaqalar o‘tkazish, o‘yin
qoidalarini va taktikasini shakllantirishdan iborat.
FIVBning oliy organi – Kongressdir. U ikki yilda bir marta o‘tkaziladi.
FIVBning rahbar organi – Ma’muriy Kengash bo‘lib, o‘z prezidenti, bosh
kotib va uni yordamchilari, 4 ta vitse-prezidenti, 12 ta Kengash a’zolari va zonal
konfederatsiyalarning prezidentlaridan tashkil topadi.
Ma’muriy kengashning qarorlarini Ijroiy Qo‘mita hayotga tadbiq etadi.
Ijroiy Qo‘mita o‘z prezidentidan, ikki vitse-prezidentidan, bosh kotibi va uni ikki
yordamchisidan iborat. FIVBda texnik organlar ham mavjud bo‘lib, ular 5 ta
doimiy hay’atlardan tashkil topadi.
401
1. Tashkiliy-sport hay’ati – musobaqalarni tashkil qilish va ularni tahlil
etish, ma’lumotlarni yig‘ish va voleybol bo‘yicha xalqaro sport kalendarini
rejalashtirish;
2. Trenerlar bo‘yicha hay’at – voleybol endigina rivojlanayotgan mintaqa
va davlatlarda shu sport turini taraqqiy ettirish tadbirlarini tashkil qilish, trenerlar
bilan seminarlar uyushtirish, ularga maslahatlar berish, voleybol bo‘yicha “qo‘li
kalta” davlatlarga yordam sifatida trenerlarni har xil muddatlarga ishga jo‘natish,
uslubiy ko‘rsatma va tavsiyalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish ishlari
bilan shug‘ullanadi.
3. Arbitraj hay’ati – musobaqalar hakamlarini tayinlash, ularning
faoliyatiga rahbarlik qilish, tahlil etish va baholash, xalqaro seminarlarni
uyushtirish, hakamlik qilish bo‘icha uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqish ishlarini
bajaradi.
4. O‘yin qoidalari bo‘yicha hay’at – Ma’muriy Kengash va Kongress
muhokamasiga o‘yin qoidalari bo‘yicha kiritilgan o‘zgarishlar oid tavsiyalarni
taqdim etish, arbitraj hay’ati bilan birgalikda hakamlik qilish qoidasini ishlab
chiqish va o‘yin qoidalariga yagona fikrda yondoshishni ta’minlash kabi tadbirlarni
amalga oshiradi.
5. Tibbiy hay’at – musobaqalar jarayonida tibbiy xizmat ko‘rsatish, o‘quv-
trenirovka mashg‘ulotlarini tibbiy nazorat qilish, organizm va ish qobiliyatini
tiklashga oid tadbirvositalar hamda shikastlanishlarni oldini olish kabi masalalar
bo‘yicha taklif, tavsiya va ko‘rsatmalar tayyorlash ishlarini ijro etadi.
FIVB o‘z tarkibiga 160 ta davlat kiritgan eng ko‘p sonli federatsiya o‘ziga
ma’lum moliyaviy mas’uliyatni olishi shart, a’zo bo‘lib kirishda va har yili badal
to‘lash, rasmiy birinchiliklar va xalqaro uchrashuvlar o‘tkazish uchun pul mablag‘i
ajratish, FIVB tasaruffida o‘tkaziladigan rasmiy musobaqalarda ishtirok etish
uchun badal to‘lash va hokazo.
FIVBning faoliyatida sobiq Ittifoq Federatsiyasi juda katta rol o‘ynagan.
Bu masala voleybol bo‘yicha mashhur mutaxassis Vladimir Ivanovich Savin
samarali xizmati va salmoqli hissalari bilan alohida ajralib turadi.
402
O‘zbekiston Respublikasi istiqlolga erishganidan so‘ng mamlakatimizning
milliy voleybol Federatsiyasi hayotida ham unutilmas o‘zgarishlar yuz beradi.
1992 yil O‘zbekiston milliy voleybol Federatsiyasi Osiyo zonal konfederatsiyasiga
a’zo bo‘lib qabul qilindi. 24 va 25-rasmlarda mamlakatda voleybol taraqqiyotini
boshqarish organlari va O‘zbekiston voleybol Federatsiyasining tuzilmasi
ifodalangan.
403
Do'stlaringiz bilan baham: |