Undarija. Kirish o’zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishida turizmning ahamiyati yillarda xorazm


-2026 YILLARDA XORAZM VILOYATINING TURIZM SALOXIYATINI KOMLEKS RIVOJLANTIRISH BO’YICHA QO’SHIMCHA CHORA TADBIRLAR TO’G’RISIDA



Download 39,78 Kb.
bet3/6
Sana29.01.2023
Hajmi39,78 Kb.
#905071
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
TURIZM PUL VA BANK

2. 2022-2026 YILLARDA XORAZM VILOYATINING TURIZM SALOXIYATINI KOMLEKS RIVOJLANTIRISH BO’YICHA QO’SHIMCHA CHORA TADBIRLAR TO’G’RISIDA.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI

Xorazm viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish va uni jadal rivojlantirish, turizm infratuzilmasini yaxshilash, kelgusi besh yilda viloyatda turizm xizmatlarining hajmini keskin oshirish hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash, shuningdek, yangi ish o‘rinlarini tashkil etishda turizmni yetakchi sohaga aylantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:


1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoniga asosan Xorazm viloyatida yangi ish o‘rinlarini yaratishda turizm asosiy drayver sohasi bo‘lishi, hududda kelgusi besh yilda turizm xizmatlarini kamida besh baravarga oshirish va shu maqsadda turizm obyektlarining infratuzilmasini tubdan yaxshilash, yangi oilaviy mehmon uylari, “turizm ko‘chalari”ni tashkil etish hamda ichki va chet ellik sayyohlarni viloyatning boy moddiy va nomoddiy madaniy merosi bilan yaqindan tanishtirish choralarini ko‘rish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Sayyohlik maskanlarining infratuzilmasini rivojlantirish yuzasidan ularni yo‘llar, ichimlik suvi, tabiiy gaz, elektr energiyasi bilan ta’minlash, viloyatda yangi turistik yo‘nalishlar va mahsulotlarni joriy qilish, sohadagi ilg‘or xorijiy tajribani tatbiq etish, turizmni rivojlantirish uchun hududdagi istiqbolli mahallalarni belgilash, Urganch va Xiva shaharlarini yetakchi sayyohlik nuqtalari sifatida rivojlantirish hamda qator madaniy-ma’rifiy va ko‘ngilochar tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi quyidagilar:
2022 — 2026-yillarda Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
2022 — 2026-yillarda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq;
Urganch shahridagi Pahlavon Mahmud ko‘chasi va Xiva shahridagi “Alleya” maydoni hududlarida “turizm ko‘chalari”ni tashkil etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq;
Xorazm viloyatida 2022 — 2026-yillarda turizm sohasida amalga oshiriladigan istiqbolli investitsiya loyihalarining manzilli dasturi 3-ilovaga muvofiq;
Xorazm viloyatida turizm salohiyati yuqori bo‘lgan va turizm drayveri sifatida rivojlantirish rejalashtirilgan “turizm mahallalari” ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Turizm va madaniy meros vazirligi Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda Xiva shahri hamda Bog‘ot, Xiva, Shovot va Yangiariq tumanlarida tanlab olingan, turizm salohiyati yuqori bo‘lgan 13 ta mahallani turizm drayveri sifatida rivojlantirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
4. Turizm va madaniy meros vazirligi Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Hazorasp tumani “Sulaymon qal’a” turistik obyektini qayta tiklash va unga tutash hududlarda turizm xizmatlarini, xususan, oilaviy mehmon uylari, gastronomik turizm obyektlari, ko‘ngilochar va dam olish maskanlari, savdo va hunarmandchilik obyektlari hamda boshqa qo‘shimcha xizmatlarni tashkil etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
5. Transport vazirligi Turizm va madaniy meros vazirligi, Moliya vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda 2022-2023-yillar davomida xorijiy aviakompaniyalar ishtirokida Urganch-Baku-Urganch, Madrid-Urganch-Toshkent yo‘nalishlarida hamda Urganch shahriga Pokiston, Indoneziya, Yaqin Sharq va Yevropa mamlakatlaridan yangi muntazam va charter reyslarni yo‘lga qo‘yish, istiqbolli reyslarni qayta tiklash va ularning sonini oshirish masalasini ko‘rib chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar kiritsin.
6. Turizm va madaniy meros vazirligi:
ikki oy muddatda “Xorazmshohlar tarixi davlati muzeyi”ni tashkil qilish to‘g‘risidagi qaror loyihasini kiritsin;
2023-yil 1-yanvarga qadar mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun har tomonlama jozibador bo‘lgan “Xorazm” turistik brendini yaratish bo‘yicha ommaviy tanlovni e’lon qilsin va uning natijalari bo‘yicha taklif kiritsin;
2023-yil 1-aprelga qadar Xiva shahrining 2024-yilda “Islom dunyosining turizm poytaxti” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan Islom hamkorlik tashkiloti bilan yaqindan hamkorlik asosida uni yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha qaror loyihasini ishlab chiqsin va kiritsin.
7. Transport vazirligi:
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda 2024-yilda tez yurar poyezdni Xiva shahrigacha yetkazish va birinchi reys qo‘yilishini ta’minlasin;
uch oy muddatda “Urganch” xalqaro aeroportini rekonstruksiya qilish ishlarini jadallashtirgan holda, uni yirik turistik-transport “xab”iga aylantirish konsepsiyasini ishlab chiqsin va taqdimot o‘tkazilsin.
8. Turizm va madaniy meros vazirligi Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda har chorakda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — turizm va madaniy meros vaziri A.A. Abduxakimov va Xorazm viloyati hokimi F.U. Ermanov zimmasiga yuklansin.

Download 39,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish