unicat.natlib.uz tizimining asosiy yozuvlar bazasida kengaytirilgan qidiruv jarayoni unicat.natlib.uz tizim interfeysining yuqori qismidagi “Tizimga kirish” (Авторизация) buyrug‘i tanlanadi. Kerakli login va maxfiy so‘z kiritiladi va “Kirish” tugmasi bosiladi. Ochilgan “Ishchi panel”ning yuqori qismidagi “Kataloglashtirish” moduli tanlanadi. “Kataloglashtirish” modulidagi “Yozuvlar”(Записи) ni tanlash orqali Asosiy yozuvlar bazasiga kiriladi. Interfeysning yuqori chap qismidagi “Batafsil qidiruv” bosiladi. Eslatma: Batafsil qidiruvda kerakli bibliografik yozuvni hujjatning asosiy sarlavhasi, muallifi, chiqqan yili, nashriyoti, ISBN raqami va boshqa ma’lumotlardan foydalangan holda qidirib topish imkoniyati mavjud. Bibliografik yozuvni hujjatning sarlavhasi, chiqqan yili va muallifi bo‘yicha qidirish uchun “Qidiruv turi”dan Asosiy sarlavha tanlanadi va “Qo‘shish” tugmasi bosiladi. Natijada “Asosiy sarlavha” yozuvining to‘g‘risida sarlavhani kiritish uchun qo‘shimcha maydon hosil bo‘ladi. Mana shu maydonga kerakli sarlavha yoziladi. Hujjatning chiqqan yilini kiritish uchun Qidiruv turidan “Nashr etish, tarqatish va h.k sanasi” tanlanadi va “Qo‘shish” tugmasi bosiladi. Natijada “Nashr etish, tarqatish va h. sanasi” yozuvining to‘g‘risida hujjatning chiqqan yilini kiritish uchun qo‘shimcha maydon hosil bo‘ladi. Mana shu maydonga hujjatning chiqqan yili yoziladi.
Hujjatning muallifi familiyasini kiritish uchun Qidiruv turidan “1-boshlang‘ich kiritish elementi” tanlanadi va “Qo‘shish” tugmasi bosiladi.
Natijada “1-boshlang‘ich kiritish elementi” yozuvining to‘g‘risida hujjatning muallifi familiyasini kiritish uchun qo‘shimcha maydon hosil bo‘ladi. Mana shu maydonga muallifning familiyasi yoziladi. Asosiy sarlavhaga hujjatning sarlavhasi, Nashr etish, tarqatish va h. sanasiga hujjatning chiqqan yili, 1-boshlang‘ich kiritish elementiga esa hujjatning muallifi familiyasi kiritilgach “Qidirish” tugmasi bosiladi Qidiruv natijasida topilgan bibliografik yozuvlar orasidan bizga kerakli, hujjatning sarlavhasi, muallifi, chiqqan yili, nashriyoti bo‘yicha mos keluvchi bibliografik yozuvni tanlab olamiz. Eslatma: Batafsil qidiruv natijasida qidirib topilgan dublet bibliografik yozuvlar orasidan eng to‘g‘ri yaratilgan, xato va kamchiliklari bo‘lmagan to‘liq bibliografik yozuvga nusxa (ekzemplyar) qo‘shiladi. Agar dublet yozuvlar orasida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan ( Siglasi AAA) yaratilgan bibliografik yozuv mavjud bo‘lsa, hujjatning nusxasi ana shu yozuvga qo‘shiladi. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |