Ergash gapli qo’shma gaplar
Birdan ortiq sodda gaplarning mazmun jihatdan tobe-hokim munosabati asosida, ya'ni birining boshqasiga ergashishidan tuzilgan qo'shma gap ergash gapli qo'shma gapdeyiladi: Ildiz oziq bersa, novdako'karar. Ergashgan qo'shma gapda bosh gap va ergash gap bo'ladi.
Ergash gaplar bosh gaplarga chunki, shuning uchun, -ki, agar, garchi, mabodo, go'yo(ki) kabi ergashtiruvchi bog'lovchilar, fe'lning ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi shakllari, shuningdek, yuklama, ko'makchilar, ko'makchili qurilmalar (shuning uchun, shu sababli, shu tufayli) turli vazifadagi ko'rsatish olmoshlari, kim - u, qanday – shunday, qancha – shuncha, qaysi – o'sha, qayerda – u yerda kabi bir-biriga ishora ma'nosini bildiradigan so'roq olmoshlari va ko'rsatish olmoshlaridan iborat nisbiy so'zlar, sababli, tufayli, deb so'zlari orqali bog'lanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |