www.ziyouz.com kutubxonasi
Birinchi asosiy bo‘lim —bitta son suyakdan, ikkinchi bo'lim
esa ikkita:
katta boldir
va
kichik boldir
suyaklardan ibo
rat. Uchinchi bo‘lim oyoq kafti —
tovon, kaft
va
barmoq
falangalaridan
iborat. Umuman tuzilish jihatidan orqa oyoq
oldingi oyoqdan bir oz farq qiladi. Orqa oyoq tovon suyakla
rining proksimal bo'limida sutemizuvchilar uchun xarakterli
birmuncha katta bo'lgan ikkita suyak bor. Bulardan ichkari-
dagisi
to'piq suyagi,
tashqaridagisi esa
tovon suyagi
deb
ataladi. Bu suyakning orqa qismida sutemizuvchilar uchun
xarakterli bo'lgan payning birikishi uchun tovon bo'rtmasi
mavjud. Nihoyat, sutemizuvchilarning tizza bo'g'imida ser-
pay yumaloq suyakcha - tizza kosasi joylashgan.
Topshiriqlar:
Quyon, kalamush yoki mushukning umumiy skeleti, bosh miya
skeleti, umurtqa pog‘onalari, oldingi va keyingi oyoq skeletlari hamda
kamarlari bilan tanishib, o‘rganib chiqgach, quyidagi rasmlarni al-
bomga chizib oling:
1. Quyonning to‘liq skeleti;
2. Tulki yoki kalamushning bosh miya skeleti;
3. Bo‘yin va ko‘krak umurtqalari;
4. Sutemizuvchilar qulog‘ining tuzilish sxemasi;
Do'stlaringiz bilan baham: