Universiteti a. A. Pulatov voleybol nazariyasi va


avtoritar yondashuv asosida rahbarlik qilish. Bunday toifaga  mansub trener faoliyati – rahbarlik qilishi shuni anglatadiki,  trener



Download 7,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/222
Sana06.06.2022
Hajmi7,14 Mb.
#642180
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   222
Bog'liq
fayl 2055 20211105

avtoritar
yondashuv asosida rahbarlik qilish. Bunday toifaga 
mansub trener faoliyati – rahbarlik qilishi shuni anglatadiki, 
trener
jamoa uchun 


26 
buyruq beruvchi yagona subyekt, “barcha narsa” uning erki, istak-xohishiga 
bo‘ysunadi, uning gapi yoki ko‘rsatmasi jamoa uchun “qonun” – “shikoyatga o‘rin 
yo‘q”. Qizig‘i shundaki, bunday trenerlar aksariyat hollarda obro‘-e’tiborga 
sazovor bo‘lar ekan. Ehtimol, bunday oqibat “bir gap” trenerning o‘z ishiga 
prinsipial yondashishidadir. Ushbu toifaga mansub trenerlar o‘zining rahbarlik 
faoliyatini buyruqlar yoki ko‘rsatmalar asosida tashkil qiladi. Jamoa a’zolari esa, 
hatto trener yordamchilari ham buyruq yoki ko‘rsatmani “bekamu-ko‘st” ijro 
etishlari shart. Faoliyat “trener sportchi” formulasiga binoan olib boriladi. Bunday 
yondashuv asosida jamoani boshqarish, mashg‘ulot yoki musobaqani tashkil qilish, 
ba’zida ayrim hayotiy yoki oilaviy muhim vaziyatlar, ruhiy tushkunlik, o‘ta 
toliqish yoki boshqa holatlarni nazarda tutmaydi. 
Mazkur toifaga moslashgan trenerlar barcha muammolarni o‘zi hal qilishga 
odatlangan bo‘ladi yoki boshqa yuklangan vazifa (buyruq) natijasini shaxsan 
nazorat qiladi va to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi bo‘yicha qaror qabul qiladi. Hatto 
bunday trenerlar ilmiy asoslangan statistik yoki tadqiqot ko‘rsatkichlariga ham 
shubha bilan qarashga intiladilar yoki bu ko‘rsatkichlardan qanday tartibda 
foydalanishni o‘zlari hal qiladilar. Shunday bo‘lsada, avtoritar yondashuv asosida 
rahbarlik qiluvchi trenerlar sport amaliyotida keng tarqalgan. Diqqatni jalb 
qiluvchi joyi shundaki, aksariyat sportchilar shunday yondashuv asosida rahbarlik 
qiluvchi trenerlarni yoqtirishadi. Ehtimol, bu sportchini ortiqcha mas’uliyatdan 
ozod bo‘lishi bilan bog‘liqdir. 
Demokratik
yondashuv asosida rahbarlik qiluvchi trenerlar ham kam emas. 
Jamoani demokratik prinsipda boshqaruvchi trenerlar o‘z yordamchilari
sportchilar bilan maslahatlashadi, ular bilan hamkorlikda ish olib boradi. Hatto ular 
shug‘ullanuvchilarning ota-onalari bilan ham muloqotda bo‘lishi mumkin. 
Demokrat trenerlar yo‘lboshchilik qilsalarda, lekin ular sportchilar, jamoa sardori, 
o‘z yordamchilari, hatto ilmiy maslahatchi tomonidan bildirilgan asosli va 
obyektiv fikr-takliflarga qo‘shilib turadilar. Shu orqali ularga jamoa oldiga 
qo‘yilgan maqsadni amalga oshirish mas’uliyatini yuklaydi. 


27 
Bunday toifaga mansub trenerlar faoliyatida “Hokimiyat” rasmiy buyruqlar va 
ko‘rsatmalardan holi bo‘ladi. Go‘yo bunday yondashuv asosida jamoani 
boshqarishda adolat yoki foydali prinsip bordek tuyuladi. Ammo, yuqorida qayd 
etilgan mualliflar fikriga qaraganda, kasbdoshlar yoki sportchilar tomonidan 
bildirilgan mulohaza, obyektiv ma’lumotlarni qayta ko‘rib chiqish va yagona 
qarorni bari-bir demokrat trener shaxsan qabul qilishi maqsadga muvofiq ekan. 
Chunki, tayyorgarlik va musobaqa natijasi yordamchi trenerlar yoki sport-
chilardan emas, balki demokrat trenerdan talab qilinadi. 
Sport amaliyotida jamoani 
liberal
yondashuv asosida boshqaruvchi trenerlar 
ham uchraydi. Ko‘pchilik mutaxassislarning ta’kidlashicha, zamona-viy sport 
amaliyotida, jumladan, yuqori malakali sport zahiralarini tayyorlash jarayonida 
shug‘ullanuvchilarga liberal yondashuv asosida rahbarlik qilish anarxiyaga olib 
kelishi mumkin ekan, jamoali sport turlarida esa bunday yondashuv asosida barcha 
jamoa a’zolarini yagona maqsad – g‘alabaga olib keluvchi jipslashgan, hamjihatlik, 
hamfikrlik va hamkorlik bilan faoliyat ko‘rsatuvchi jamoa tayyorlash o‘ta mushkul 
ekan (3-rasm). 
3-rasm. O‘qituvchi-trenerning ko‘p qirrali tashkilotchilik funksiyasi

Download 7,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish