Topshiriqlar:
Baqa yoki qurbaqaning umumiy skeleti, tanasining turli bo‘Iim umurtqalari, oldingi va orqa oyoq skeletlari kamarlari bilan hamda bosh skeletini o'rganib bo lgach, albomga quyidagirasmlami chizib oling:
1. Baqaning umumiy skeleti;
2. Baqaning bosh skeleti (ustidan va ostidan ko'rinishi);
3. Baqaning tana umurtqasi;
4. Baqaning yelka kamari va oldingi oyoq skeleti;
5. Baqaning tos kamari va orqa oyoq skeleti.
11-mashg‘ulot. SUVDA HAM QURUQLIKDA YASHOVCHILAR SINFIGA KIRUVCHI DUMSIZLAR TURKUMI VAKILLARINI ANIQLASH
Kerakli m ate riallar va jihozlar: suvli shisha idishda tirik ko‘l baqasi va yashil qurbaqa; baqa va qurbaqaning tash qi va ichki tuzilishi ko'rsatilgan ho‘l preparatlar, preparoval ninalar, qo'l lupasi; amfibiyalar xilma-xiUigi, tashqi va ichki tuzilishi aks ettirilgan rangli jadvallar.
M ashg'ulotning maqsadi: O'zbekistonda uchraydigan suvda ham quruqlikda yashovchilar sinfi vakillarini aniqla- gichlar asosida o'rganish.
Ishning mazmuni: suvda ham quruqlikda yashovchilar (Amphibia) sinfi vakillari quruqlikda yashovchi umurtqali hay vonlar ichida eng soddasi bo'lib, suvda yashovchi ajdodlari- ning belgilarini hali o'zida saqlab qolgan bo'ladi. Metamor- foz yo'l bilan rivojlanadi. Lichinkasi (itbaliq) faqat suvda yashaydi.
Voyaga yetgan ko'pchilik amflbiyalarning ikki juft besh barmoqli oyog'i bo'ladi. Terisi ustida epiteliy hosilalari bo'lmaydi. Lekin u shilimshiq modda bilan qoplangan. Lichinkalarida tarmoqlangan tashqi jabralar bo'ladi. Voyaga yetganlarida bu jabralar reduksiyaga uchraydi. Bular o'pka va terisi orqali nafas oladi, shuning uchun ham terisi ustida hosila lar (tangachalar, soch, jun) bo'lmaydi. Tana temperaturasi tashqi muhitga bog'liq, chunki bu hayvonlar sovuqqonlilar guruhiga kiradi.
Dunyoda suvda ham quruqlikda yashovchilar sinfiga 2500 ga yaqin tur kiradi. Amfibiyalar sinfiga quyidagi 3 ta turkum, ya’ni dumlilar (Urodela yoki Caudata), oyoqsizlar (Apoda) va dumsizlar (Anupa yoki Ecaudata) kiradi.
Dumlilar turkumiga 300—350 ga yaqin tur, oyoqsizlar tur kumiga 60—80 ga yaqin tur va dumsizlar turkumiga 2000— 2100 dan ortiq tur kiradi.
Mustaqil davlatlar hamdo‘stligida amfibiyalar sinfining dum lilar va dumsizlar turkumlariga 30 dan ortiq tur kiradi. Oyoq sizlar turkumi vakillari MDHda uchramaydi.
O'zbekistonda amfibiyalar sinfidan faqat dumsizlar turku miga kiruvchi 2 ta tur, ya’ni ko‘l baqasi (Rana ridibunda) va yashil qurbaqa (Bufo viridis) uchraydi.
Laboratoriya mashg‘ulotida 0 ‘zbekistonda tarqalgan am fibiyalar sinfining dumsizlar turkumiga kiruvchi ko‘l baqasi va yashil qurbaqaning oilalari va urug‘lari aniqlagichlar aso sida o'rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |