O‘quv trenirovka bosqichining 5 o‘quv yili.
Texnik tayyorgarlik.
Hujum va himoya texnikasini shakllantirishda 3 va 4 o‘quv yillarida
qo‘llanilgan vositalar murakkablashtirilgan xolda takrorlanadi.
Taktik tayyorgarlik.
Hujum va himoya taktikasini shakllantirishda 3 va 4 o‘quv yillarida
qo‘llanilgan vositalar modellashtirilgan tartibda takrorlanadi.
Integral tayyorgarlik .
3 va 4 o‘quv yillarida qo‘llanilgan barcha vositalar o‘quv o‘yini va musobaqa
maqomida takrorlanadi.
Sport takomillashuvi va oliy sport mahorat bosqichlarida jismoniy, texnik,
taktik va integral tayyorgarlik vositalari xolqaro model ko‘rsatgichlar
yo‘nalishida qo‘llaniladi. Ushbu bosqichlarda o‘yin texnikasi va taktikasini “
charxlashga” modellashtirilgan o‘yin kombinatsiyalari, ish qobiliyatini tiklash,
saqlash va oshirishga urg‘u beriladi. Bu bosqichlarda turli o‘yin “
amplua”lariga ixtisoslashgan o‘yinchilar mahoratini oshirishga ustunlik
beriladi.
Belgilangan muddatlarda “ sport forma “ siga erishtirish, uni zarur
muddatda saqlash masalasiga e’tibor qaratiladi.
15.6. Psixologik tayyorgarlik
Malakali sportchilar tayyorlash amaliyotida psixologik tayyorgarlik jarayoni
ko‘p yillik sport trenirovkasining barcha bosqichlarida izchillik bilan
tabaqalashtirilgan tartibda amalga ashirilishi o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi.
CHunki, sport ko‘nikmalariga o‘rgatish, ularni o‘zlashtirish va mukammallashtirish
samaradorligi shug‘ullanuvchilar psixologik xislatlarining ( ong, diqqat, xotira, idrok,
351
iroda va h.) etarli shakllangan bo‘lishiga bog‘liqdir. Harakat ko‘nikmalari, ularning
texnikasi va taktikasini o‘zlashtirish sur’ati ustivor jihatdan oddiy va murakkab
reaksiya, diqqatning jamlanishi , mashqlar xususiyatlarini xotirada eslab qolish,
ko‘rish kengligi va chuqurligi , vaziyatlarni payqash va farqlash, to‘g‘ri qaror qabul
qilish va foydali natija keltiruvchi qarorni amalga oshirish imkoniyatlari bilan
belgilanadi.
Zamonaviy voleybol musobaqalarida yuksak sport natijalariga erishish keskin
raqobat ostida kechayotganligi isbot talab qilmaydi. O‘yinlarning har bir lahzasi o‘ta
shiddatli va tezkor o‘zgaruvchan vaziyatlar ustunligi bilan farqla-nadi. Mashg‘ulot va
musobaqalarga xos yuklamalar hajmi, shiddati va o‘yin mazmuni mukammal
shakllangan jismoniy hamda funksional imkoniyatlarni talab qiladi. Faqat shunday
imkoniyatlarga asoslangan yuksak texnik-taktik mahorat musobaqa taqdirini
belgilaydi. Shu bilan bir qatorda bugungi voleybolning yana bir ustuvor xususiyatlari
shundan iboratki, har bir o‘yinchi va jamoa jismoniy hamda texnik-taktik jihatlardan
yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lsa-yu, lekin ularning psixologik imkoniyatlari zaif
bo‘lsa, musobaqa davomida foydali natijaga erishish mushkul bo‘lishi ehtimoldan
holi emas.
Binobarin, ko‘p yillik sport trenirovkasi jarayonida psixologik sifatlar va
qobiliyatlarni shakllantirish masalasi boshqa tayyorgarlik turlari kabi ustuvor
ahamiyat kasb etadi.
Psixologik tayyorgarlikning bosh maqsadi muhim psixik sifatlar – xotira, diqqat,
hissiyot, tafakkur, ong, iroda, ko‘rish kengligi va chuqurligi kabi xislatlarni mustaqil
mashq qildirishdan iborat bo‘lishi lozim. Bu borada shug‘ullanuvchilarda matonat,
shijoat, qat’iyatlik, zukkolik, “makkorlik” va ixtirochilik fazilatlarini sayqal toptirish
darkor.
Psixologik tayyorgarlik uzoq muddatli pedagogik jarayon bo‘lib, bunda psixik
sifatlar nafaqat mashg‘ulot va musobaqa jarayonlarida o‘z holicha shakllanishi lozim,
balki
ular
maxsus
uslub
va
vositalar
(mashqlar)
yordamida
alohida
takomillashtirilishi zarur.
352
Voleybolchilarni tayyorlash amaliyotida psixologik tayyorgarlik quyidagi ikki
yo‘nalishda olib borilishi odat tusiga kirgan:
1) umumiy psixologik tayyorgarlik;
2) muayyan musobaqaga maxsus psixologik tayyorgarlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |