O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 28-sentabr,
546-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 546-son qaroriga
1-ILOVA
2022 — 2026-yillarda Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirishning
MAQSADLI KO‘RSATKICHLARI
T/r
|
Ko‘rsatkichlar nomi
|
2021-y.
|
2022-y.
|
2023-y.
|
2024-y.
|
2025-y.
|
2026-y.
|
1.
|
Ichki turistlar tashrifi soni (ming kishi)
|
520
|
655
|
790
|
930
|
1 060
|
1 200
|
2.
|
Xorijiy turistlar soni (ming kishi)
|
240
|
400
|
560
|
720
|
880
|
1 040
|
3.
|
Xizmatlar eksporti (mln AQSh doll)
|
80
|
150
|
220
|
290
|
360
|
430
|
4.
|
Joylashtirish vositalaridagi xonalar soni (ming)
|
2,4
|
2,6
|
3,2
|
3,8
|
4,2
|
5,0
|
5.
|
Mehmonxonalardagi o‘rinlar fondining bandlik darajasi
|
40,0
|
44,0
|
50,0
|
60,0
|
70,0
|
80,0
|
6.
|
Joylashtirish vositalaridagi o‘rinlar soni (ming)
|
5,0
|
5,6
|
6,1
|
6,7
|
7,5
|
8,0
|
7
|
Mehmonxonalar soni (dona)
|
79
|
89
|
100
|
105
|
110
|
115
|
8.
|
Oilaviy mehmon uylari soni (dona)
|
85
|
114
|
135
|
155
|
185
|
215
|
9.
|
Xostellar soni (dona)
|
11
|
13
|
15
|
18
|
20
|
22
|
Izoh. Prognoz qilinayotgan maqsadli ko‘rsatkichlarga turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat va hududiy dasturlarni amalga oshirish natijalaridan kelib chiqqan holda o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
3. 2022- 2026-YILLARDA BUXORO VILOYATIDA TURIZM SOHASINI YANADA RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlash, shuningdek Buxoro viloyatida turizmni jadal rivojlantirish bo‘yicha alohida dasturni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 184-bandiga muvofiq Buxoro viloyatida turizmni jadal rivojlantirish bo‘yicha alohida dasturni amalga oshirish, unda:
2022 — 2026-yillarda xorijiy va mahalliy turistlar sonini 5 mln nafarga, eksport hajmini 600 mln AQSh dollariga yetkazish;
viloyatdagi 800 dan ziyod madaniy obyektlarni birma-bir restavratsiya qilish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni nazarda tutish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
2022 — 2026-yillarda Buxoro viloyatida turizm sohasini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
2022 — 2026-yillarda Buxoro viloyatida turizmni yanada rivojlantirish dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) 2-ilovaga muvofiq;
Buxoro shahrida “Street Food” gastronomik ko‘chasini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi (keyingi o‘rinlarda — Chora-tadbirlar rejasi) 3-ilovaga muvofiq;
Buxoro viloyatining turizm marshrutiga kirgan madaniy meros obyektlariga olib boruvchi yo‘llarga o‘rnatiladigan yo‘l ko‘rsatkichi belgilarining manzilli ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq;
“Qadimgi Poykent” arxeologiya merosi obyektini muhofaza qilish, tadqiq etish, muzeylashtirish hamda arxeologiya parkini yaratish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Turizm va madaniy meros vazirligi:
a) Qurilish vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Dastur hamda Chora-tadbirlar rejasida belgilangan topshiriqlarni amalga oshirish bo‘yicha mas’ul vazirlik, idora va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning o‘zaro hamkorlikda ish yuritishlarini ta’minlash, bu borada yuzaga kelgan muammoli masalalarni tezkor hal qilib borish choralarini ko‘rsin;
b) Madaniy meros agentligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi bilan birgalikda Buxoro shahridagi “Buxorolik boy savdogar uy muzeyi” yodgorlik majmuasini “Fayzulla Xo‘jayev uy-muzeyi” deb qayta nomlab, uning yangi ekspozitsiyasi yaratilishini ta’minlasin;
v) Madaniy meros agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Fanlar akademiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Buxoroda ilmiy turizmning manbashunoslik yo‘nalishini rivojlantirish va tadqiq qilish, ushbu yo‘nalishda manbalarni tarjima qilish, ilmiy ishlarda foydalanish uchun taqdim qilish va nusxa ko‘chirish, sahhoflik, muqovasozlik, qadimiy yozma manbalarning mulyajlarini tayyorlash, ko‘rgazmalar o‘tkazish kabi xizmatlarning tashkil etilishini ta’minlasin. Bunda:
Buxoro davlat muzey qo‘riqxonasi hamda Buxoro viloyat axborot kutubxona markazi fondidagi noyob va alohida qiymatga ega bo‘lgan nashrlarni alohida kolleksiya holida Buxoroda saqlanishi va muhofaza qilinishi masalasini hal etishni;
2022 — 2026-yillarda Buxoro davlat muzey qo‘riqxonasi hamda Buxoro viloyat axborot kutubxona markazi fondidagi qo‘lyozmalar, noyob va alohida qiymatga ega bo‘lgan nashrlarni tahlil qilishni;
qo‘lyozmalar, noyob va alohida qiymatga ega bo‘lgan nashrlarni YUNESKOning “Jahon xotirasi” ro‘yxatiga kiritilishi bo‘yicha zarur choralarning ko‘rilishini nazarda tutsin.
4. Buxoro viloyati hokimligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qurilish vazirligi bilan birgalikda “Turizm mahallasi”, “Turizm ovuli”, “Turizm qishloqlari”ning ichki yo‘llari, ichimlik suvi va boshqa infratuzilma obyektlarini ta’mirlash ishlarini keyingi yillardagi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlariga kiritilishini hamda uning doirasida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlasin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — turizm va madaniy meros vaziri A.A. Abduxakimov hamda Buxoro viloyati hokimi B.K. Zaripov zimmasiga yuklansin.
Do'stlaringiz bilan baham: |