* 4 8
baliqlarda embrional rivojlanish davrida ichakning orqa to monida bo'rtma sifatida hosil boigan suzgich pufagi bor va u muhim gidrostatik organ hisoblanadi. Suyakli buliqlarda ota- lanish tashqi. Tuxumi (ikrasi) mayda, shox moddali qobig'i yo'q. Suyakli baliqlarning 90 foizdan ko'prog'i shuia qanot- lilar kenja sinfiga kiradi. Suyaldi baliqlarning ko'pchiligida og'zi boshining oldingi qismida joylashgan, rostrumi yo'q. Dum suzgich qanoti gomotserkal tipda. Juft suzgich qanotlari tanasiga nisbatan vertikal joylashgan. Tanasi suyakli tanga- chalar bilan qoplangan va u yupqa plastinkadan iborat boiib, cherepitsasimon bir-birining ustida yotadi. Kloakasi yo'q. Icha- gida spiralsimon klapanlari yo'q, uning o'rniga ko'pchilik suyak li baliqlar ichagida ko'r (pilorik) o'simtalar paydo boigan. Tog'ayli baliqlar yuragidagi arterial konus o'rniga suyakli baliqlarda aorta piyozchasi paydo boigan.
Laboratoriya mashg'ulotida tirik yoki formalin (spirt) erit- masida fiksatsiya qilingan zog'ora baliqning (zog'ora baliq bo'lmasa, do'ng peshona yoki oq amur balig'i misolida o'rgansa ham boiadi) tashqi tuzilishi o'rganiladi. Fiksatsiya qilingan baliqning tashqi tuzilishini o'rganishdan oldin uni bir necha soat suvda yuvib, formalin hidi yo'qotiladi. So'ngra baliqni suvli, kengroq idishga solib, uning gavda shakli, rangi, tan gacha qoplamining joylashishi, gavdasining bosh, tana va dum qismlarining qo'shilib ketganligi va tanasining ikki yon to mondan siqiqligini e’tibor berib ko'rib chiqing. Boshida, ta- nasida va dum qismida joylashgan organlarini toping. Yangi tutilgan tirik baliq terisi shilimshiq modda bilan qoplanganligi tufayli, uni kaftda ushlab turish oson boimasligini bilsa boiadi. Quyida suyakli baliqlarning tashqi tuzilishi bilan tanishasiz.
Tashqi tuzilishi. Suyakli baliqlar gavdasining shakli har
xil boiadi. Zog'ora baliqning ustki ensa boiimi yon tomon- laridan birmuncha qisilib do'nglik (bo'rtma) hosil boigan. Tananing qolgan qismi dum qismining oldingi chegarasigacha
bir xil kenglikda bo‘lib, keyin sekin-asta torayib, dum qismiga aylanadi. Boshining ikki yon tomonida jabra qopqoqlari joy lashgan boiib (27-rasm), ularning keyingi qirralari bosh bilan tana boiimlari o‘rtasidagi chegara hisoblanadi.
Orqa chiqaruv teshigi dum boiimining oldingi chegara- sidir. Orqa chiqaruv (anal) teshigining bevosita orqa tomoniga o'rnashgan siydik-tanosil so'rg'ichida jinsiy teshigi va uning orqasida siydik teshigi ochiladi. Ko'krak juft suzgich qanot lari, barcha baliqlardagiga o'xshash gavdaning ikki yonida jabra yoriqlari orqasida, qorin juft suzgich qanotlari esa tana boiimining qorin qismi o'rtasida o'rnashgan. Toq suzgich qa notlar bittadan. Ular orqa, dum va orqa chiqaruv (anal) suz gich qanotlaridan iborat. Orqa va anal suzgichlarining oldida tishli bittadan qattiq suyak nurlari boiadi. Zog'ora baliqning tanasi sarg'ish tillasimon suyak tangachalar bilan qoplangan. Suyak tangachalar cherepitsalar kabi bir-birining ustida to'g'ri qator boiib joylashgan. Har qaysi tangacha birmuncha yu- maloqlangan yupqa plastinkadan iborat boiib, oldingi asosiy qismi (qirrasi) teri ichiga kirib turadi, qolgan tashqi cheti esa tekis boiadi. Bunday tangacha sikloid tangacha deb atala di. Zog'ora baliq tanasining boshidan to dum suzgich qanoti- gacha to'g'ri yon chizig‘i o'tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |