Universiteti a. A. Pulatov voleybol nazariyasi va


X BOB. MUSOBAQA NIZOMI VA UNI O‘TKAZISHNING TASHKILIY



Download 7,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/322
Sana18.02.2022
Hajmi7,14 Mb.
#450604
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   322
Bog'liq
fayl 2055 20211105

X BOB. MUSOBAQA NIZOMI VA UNI O‘TKAZISHNING TASHKILIY 
USLUBIY MASALALARI 
(O‘zbekiston chempionati misolida) 
 
10.1. Musobaqa nizomi 
 
Chempionatning maqsadi va vazifalari: 
- O‘zbekistonda voleybolni yanada ommalashtirish; 
- voleybolni rivojlantirish va jamoalarning sport mahoratini oshirish; 
- mamlakat yagona sport tasnifi talablariga muvofiq voleybolchilarga sport 
razryadlarini rasmiylashtirish; 
- kuchli klublarni aniqlash va Osiyo musobaqalarida ishtirok etish uchun 
mamlakat terma jamoasini tuzish. 
Musobaqaga rahbarlik qilish. 
Musobaqalar FIVB – Xalqaro voleybol Federatsiyasi tomonidan tasdiq-
langan rasmiy qoidalar bo‘yicha o‘tkaziladi. O‘yinlarda “Mikasa” firmasining 
MVP 200 rangli to‘plari qo‘llaniladi.
Musobaqaga rahbarlik qilish mas’uliyati O‘zbekiston voleybol federa-
tsiyasiga yuklatiladi.
Musobaqa o‘yinlarini Respublika hakamlar uyushmasi tomonidan tasdiq-
langan hakamlar guruhi boshqaradi. Musobaqaning bosh hakami vazifasiga milliy 
toifadagi hakam tayinlanadi.
Jamoalarni qabul qilish, joylashtirish va musobaqa o‘tkazish joylarini 
tayyorlash musobaqa o‘tkazilayotgan shahar klubi zimmasiga yuklatiladi. 
Mehmonxona, ovqatlanish va safar xarajatlari muvofiq jamoa klublari 
tomonidan qoplanadi. 
Musobaqa o‘tkazish joyi va vaqti. 
Chempionatni o‘tkazish tartibi, tizimi, joylari va vaqti ishtirokchi jamoalar 
soniga qarab chempionatdan 1 oy oldin e’lon qilinadi. 


262 
Musobaqa ishtirokchilari. 
Chempionatda klublar jamoalari, ko‘ngilli sport jamiyatlari, tashkilot va 
korxonalar, viloyatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahar terma 
jamoalari ishtirok etishi mumkin. 
O‘zbekiston voleybol Federatsiyasining ijroiya qo‘mitasi qaroriga muvofiq 
chempionatda ishtirok etish istagini bildirgan jamoalar O‘VF hisob raqami ............ 
ga ............ so‘m miqdorida a’zolik badali uchun mablag‘ o‘tkazishlari lozim. 
Chempionatda ishtirok etishni tasdiqlovchi xabarnoma ....... yil ...... oktabrgacha 
taqdim etilishi shart. Ushbu muddatdan kech taqdim etilgan xabarnoma qabul 
qilinmaydi va jamoa chempionatda ishtirok etish huquqidan mahrum qilinadi. 
Chempionatda ishtirok etish huquqini olgan jamoa tarkibi 22 kishi, shu 
jumladan 18 nafar o‘yinchilar, 2 ta murabbiy, shifokor va jamoa rahbaridan iborat 
bo‘lishi mumkin.
Jamoa tarkibiga ko‘pi bilan 2 nafar chet el o‘yinchilari federatsiya ruxsati 
bilan jalb qilinishi mumkin. 
Natijalarni aniqlash. 
Chempionatda jamoalarni guruhlarga bo‘linishi yoki bo‘linmasligi ishti-
rokchi jamoalar soniga qarab belgilanadi. Musobaqalar va ishtirokchi jamoalar 
sport bazasida “tur” shaklida aylanma tizim bo‘yicha o‘tkaziladi. Chempionat 
jadvalidagi o‘rinlar barcha turlarda o‘tkazilgan o‘yinlarda to‘plangan ochkolar 
yig‘indisiga qarab aniqlanadi. G‘alaba uchun jamoaga 2 ochko, mag‘lubiyat uchun 
1 ochko, o‘yinga kelmaganligi uchun 0 ochko beriladi. 
Ikki yoki undan ortiq jamoalar bir xil ochkolar sonini to‘plagan bo‘lsa, 
o‘rinlar quyidagi mezonlar asosida aniqlanadi: 
a) barcha uchrashuvlardagi partiyalar nisbati; 
b) barcha uchrashuvlardagi to‘plar (hisob) nisbati; 
c) o‘zaro uchrashuvlardagi partiyalar nisbati; 
d) o‘zaro uchrashuvlardagi to‘plar (hisob) nisbati. 
Agar qaysi bir jamoa uchrashuv davomida o‘yinni davom ettirishdan voz 
kechsa, u chempionatda ishtirok etish huquqidan mahrum qilinadi, barcha 


263 
uchrashuv natijalari bekor qilinadi va unga O‘VFning “Intizom Kodeksi”ga 
muvofiq jarima choralari ko‘riladi. Ushbu jamoaga qarshi uchrashuv o‘tkazgan 
barcha jamoalar 3:0 (25:0; 25:0; 25:0) hisobida g‘olib deb topiladi. 
Agar biror-bir jamoa chempionatda o‘tkaziladigan barcha o‘yinlarning 
yarmidan kamiga kelgan bo‘lib, keyingi biror-bir turga kelmasa, ushbu jamoaga 
ham yuqorida qayd etilgan tartibda jarima choralari ko‘riladi.
Rag‘batlantirish.
Mamlakat chempioni maqomiga ega bo‘lgan joriy yilda o‘rta umumta’lim 
maktab, KHKlari yoki ALlarni bitirgan jamoa o‘yinchilari O‘zbekiston Respub-
likasi jismoniy tarbiya va sport vazirligining O‘zDJTSU hamda viloyatlardagi 
OO‘Yulari jismoniy tarbiya fakultetlariga imtiyozli asosda qabul qilinish huquqini 
beruvchi sertifikatini olishga muyassar bo‘ladilar. 
Chempion jamoa ko‘chma Kubok, qimmatbaho sovg‘alar, diplomlar va oltin 
medallar bilan taqdirlanadi. 2- va 3-o‘rinni egallagan jamoalar qimmatbaho 
sovg‘alar, muvofiq diplomlar, kumush va bronza medallari bilan taqdir-lanadilar. 
O‘yinchilar O‘zbekiston chempionati va boshqa musobaqalarda ishtirok etib 
kelgan natijalariga asosan O‘zbekiston yagona sport tasnifida belgilangan me’yoriy 
talablarga muvofiq navbatdagi sport razryadlari bilan taqdirlanishga muyassar 
bo‘ladilar. 

Download 7,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish