Umurtqalilar


Vakil. Ko‘k kaptar — Columba livia. Kerakli



Download 15,32 Mb.
bet83/111
Sana30.04.2022
Hajmi15,32 Mb.
#598081
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   111
Bog'liq
26umurtqalilarzoologiyasi laboratoriya mashg\'uloti

Vakil. Ko‘k kaptar — Columba livia.


Kerakli materiallar va jihozlar: tovuq, kaptar, qarg'a yoki boshqa tur qushning montaj qilingan skeleti, yosh (j°‘j a) qushlarning bosh skeletlari, yelka kamari va qanot skeletlari, chanoq kamari va orqa oyoq skeletlari, bo‘yin umurtqalari, preparoval ninalar, qo‘l lupasi hamda qushlar skeleti, bosh qutisi, qanot va yelka kamari, orqa oyoq va chanoq kamari skeletlari aks ettirilgan jadvallar.
Mashg'ulotning maqsadi: kaptar yoki tovuq misolida
qushlar sinfi vakillarining skeleti tuzilishini o‘rganish.


Ishning mazmuni: qush suyaklarining mahkam va yengil bo'lishiga sabab uning pnevmatikligi, ya’ni ularda ichi havo bilan to'lgan bo'shliqlaming bo'lishidir. Bosh skeletining yengil bo'lishi tishlarning yo'q bo'lib ketishi va suyaklarining yupqa- lanishi bilan bog'liq bo'lib, voyaga yetgan qushlar miya quti- sidagi barcha suyak choklari bilinmaydigan darajada bir-biri- ga qo'shilib ketgan. Suyaklararo choklami faqat yosh gushlar- ning bosh skeletidagina ko'rish mumkin.
Ko'krak toj qismi oldingi oyoqlami harakatga keltiruvchi muskullar rivojlanishi tufayli taraqqiy etgan. Uchish layoqati- ni yo'qotgan qushlar (tuyaqushlar)da ko'krak toj suyagi yo'q bo'lib ketgan, biroq ba’zi qushlar (pingvinlar)da ko4krak toj suyagining saqlanib qolganligi ulaming suvda suzishga mos-


langanligi bilan bog'liq. Odingi oyoq (qanot) skeletida tipik bo'limlarning hammasi bor, lekin ular uchishga moslangani uchun panjalari shaklan o'zgarib, qisman reduksiyalangan. Bilaguzuk suyaklarining proksimal elementlari bir- biriga qo'shilib, ikkita kichkina suyakcha hosil qilsa, distal element­ lari kaft suyagiga qo'shilib ketgan. Kaft suyagi faqat ikkita uzunchoq suyakchadan iborat bo'lib, ulaming proksimal hamda distal qismi qo'shilib bitta kaft-bilaguzukni hosil qilgan. Barmoqlaridan faqat birlamchi uchta barmoq falangalari saqlanib qolgan. Orqa oyoqlar uch bo'limdan iborat. Bular­ dagi kichik boldir suyagi rudimentlashib katta boldir suyagiga qo'shilib ketgan. Boldir suyagining distal qismi tovon suyak- chalarining proksimal qatorlaridan hosil bo'lgan. Tovon suyak- chalarining proksimal qatorlari haqiqiy boldir suyagiga chok-
siz birikishi tufayli yangi tibiotarzus nomli suyak paydo bo'lgan. Voyaga yetgan qush oyog'ining tibiotarzusdan keyin­
gi bo'lim i bitta suyak — pixdan (ilik) iborat. Pix esa oyoq kafti suyakchalarining bir-biriga qo'shilishidan hosil bo'ladi.
Shunday qilib, qushlarning tovon bo'g'imi ikki qator tovon suyakchalari orasida joylashgan va bu intertarzal yoki tovon- aro bo'g'im deb ataladi.
Qushlar bosh skeletining ensa bo'limida bitta ensa bo'rtmasi bo'ladi. Tanglayi tuzilish xarakteriga qarab to'rtta tipga bo'li­ nadi. Shulardan dromeognatik (reptiliyalarga xos) tip boshqa uchta, ya’ni shizognatik, desmognatik va egitognatik tiplar- ga qaraganda katta filogenetik ahamiyatga ega. Shunga ko'ra, birinchi tipga mansub turlarni qadimgi tanglaylilar va qol­ gan uchta tipdagilami esa yangi tanglaylilar deb yuritiladi.

Download 15,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish