Orqa miya (medulla spinalis)
Orqa miya ( medulla spinalis ) umurtqa pog’onasi kanali shida joylashib, 41-45 sm uzunlikka ega, 31-32 juft oldingi va shuncha orqa shoxlari bo’ladi. Orqa miyaning oldingi va orqa shoxlarining o’zaro anatomik va funktcional bog’liq bo’lgan qismlari segmentlar deb ataladi. Birinchi 8 segment orqa miyaning bo’yin qismini tashkil qiladi. Ko’krak bo’limi 12 segmentdan, bel va dumg’aza bo’limlari esa har biri 5 ta segmentdan iborat. Oxirgi 1-2 segment dum bo’limini hosil qiladi.
Orqa miyaning tuzilishi. Orqa miyaning ko’ndalang kesimida yu q m o d d a ( substantia alba ) va uning markazida kapalak shak-lini eslatuvchi kulrang modda ( substantia grisea ) joy-dashgan (107-rasm).
Kulrang moddaning shakli orqa miyaning turli bo’limlarida o’zgaradi. Orqa miya ko’ndalang kesimining har bir yarmida oldingi ( cornu ventral is ) .va orqa ( cornu dorsalis ) shoxlar, 8-bo’yin va 3-bel segmentlari sohasida esa yon shoxlar ( ccrnu Iateralis ) tafovut etiladi.
Orqa miyaning kulrang moddasi nerv hujayralaridan, mielinsiz va nozik mielinli tolalardan hamda neyrogliyadan iborat. Kulrang modda neyritlari orqa miyadan chiqib ketuvchi oldingi shoxlardagi mul’tipolyar ildizcha hujayralari (neurocytus radicularis), o’simtalari kulrang moddadan chiqmasdan sinapslar hosil qilib tugallanuvchi ichki hujayralar ( neurocytus internus ) va aksonlari orqa miyaning boshqa segmentlari oq moddasiga va bosh miyaning ayrim joylari tomon yo’naluvchi o’tkazuv yo’lini hosil qilgan tutamli hujayralardan ( neurocytus funicularis ) iborat. SHunday qilib, mul’tipolyar nerv hujayralari kulrang moddaning tar-kibiy qismidir.
Orqa miya
1 - yumshoq parda; 2-orqa mnya oraliq tusig’i; 3 - oq modda. 4 - markaziy nay; 5 - orqa shox; 6 - oldingi shox; 7 - mul’tipolyar Oki harakatlantiruvchi nerv hujayralari; 8 -• kul-rang modda, 9 - oldingi oraliq yoriq.
Orqa shoxlar joylashgan erda orqa miyaga periferiyadan turli impul’slar olib keluvchi orqa ildizcha kiradi. Orqa shox-larda ta’sirni o’tkazishga tegishli bo’lgan hujayra tanalari joylashgan. Orqa miyaning oldingi shoxlarida esa periferik harakat neyronlarining tanalari bo’lgan yirik hujayralar joylashgan. Bu hujayralarning aksonlari oldingi ildizchani hosil qiladi. Oldingi ildizchaning tarkibiga tanalari orqa miyaning yon shoxlarida joylashgan vegetativ neyronlarning ak-sonlari ham kiradi.
SHunday qilib, orqa ildizchalar sezish vazifasini bajaruvchi nerv tolalari tutamlaridan iborat. Oldingi ildizchalar aso-san harakatlantiruvchi bo’lib, ularning tarkibiga ham vegetativ tolalar kiradi.
Orqa shoxda g’ovak qavat, jelatinasimon modda, orqa shoxning xususiy yadrosi va dorsal yoki Qlark yadrolari farq qilinadi.
G’ovak qavat glial sinch bo’lib, unda ko’p miqdorda mayda tutamli hujayralar bor.
Jelatinasimon moddada nerv hujayralari kam bo’lib, gliotcitlar ko’proq bo’ladi.
Orqa shoxning xususiy yadrosi tutamli hujayralardan iborag bo’lib, ularning aksonlari orqa miyaning qarama-qarshi tomoniga o’tib, u erda orqa miya-miyacha va orqa miya-talamik yo’l hosil qilib miyachaga va ko’ruv do’mboqchasiga qarab ketadi.
Orqa miya mul’tipolyar nerv hujayralari. Kumush nitryat tuzi bilan im. prsgpatciya qilipgap. 06. 40, ok. 10. 1 - yadro; 2 - tcntoplazma; 3 - hujayra o’simtalari.
Dorsal (Klark) yadro yirik tutamli neyronlardan iborat bo’lib, ularning aksonlari shoxlangan dendritlari bilan kulrang moddani kesib o’tib oq modda yon tizimchasiga kiradi va dorsal orqa miya - miyacha o’tkazuv yo’li tarkibida miyachaga ko’tariladi (Fleming yo’li).
Orqa miyaning oraliq zonasida medial va lateral oraliq yadrolar joylashadi. Medial yadro neyronlarining neyrntlari ventral orqa miya-miyacha o’tkazuv yo’li tarkibiga kiradi. Lateral yadrolar esa yon shoxlarda joylashib assotciativ spmpa-tik neyronlar to’plamidan iborat. Ularning aksonlari oldingi ildizchalar tarkibida somatik-harakatlantiruvchi tolalar bilan birgalikda orqa miyadan chiqib, simpatik ustunning birikti-ruvchi shoxlari tarzida shakllanadi.
Oldingi shoxda eng yirik mul’tipolyar (100-140 mkm) neyronlar bor (108-rasm). Bu hujayralar yon shoxlardagi yadro-larning neyronlari kabi ildizcha hujayralar bo’lib, ularning neyritlari oldingi ildizchalar tolalarining asosiy massasini tashkil etadi. YAdrolar somatomotorlar markazlaridir. Oldingi shoxlarda medial va lateral gruppa harakat neyronlari farq kilinadi. Medial gruppa hujayralar tana va umurtqa pog’onasi mushaklarining ishini ta’minlaydi. Lateral g.ruppa hujayra,-
lari esa miyaning bo’yn va bel sohasidagi bo’rtmalarda joylash-gan bo’lib, qo’l hamda oyoq mushaklarini innervatciya qiladi. Faoliyati jihatidan barcha xarakat neyronlari yirik va mayda al’fa-motoneyronlarga va gamma-motoneyronlarga bo’linadi. yirik al’fa-motoneyronlar skelet mushaklarining keskin qis-qarishini, mayda al’fa-motoneyronlar esa ularning tonusini ta’minlaydi. Gamma-motoneyronlarning aksonlari nerv-mushak duklari tarkibiga kirib, mushak tolalarining sekin qisqari-shida ishtirok etadi.
Oq modda orqa miyada periferik qismda joylashib, mielin iarda bilan o’ralgan ko’tariluvchi va tushuvchi nerv tolalarining ayrim ustunchalaridan iborat. Orqa miyaning har bir yarmida 3 tadan ustunchalar bor: oldingi ustuncha orqa miyaning ol-dingi bo’ylama o’yig’i bilan oldingi shox orasida, yon u.stuncha esa oldingi va orqa shoxning orasida, orqa ustuncha esa orqa shox bilai orqa bo’ylama egatning orasida joylashgan.
Orqa miyaning o’tkazuvchi yo’llari orasida orqa miyaning xususiy apparati bo’lgan kalta o’tkazuvchi yo’llarni (ular orqa miyaning o’z segmentlari orasidagi aloqani ta’minlaydi) va orqa miyani bosh miya bilan bog’lovchi uzun o’tkazuvchi yo’llarni farq kilish mumkin. Utkazuvchi yo’llar anatomiya kursida batafsil
bayon etilgan.
Orqa miya kulrang moddasining asosini neyrogliyaning uzun va qisqa o’simtali astrotcitlari tashkil etadi. Oligodendrotcitlar nerv tolalarining qobig’ini hosil qilishda qatnashadi. Ependimotcitlar esa orqa miya suyuqligi oquvchi kanal devorini hosil qilib, shu suyuqlik miqdori va tarkibi doimiy bo’lishini ta’minlab turadi. Mikrogliotcitlar (makrofaglar) qon orqali kirgan monotcitlar hisobiga hosil bo’lib, kulrang va oq moddalarda bir tekisda joylashadi.
Orqa miyaning qon bilan ta’minlanishi. Orqa miya oldingi va orqa ildizchalar bilan kiradigan ildizcha arteriyalar orqali qon bilan ta’minlanadi. Oldingi katta ildizcha arteriyalari orqa miyaning oldingi yuzasida ko’tariluvchi va tushuvchi tarmoqlarga ajraladi. Oldingi ildizcha arteriyalar orqa miyaning 4/5 kismini, ya’ni kulrang moddaning oldingi, yon, qisman orqa shox-larini va oq moddaning orqa ustunchalaridan tashqari hamma qismlarini qon bilan ta’minlaydi. Orqa shoxlarning medial bo’limlari va orqa ustunchalari mayda orqa ildizcha arteriyalar hisobiga qon bilan ta’minlanadi. Orqa miyaning shoxlanuvchi arteriyalar sistemasi kapillyar to’r bilan tugallanadi. Bu erdan qon umurtqa kanalining venoz chigallariga quyiladi. Venoz kon esa umurtqa kanalidan ildizcha venalari orqali chiqib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |