66
3.3. Mashhur o‘zbek voleybolchilari va ulardan targ‘ibot ishlarida
foydalanish
Qaysi soha bo‘lmasin, ya’ni qaysi sport turi bo‘lmasin,
unga mashhurlik
darajasiga ko‘tarilish o’ta mashaqqatli yo‘l bo‘lib, uni bosib o‘tish insondan katta
kuch, iroda, matonat va qatiyatlikni talab qiladi. Buning zaminida nafaqat mehnat,
ijod va fidokorlik yotadi, balki iste’dod, o‘zi sevgan, ardoqlagan kasb-koriga
sadoqatli bo‘lish, barcha to‘siq va qiyinchiliklarni temir intizom hamda yuksak
iroda yordamida yengib o‘tish xislatlari mujassam bo‘lishi talab qilinadi. To‘g‘ri,
yurtimizning birinchi prezideni I.A. Karimov aytganidek “Hech bir narsa
mamlakatni dunyoga sportchalik tez tanita olmaydi!”. Ammo, bu konsep-tual shior
ostida mashaqqatli va tinimsiz mashg‘ulotlar,
musobaqalar, keskin raqobatlar va
albatta katta jasorat yotadi. Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi
Prizidenti sportchilar va ularning ustozlariga katta g‘amxo‘rlik, barcha shart
sharoitlarni yaratmoqda, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.
Ma’lumki, sportchilarning “sport umri” juda ham qisqadir, yuksak natija-larni
ko‘rsatishi bilan bog‘liq “umri” esa undanda qisqa. U xalqaro arenalarda o‘ta
keskin raqobat ostida g‘oliblik va sovrindorlikka loyiq cho‘qqilarga erishadi,
munosib ravishda e’zozlanadi, ma’naviy, ijtimoiy,
iqtisodiy resusrslar-ga ega
bo‘ladi. Biroq, vaqt o‘tishi bilan u “oddiy odam” qiyofasiga o‘tadi. Ularning
ayrimlari o‘z kasbiy-pedagogik, tashkilotchilik, ijodkorlik va intellek-tual
imkoniyatlarini ishga solgan holda trenerlik, o‘qituvchilik
yoki rahbarlik ishlarini
davom ettiradilar. Lekin, ularning ayrimlari o‘z tengqurlari, kasbdosh-lari, hatta
ba’zi mutasaddi rahbarlar e’tiboridan chetda qoladi. Bunday achinarli holatni
yuzaga kelishiga avvalo shu sohaning vakillari, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari,
BO‘SMlar, o‘rta
maxsus kasb-hunar muassasalari, institut va universitetlarda
sportni boshqaruvchi dars-mashg‘ulot olib boruvchi trenerlar qaysidir ma’noda
“aybdordir”. Ko‘p yillik kuzatuvlar, tajribalarni o‘rganish va xolisona suhbat
natijalari shundan darak beradiki, bog‘cha, maktab va boshqa ta’lim muassasalari
yoki sport tashkilotlarida mashhur sportchilarning
rasm-portretlari faxrli
67
qahramonlar sifatida osib qo‘yilmaydi. O‘quv darsi yoki mash-g‘ulotlarda ularning
natijalari, mahorati, mashhurligi targ‘ibot qilinmaydi. Joylarda ularga atalgan
musobaqalar, tadbirlar, bayram kechalari o‘tkazilmaydi. Bunday sortchilarning
mashhurlik sirlari, ularning boy tajribasidan yosh sport-chilarni tayyorlashda
foydalanilmaydi. Ustoz-shogird va mashhur
sportrchi uning davomchisi
an’analariga rioya qilinmaydi. Oilada mashhur sportchining farzandlari, ukalari
yoki singillari bo‘lsa, ko‘pincha aka mashhur akaga yoki otaga ular ergashadi, ular
ham shu sport turiga ixlos qo‘yadi, shug‘ullanadi va katta natijalarga erishadi. Oila
va kasbiy an’ana davom etadi. Nima uchun ana shunday an’ana o‘quvchilar, yosh
sportchilar, uyushmagan bolalar o‘rtasida joriy etilmaydi. Ana shu muhim
muammo, motivatsion an’ana o‘z yechimini topmog‘i lozim. Bir vaqtlar voleybol
bilan shug‘ullanuvchi sportchilar oilasida shunday ijobiy an’analar o‘z ifodasini
topib kelgan. Hozir ham bunday an’analar yo‘q emas.
Ammo ularni
ommalashtirish, kuchaytirish, sport an’analariga ega oilalar o‘rtasida yoshini
e’tiborga olmagan holda musobaqalar tashkillashtirish foydali natija berishi shubha
uyg‘otmaydi. Bunga misol qilib Qoraqalpo-g‘istonlik aka-ukalar, ota-o‘g‘illar,
nevaralar Kazakovlar oilasi, Farg‘onalik aka-ukalar Ahror va Islom Sobirovlar,
E.Shaffenovlar oilasini aytish mumkin. O‘g‘il yoki
qiz farzand ota yoki ona
ketidan, ularni tanlagan, mehr qo‘ygan va katta natijalarga erishgan sport turida
an’anani davom ettirishi milliy qadriyatimizga loyiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: