Umumtexnika fanlari



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana12.12.2019
Hajmi0,8 Mb.
#29797
1   2   3   4
Bog'liq
boshqaruv pedagogikasi va etikasi


 

Muomala-axborot  jarayonidir.  Pedagog  bevosita  shaxslarga  muomalada 

uz  tarbiyalanuvchilari,  umuman,  jamoa  xakida,  undagi  ichki  jarayonlar  xakida 

goyat  xilma-xil  axborotga  ega  buladi  va  xokazo.  Pedagog  xam  uz  navbatida 

muomala  jarayonida  uz  tarbiyalanuvchilariga  maksadga  karatilgan  axborotni 

ma’lum kiladi.  

Pedagog  muomala  vositasi  orkali  kanday  axborot  olishini  karab  chikar 

ekanmiz,  talabaning shaxsi  xakidagi axborotning  muximligini aloxida ta’kidlab 

utish  kerak.  Muomala  shaxsni  goyat  xilma-xil  sharoit  va  kurinishlarda 

urgatishga  imkon  beradi.  Pedagog  talabalar  bilan  muomala  kilar  ekan  juda 

mayda  kismlarni  xam  anglab  olishga  kodir  buladi.  Bular  sirtdan  karaganda 

unchalik  axamiyatli  bulmasada,  shaxsda  sodir  bulayotgan,  uni  tushunish  uchun 



 

27 


juda  muxim  bulgan  zarur  ichki  jarayonlar  kurinishlarining  alomatlari  bulishi 

xam mumkin, bunda pedagog shaxsi kata rolь uynaydi. Ayni xil xodisaning turli 

kishilar tomonidan talkni uning shaxsning utmishdagi tajribasiga boglikligi bilan 

izoxlanadi,  bu  tajribaning  uch  jixati  bor:  umuman,  xayotiy  tajriba,  pedagogik 

faoliyat  tajribasi  va  muayyan  jamoa  bilan,  talabalar  bilan  muomalada  bulish 

tajribasi. 

Nixoyat,  pedagogning  talabalar  bilan  kundalik  muomalasi  shunga  olib 

keladiki,  u talabalarning  xatti-xarakatlaridagi  chukur  ma’no  va  xaqiqiy  sababni 

turli vaziyatlarda paykab oladi, buning uchun namuna sifatida u uzi tez-tez kayd 

kilgan  dalillardan  va  talabalarning  xulk-atvor  usullaridan  foydalanadi. 

Pedagogning  talabalar  bilan  muomalasi  tarbiyani  boshkarish  vositasida  sifatida 

karalib,  birlashtiruvchi  urnini  tuldiruvchi  vazifasini  xam  bajaradi.  Muomala 

uzaro munosabatlar doirasida sodir buladi. Boshkarish vositasi bulgan muomala 

faoliyatidan  oldin  sodir  buladi.  Boshkarish  vositasi  bulgan  muomala 

talabalarning  faoliyatiga  xamroxlik  kiladi.  Nixoyat,  boshkarish  vositasi  bulgan 

muomala faoliyatidan keyin boradi.  

 

Muomala  axlok  kurki  sanaladi.  Xar  bir  kishining  kanday  dunyokarashga 



egaligi,  bilimliligi  uning  muomalasidan  ma’lum  buladi.  Muomala  insonlar 

urtasidagi  uzaro  aloka  vositalaridir.  Muomalada  asosiy  vosita  til  hisoblanadi. 

Shuning  uchun  ham  til  aloka  kuroli  deyiladi.  Insonning  tili  shirin,  muomalasi 

madaniyatli  bulsa,  kiska  vakt  ichida  xalk  orasida  obru-e’tibor  topadi.  Suzga 

chechanlik xech kachon insonga obru keltirmaydi. Shuning uchun xam utmishda 

yashab  utgan  mutafakkirlarimiz  tilga,  suzga  xurmat  bilan  yondashishlarini 

uktirib  utganlar.  Ulug  bobomiz  Alisher  Navoiy  muomala  madaniyati, 

xushmuomalalik,  tilning  ahamiyati  tugrisida,  shirinsuzlik  xakida  nurxikmat 

fikrlar  bayon  kilganki,  bugungi  kunimiz  uchun  xam  uz  axamiyatini  yukotgan 

emas. «Til shirinligi kungilga yokimlidir, muloyimligi esa foydali Shirin suz sof 

kungillar  uchun  asal  kabi  totlidir»  deydi  A.Navoiy.  Pedagog  talabalalrga  bilim 

berish  uchun  bir  katorda  ular  nutkining  rivojlanishiga  ham  aloxida  axamiyat 

beradi va bunda u turli pedagogik usullardan foydalanadi. 


 

28 


Talabalar  nutkini  ustirishda  pedagog  (suzi)  muxim  axamiyatga  ega:  bir 

tomondan,  uning  nutki  talabani  ukitish  va  tafakkurini  rivojlantirishning  muxim 

omili  bulib  xisoblanadi.  Bundan  shunday  xulosa  kelib  chikadiki,  pedagogning 

nutki  obrazli,  chiroyli,  jarangdor,  namunali  bulmogi,  talaba  dikkatini  uziga 

tortmog’i  lozim.  Zotan  nutk  pedagogning  uz  mutaxassisligi  kay  darajala  loyik 

ekanligini  ifodalaydigan  ulchov,  kursatkich  xisoblanadi.  Shuning  uchun  nutk 

ustida  ishlash,  nutk  madaniyatini  takomillashtirib  borish  xar  bir  pedagogning 

eng  asosiy  ijtimoiy  burchi  va  mas’uliyati  xisoblanadi.  Ta’lim  –  tarbiya  ichida 

nutkning  ta’sir  kuchi  nixoyatda  kattadir.  Pedagogning  nutki  talabalarning 

uzlarini  tuta  bilishlariga,  xulk-atvori  va  fikr  yuritishlariga  xam  ta’sir  etuvchi 

kuchli  vositadir.  Pedagogning  nutkida  uning  xissi,  intilishlari  iroda  va  e’tikodi 

aks etadi. U nutk yordami bilan talabalarda xursandchilik, ruxlanish, muxabbat, 

sadokat,  gazablanish,  nafratlanish  xislarini  tugdiradi.  Xalk  bilan  birga  turish, 

birga  yashash  muosharat  deb  ataladi.  Odamlarning  bir-birlari  bilan  bulgan 

munosabatlarining 

guzalligi, 

muloyimligiga 

«Muosharat 

odobi» 

deyiladi.insonning eng ulug, lekin murakkab va mashakkatli faoliyatlaridan biri 



odamlar  orasida,  ya’ni  jamiyatda  uz  urnini  topib  yashashida.  Bu  faoliyatning 

murakkabligi  shundaki,  kupchilikka  kushilish,  ular  bilan  (alohida)  axil  bulib 

yashash  uchun  insonda  shunga  yarasha  muomala  va  munosabat  bulishi  kerak. 

Muomala va munosabat kupchilikning diliga tugri kelmaydigan kupol va dilozor 

odamni kupchilik yoktirmaydi. Insonlar xushfe’l, shirinsuxan, mard, muomalasi 

shirin kishilarni dildan yoktirishadi va xurmat-e’tibor kilishadi. Insonlar orasida 

munosib  urin  topish,  inok,  ittifok  yashash  shartlaridan  biri  odamning 

kamtarligidir. Kamtarin inson xech kachon uzining yutugi bilan, boy-davlatliligi 

bilan, ilm-xunari bilan maktanmaydi, xamma vakt kamgap, sodda buladi. Ammo 

insondagi kamtarlik samimiy bulmogi zarur.  

Suz  inson  kalbini  ilitadi,  suz  inson  kalbini  jaroxatlaydi.  «Tig  yarasi  ketar, 

suz  yarasi ketmas»  degan  xalk  makoli  bekorga aytilgan  emas.  CHunki suzning 

kudrati  benixoya  katta.  Inson  uz  suziga,  tiliga  nixoyatda  extiyotkor  bulmogi 

lozim.  Ayrim  yoshlarimizda  suzga,  tilga  e’tibor  ancha  sust.  Eng  avvalo, 



 

29 


yoshlarga  muomala  madaniyatini,  kattalar  oldida  maxmadonalik  kilmaslikni, 

kattalar  gapini  bulmaslikni,  yoshi  uluglarga  gap  kaytarmaslikni  urgatishimiz 

zarur.  

Muomala  madaniyati  xamma  joyda  kerak.  Ish  joyida,  transportda,  uyda 

shuning  uchun  xam  biz  kim  bilan  kanday  muomala  kilishni  bilishimiz  kerak. 

Insonning  kanchalik  bilimli,  akl-zakovatli  ekanligini  muomala  orkali  namoyon 

buladi.  

Odamlar  butun  ichki  dunyosini,  maksadini,  muomala  va  munosabatlarini 

bir-birlariga  suz  yordamida  etkazadi,  amalga  oshiradi.  Shu  tufayli  suzlashuv 

munosabatlarini nihoyatda guzal va muloyim bulishini xayot takozo etadi. Suzga 

boy,  shirinsuxan  kishilarning  muomalalari  yokimli,  ishi  ham  yurishgan  buladi. 

Bundaylarni  odamlar  yoktiradi,  hurmat  kiladi.  Suzlashuv  xam  uziga  xos 

san’atdir.  Bu  san’atni  mukammal  urganish  xar  bir  insonga  zarur.  Shu  bilan 

birga,  ona  tilini  mukammal  urganmok  xar  bir  insonning  mukaddas  burchidir. 

Tilni bilgach: uni ishlata bilish san’atini egallamok inson uchun zarurdir. 

Shirin  suzlik  va  guzal  nutk  xech  kachon,  xech  kaerda  sotilmaydi.  Bunga 

erishmoklikning birgina yuli bor. Bu xam bulsa, tinimsiz shirin suzlashni mashk 

kilmoklikdir.  Bu  esa,  asosan,  kup  kitob  ukish  yuli  bilan  amalga  oshiriladi. 

Muomala insonning kimligini kursatuvchi yuzidir.  

 

Muomala 



kategoriyasi 

umumiy 


psixologiya 

fanining 

asosiy 

kategoriyalaridan  biri  xisoblanib,  u  uz  ichiga  shaxslararo  munosabatning  eng 



muxim mexanizmlarini kamrab olgan. Psixologiya fanida muomala kategoriyasi 

keng  alokani  mujassamlashtirib,  odamlar  urtasida  uzaro  munosabatni  aks 

ettiradi. Muomalaning eng muxim tarkifi mulokot sanalib, motivatsiyada motiv 

kanday  axamiyat  kasb  etsa,  u  xam  xuddi  shunday  muxim  rolь  uynaydi. 

Muomala  xamkorlik  faoliyatining  extiyojidan  vujudga  kelib  kup  kirralari 

jarayonidir. Muomala kuyidagi tarkibiy kismlardan tashkil topgan.  

1.  Kommunikativ (bir tomonlama axborot uzatish). 

2. Muomala uz ichiga xamkorlik faoliyatining katnashchilari bilan uzaro axborot 

almashinuvini  kamrab  olgan  bulib,  kommunikativ  jabxa  sifatida  tavsiflanishi 


 

30 


mumkin. 

Odamlar 


bir-birlari 

bilan 


mulokotga 

kirishishi 

jarayonida 

muomalaninig  muxim  vositalaridan  biri  tilga  va  nutk  faoliyatiga  bevosita 

murojat kiladilar. 

3.  Interfaol  (ikki  tomonlama  ta’sir)  -mulokotga  kirishuvchilarni  uzaro  ta’siri, 

ularning nutk faoliyatida nafakat suz orkali fikr almashinuvi, balki xatti xarakati 

va xulk- atvori uzaro ta’sir utkazish tushuniladi. 

4. Uzaro bir-birini idrok kilishi, anglashi. Bunda mulokotga kirishuvchilar uzaro 

bir-birini  idrok  kilishi  jarayoni  namoyon  buladi.  YA’ni,  ulardan  biri 

ikkinchisining  ishonchiga  loyik  aklli,  farosatli,  tajribali,  yuksak  tayyorgarlikka 

ega inson sifatida idrok kilinadi. 

 

Pedagogik  muomala-  bu  pedagogning  talabaga  ta’sir  utkazish  ularning 



bir-birlari bilan xamkorliklarining faoliyatidir. 

 

Xamkorlik  uzaro  axborot  almashinuvi  -turlicha  kommunikativ  vositalar 



yordamida pedagog tomonidan talabalar bilan uzaro munosabatni tashkil kiladi. 

Pedagogik  faoliyatda  muomala  muayyan  dastur  asosida  maksadni  amalga 

oshirish, rejalashtirish va utkazish funktsiyasini bajaradi. YA’ni muomala: 

 

-Ukuv faoliyatini yakka xol bajarishning vositasi; 



 

-Tarbiya jarayonini ta’minlashning ijtimoii-psixologik tizimi; 

 

-Ta’lim  va  tarbiyaning  muvaffakiyatini  ta’minlovchi  pedagog  bilan 



talabalar uzaro munosabatining muayyan tizimini tashkil kilishnipg usuli; 

 

-Talaba  individualligini  takomillashtirish,  iste’dodini  karor  topshirish 



imkonini beruvchi jarayon sifatida xizmat kiladi. 

 

Muallim pedagogik jarayonda etakchi kishidir. Unga yosh avlodni ukitish 



va  tarbiyalash  vazifasi  yuklatilgan.  Shuning  uchun  xam  pedagogga,  uning 

axlokiy sifatlariga talabalar bilan muomalasiga nisbatan aloxida yuksak talablar 

kuyiladi.  Muallim  xayotga  endigina  kirib  kelayotgan,  barkamol  shaxs  sifatida 

shakllanayotgan  insonlar  -yosh  talabalar  bplap  mulokotda  buladi.  Talabalar 

ta’lim-tarbiya jarayonida umuminsoiiy va milliy axlok normalarini uzlashtiradi. 

Talaba  muomala  odobini  agosan  pedagog  timsolida  anglab  oladi.  Pedagoglar 

jamoasida  pedagoglar  urtasidagi  muomala-munosabatlar  insonparvarlik, 


 

31 


ixtiyoriylik  tamoyillariga  asoslanadi.  Ular  odatda,  ikki  xil  bulib,  biri-rasmny, 

ikkinchisi-norasmiy 

muomala 

deyiladi. 

Rasmiy 

muomala-munosabatlar 



Uzbekistan  Respublikasining  konunlari,  direktiv  xujjatlariga  asoslanadi. 

Norasmiy  muomala  pedagogik  etikaning  konuniyatlariga  asoslanadi  va 

jamoaning  xar  bir  a’zosi  tomonidan  ixtiyoriy  ravishda  bajariladi.  Muomala 

odobi psixologik konuniyatlar, odob normalari, koidalarida talablari pedagoglar 

jamoasining fikri asosida bajariladi. Eshlarga ta’lim-tarbiya berish bir kishining 

ishi  emas.  Uni  pedagoglar  jamoasi  bajaradi.  Ta’lim-tarbiyada  kuzda  tutilgan 

maksadga  erishish  uchun  ukuv  yurti  butun  jamoasi,  »xamma  pedagoglari 

birlashib  xarakat  kilishlari  lozim.  Xar  bir  muallimning  xatti-xarakati,  xulki, 

muomalasi  pedagoglar  jamoasining  maksadi  talablariga  mos  bulmogi  kerak. 

Jamoaning ayrim pedagogga ta’siri pedagoglar jamoasida shakllangan muomala 

odobi  munosabatlariga  bog-lik.  Xar  bir  talabaning  tarbiyasi  uchun 

ma’suliyatning  birligi  pedagoglar  jamoasining  talabaga  nisbatan  talablaridan 

biridir.  Darsda  talabalarning  intizomi  pedagogik  jamoadagi  muomala  odobi 

axlokiy  munosabatlar  darajasini  kursatadi.  Kollejda  ukuv  intizomini  saklash 

butun pedagoglar jamoasining ishi.   Pedagoglar  jamoasida  uzaro  yordam  va 

ishonchning  mavjudligi  muomala  odobiga  amal  kilishning  muxim  shartidir. 

Muomala 

odobiga 


rioya 

kilish 


pedagoglar 

jamoasining 

maksadiga 

pedagoglarning axlokiy saviyasiga borlik. Pedagoglar jamoasida uzaro muomala 

munosabatlar  ukuv-tarbiya  jarayonini  takomillashtirishga  mas’uliyat  va 

intizomni  saklashga  asoslanadi.  Pedagogik  jamoada  soglom  akliy-ruxiy  muxit 

mavjud bulsa, axlokiy norma va yul-yuriklar bajarilibgina kolmasdan, balki ular 

xar bir muallimning e’tikodiga , odatiga aylanadi. Pedagoglar jamoasining shaxe 

va  jamoa  uchun  foydali  ishlariga  asoslangan  ta’siri  natijasida  muallimning 

ma’naviy kiyofasida chukur sifat uzgarishlar sodir buladi.  

Ijtimoiy  burchni 

tugri  anglash,  xulkini  tugri  baxolay  olish  odati  shakllanadi.  Jamoada  uzaro 

muomala  yaxshilanadi.  Muomala  jarayonida  uning  maksadga  muvofik  amalga 

oshirishni  ta’minlash  uchun  ijtimriy  nazorat  va  ijtimoiy  konun-koidalar  muxim 

axamiyatga  ega.  Bu  nazoratda  uchta  muxim  ta’sir  etish  vositasi  ishtirok  etadi: 


 

32 


ma’kullamaslik, koralash, jazolash. 

 

Muomala  jarayonida  talaba  yoki  talaba  xulki  ijtimoiy  konun-koidalar 



maromiga  zid  kelsa,  u  xolla  uning  xatti-xarakati  koralanadi,  e’tiroz,  tanbex, 

eslatish  kabi  vositalar  bilan  ta’sir  utkaziladi.  Muomala  vaktida  odob,  odoblilik 

muxim axamiyatga ega. Uning asosiy vazifalari: axborot almashuv, uzaro ta’sir, 

uzaro  idrok  kilish,  turri  amalga  oshishini  idora  kilib  turadi.  Xar  bir  fikr 

bildirilganda,  mulokotdosh  kabul  kllayotganini  faxmlab  turish,  tashki 

kurinishlari  uzgarishiga  e’tibor  berish,  uzr  surash  tavoze  bilan  murojat  kilish 

evaziga  muomala  odobi  ushlab  turiladi.  Muomala  jarayonida  ba’zi  bir  xatti-

xarakat  uylamay  bildirilgan  fikr,  ortikcha  imo-ishora  odobsizlikka  olib  keladi. 

Odobsizlik  esa  nizoli  vaziyat,  karama-karshilik,  ziddiyatli  vaziyatni  keltirib 

chikaradi.  Buning  natijasida  muomala  fikr  almashuv  uzini  vazifasini  nizoli 

vaziyatga  bushatib  beradi.  Pedagogik  muomalada  psixologik  aloka  urnatish 

aloxida  axamiyatga  ega,  chunki  talaba  bilan  uzaro  munosaoat,  xurmat  ishonch 

negizida kuriladi. 

 

Bunda  pedagog  talabaning  xykuk  majburiyatini,  uning  kollejda,  jamoat 



joylarida,  oilada  bajaradigan  vazifasi  nimadan  iborat  ekanligini  e’tibordan 

chetga chikarmasligi lozim. 

 

Pedagogning  talabalarga  ta’sir  utkazish  samarasi  uning  printsipialligi  va 



talabchanligida  uz  aksini  topadi.  Bundan  tashkari  u  uziga  xam  uta  talabchan 

bulmogi, shaxsiy namunasi bilan tabiiy ravishda obru-e’tibor kozonmogi lozim. 

Muomala  jarayonida  va  xamkorlik  faoliyatida  pedagogning  talabalarga  ta’sir 

utkazish natijasida ularda: , 

-uz-uzini va uzgalarni xurmat kilish; 

-uz-uzini va boshkalarning faoliyati, xulkini baxolash; 

-uz-uzini boshkarish; 

-uz-uzini nazorat va uzgalarni nazorat kilish; 

-uz -uzini takomillashtirish va yangi fazilatlarni egallash shakllanadi. 

 

Dustona  muomalada  talaba  bilan  pedagog  urtasidagi  bilimlarni  puxta 



uzlashtirishni  ta’minlaydi  va  mukammal  shaxsiy  fazilatlarni  tarkib  toptirishga 

 

33 


xizmat kiladi. "  

 

Pedagogik  jarayonda  sodir.  buladigan  muomala  odobi,  muallimning 



axlokiy madaniyati, tarbiyalanshnlik darajasi aks etadi. Muallimning pedagogik 

kasb  egasi  sifatida  uziga,  uz  kasbiga  talabalarga  bulgan  munosabati  uning 

mulokotida  yakkol  namoyon  bulishi  mumkin.  Pedagogik  jarayondagi  alokalar 

tizimida  pedagog  bilan  talaba  urtasidagi  muomala  munosabatlar  katta  urin 

egadlaydi.  Pedagoglar  jamoasida  ijodkorlik  muxiti  muomala  odobining 

shakllanishida  jamoat  tashkilotlarining  roli  kattadir.  Ular  muallimning  obrusini 

oshirish  jamoat  ishlariga  faol  katnashtirish  yuli  bilan  pedagogning  axlokiy 

pedagogik madaniyati, ma’suliyati oshirishiga kumaklashadi.  

 

3. Boshqaruvni ilmiy-asosda tashkil etishning pedagogik etikaviy talablari va 

ularni rivojlantirishning omillari 

Xozirgi  tadkikotlarda  pedagogik  maxoratning  uziga  xosligi  kuyidagi 

kategoriyalarda jamlanadi: 

· Pedagogik maxorat

· Pedagogik ijod

· Novatorlik

· Kasbiy bilmdonlik; 

· Faoliyat uslubi

· Innovatsion faoliyat

· Pedagogik texnologiya

· Maxorat. 

Pedagogik texnikaning asosiy tarkibiy kismlari 

- nuto’ texnikasi 

- mimika, pantomimika 

- Ma’noli o’araSh 

- xissiy psixik xolat 

- kayfiyat va istexzoli tabassum 

- savodli gapirish 



 

34 


-Anik imo-ishora 

Pedagogik nazokat 

Pedagogik  nazokat  me’yor  tuygusi  uz  talabalari  bilan  tugri  munosabatda  amal 

kilishdir.  

Pedagogik  nazokatning  asoslari  deb,  bir  kolipdagi  fikrlar  (barkaror  tasavvurlar) 

ijtimoiy  yul-yuriklar  va  Shaxsiy  xislatlar  jamini  aytish  mumkin,  ular 

Pedagogning talabalar bilan muomalasi soxasidagi xulk-atvorini belgilab beradi. 

Pedagogning tarbiyachilik maxorati. Islom Karimov: “Dunyoda har qaysi Kasb-

xunarning    uziga  xos  urni,  ahamiyati  va  qadr-qimmati  bor.  Ammo  ularping 

orasida Eng ulug’ va Sharaflisi bu - uqituvchilik Kasbidir” 

Inson  paydo  bo’libdiki,  tarbiya  jarayoni  mavjud,  tarbiya  paydo  bo’lgan 

vaqtdan beri pedagoglik faoliyati uzluksiz davom etib kelmoqda. O’qituvchilik, 

tarbiyachilik kasbi barcha  ijtimoiy  tuzumlarda  Sharafli  hamda  o’ta  mas’uliyatli 

qiyin va murakkab kasb xisoblangan. 

Mustaqil O’zbekistonimizda uzluksiz ta’lim tizimini islox qilinishi, yangi ta’lim 

standartlari asosida ta’lim va tarbiya jarayonini qayta taShkil etishga kirishilgan 

xozirgi  kunda  o’qituvchi  faoliyatiga,  uning  pedagogik  maxoratiga  aloxida 

e’tibor berilmoqda.  

Prezidentimiz  Islom  Karimov  ta’kidlaganidek:  «Tarbiyachilarning  o’ziga 

zamonaviy  bilim  berish,  ularning  ma’lumotini,  malakasini  oshirish  kabi 

paysalga  solib  bo’lmaydigan  dolzarb  masalaga  duch  kelmoqdamiz.  Mening 

fikrimcha,  ta’lim-tarbiya  tizimini  o’zgartirishdagi  asosiy  muammo  ham  mana 

Shu  erda.  O’qituvchi  bolalarimizga  zamonaviy  bilim  bersin,  deb  talab  qilamiz. 

Ammo  zamnaviy  bilim  berish  uchun  avvalo,  murabbiyning  o’zi  ana  Shunday 

bilimga ega bo’lishi kerak». 

Mamlakatimizda  «Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»ni  bosqichma-

bosqich  muvaffaqiyatli  amalga  oshirish  ko’p  jixatdan  o’qituvchi  faoliyatiga, 

uning  kasbiy  nufuzini  oshirishga  bog’liqdir.  Shunday  ekan,  sog’lom,  xar 

tomonlama  barkamol  avlodni  etishtirish  uzluksiz  ta’lim  tizimida  mexnat 

qilayotgan  pedagogning  saviyasiga,  tayyorgarligiga  va  fidoyiligiga,  Yosh 



 

35 


avlodni  o’qitish  va  tarbiyalash  ishiga  bo’lgan  munosabatiga  bog’liqdir. 

O’qituvchi  jamiyatning  ijtimoiy  topShirig’ini  bajaradi,  Shunday  ekan,  xar 

tomonlama  etuk  mutaxassislarni  tayyorlashda  o’qituvchi  muayyan  ijtimoiy-

siyosiy,  pedagogik  va  Shaxsiy  savollarga  javob  berishi  lozim.  Shunday  ekan, 

o’qituvchi  mustaqillik  g’oyasiga  e’tiqodi,  xar  tomonlama  rivojlangan  ilmiy 

tafakkuri,  kasbiga  tegishli  ma’lumoti,  ya’ni  o’z  fanining  chuqur  bilimdoni, 

pedagogik  muloqot  ustasi,  pedagogik-psixologik  va  uslubiy  bilim  va 

malakalarni egallagan bo’lishi hamda turli pedagogik vaziyatlarni tezda sezishi, 

o’rganishi va baxolay olishi. Pedagogik ta’sir ko’rsatishning eng maqbul usul va 

vositalarni tanlay olish qobiliyatiga ega bo’lishi lozim.  

Mustaqil  O’zbekistonning  kelajagi  bo’lgan  sog’lom  avlodni  tarbiyalash  nozik, 

nixoyatda  katta  diqqat-e’tiborni  talab  qiladigan,  ichki  ziddiyatli  jarayondir. 

Shunday  ekan,  o’qituvchi  talabaning  Shakllanish  jarayonini  zo’r  xavas  va 

sinchkovlik  bilan  kuzatishi  lozim.  U  pedagogik  jarayonni  boshqarar  ekan, 

pedagogik  bilim  va  maxorat  egasi  bo’lishi  lozim.  Shundagina  o’qituvchi 

pedagogik  xodisalarning  moxiyati  va  dialektikasini,  pedagogik  mexnat  metodi, 

kasb 

va 


texnologiyasini, 

professional 

pedagogik 

maxoratni 

egallay 

oladi.Pedagogik bilim va maxorat egasi bo’lgan o’qituvchi avval, «Pedagogika» 

fanining  metodologik  asoslarini,  Shaxs  rivojlanishining  qonuniyatlarini  va 

omillarini,  kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturining  moxiyatini,  maqsad  va 

vazifalarini  bilishi  darkor.  Ta’lim  tizimida  mexnat  qilayotgan  pedagoglarning 

ko’pchiligi  ta’lim  va  tarbiya  jarayonida  pedagogik  maxoratning  zaruriyati  va 

ahamiyatini  chuqur  anglamoqdalar.Shu  sababli  ular  o’z  maxoratlarini  uzluksiz 

oshira  borishga,  xozirgi  kunning  yuksak  talablariga  mos  zamonaviy  bilim  va 

tajribalarni  o’zlashtirishga,  ijodiy  mexnat  qilishga  intilmoqdalar.  Ammo  Shuni 

e’tirof etish kerakki, o’quv yurtlarida ayrim pedagoglar o’z maxoratlarini oshira 

borishning  ahamiyatini  etarli  darajada  xis  qilmaydilar,  «Ta’lim  to’g’risida»gi 

Qonun,  «Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»  talablarini  chuqurroq  o’rganishga 

qiziqmaydilar,  o’quv  jarayonining  ilmiyligiga,  zamon  talablariga  mosligiga, 

turmuSh,  amaliyot  bilan  bog’lanishiga  yuzaki  qaraydilar,  o’qitilayotgan  o’quv 



 

36 


fanlarining  ilmiy  va  g’oyaviy  birligini  doimo  esda  tutmaydilar.  Bu  esa  ular 

qo’lida  ta’lim  olayotgan  talabalarning  bilim  darajasi  va  saviyasinining  etarli 

emasligiga,  o’quv  dasturlarini  o’zlashtirishdan  orqada  qolishlariga  sabab 

bo’lmoqdalar.Uzluksiz ta’lim tizimini amalga oshirish jarayonida Yosh avlodni 

ko’ngildagidek  o’qitish  va  tarbiyalash  xaqida  gap  borar  ekan,  bu  g’oyat 

murakkab  va  ko’p  qirrali  vazifani  faqat  malakali  pedagogik  maxoratga  ega 

bo’lgan  o’qituvchi  kadrlar  bilan  amalga  oshirish  mumkin.  Shunday  ekan, 

o’qituvchilik  katta  san’atdir.  Bu  san’atga  u  yoki  bu  pedagog  osongina,  o’z-

o’zidan  erisha  olmaydi.  Buning  uchun  o’qituvchilik  kasbiga,  ya’ni  sog’lom 

avlodning chinakam murabbiy bo’lishga xavasi, ishtiyoqi zo’r, zamon talablarini 

tez  va  chuqur  tuShunadigan,  o’zining  ilmiy,  ijtimoiy-siyosiy  saviyasini, 

pedagogik  maxoratini  izchillik  bilan  amalga  oshirib  boruvchi,  mustaqillik 

g’oyasi  va  mafkurasi  bilan  puxta  qurollantirgan,  xaqiqiy  vatanparvar  va 

mexnatsevar  kishilargina  erisha  oladilar.Pedagogik  maxorat  tug’ma  talant  yoki 

nasldan-naslga  o’tuvchi  xususiyat  emas,  balki  izlanish,  ijodiy  mexnat 

maxsulidir.  Bu  ko’p  qirrali  pedagogik  faoliyat  zaminida  ijodiy  mexnat  yotadi. 

Shuning  uchun  ham  pedagogik  maxorat  hamma  o’qituvchilar  uchun  standart, 

ya’ni  bir  qolipdagi  ish  usuli  emas,  balki  u  xar  bir  o’qituvchining  o’z  ustida 

ishlashi,  ijodiy  mexnati  jarayonida  taShkil  topadi  va  rivojlanadi.Bu  jarayonda 

ilg’or  o’qituvchining  pedagogik  maxorati  va  tajribalarini  boshqa  o’qituvchi 

o’rganishi,  undan  ijodiy  foydalanishi  va  o’z  faoliyatini  ilg’or  tajribalar  bilan 

boyitishi  zarur.  O’qituvchining  pedagogik  maxorati  asosan  auditoriya 

maShg’ulotarida  yaqqol  ko’rinadi.  CHunki  o’quv  maShg’ulotlari  o’zining 

mazmun va moxiyatiga ko’ra o’qituvchining o’quv yurtidagi asosiy ishidir. Shu 

sababli  u  ilmiy,  g’oyaviy  va  ommabop  bo’lishi,  turmuSh  bilan  talabalarning 

tayyorgarlik darajasi bilan bog’lanishi zarur. 

Ta’lim  jarayonida  o’qituvchi  bilan  talabalar  o’rtasida  o’zaro  jonli  til,  fikr 

oliShuv,  samimiy  munosabat,  xurmat,  asosiy  maqsadga  erishida  hamkorlik 

lozim.  Mazmuni  sayoz,  amaliy  tajribadan,  turmuShdan  ajralib  qolgan,  umumiy 

so’z  va  quruq  nasixatgo’ylikdan  iborat  bo’lgan,  rasmiyat  uchun  yuzaki 



 

37 


o’tkaziladigan  dars  ma’ruza  va  boshqa  o’quv  maShg’ulotlari  talabalarni 

qiziqtirmaydi,  ularni  ilmiy,  g’oyaviy  jixatdan  etarli  oziqlantirmaydi.  Shunday 

ekan,  o’quv  maShg’ulotlarini  Shunday  taShkil  etish  kerakki,  uning  ta’sirida 

talabalarda  Shu  fanga  nisbatan  turli  qaraShlar,  ilmiy  tafakkur  va  e’tiqodlar 

vujudga kelishi va Shakllanishi darkor. 

Ta’lim  va  tarbiya  jarayoni  ta’sirchanligining  yanada  yuksak  bo’lishi,  aavlo, 

o’qituvchining  ilmiy  saloxiyatiga,  Yoshlar  oldidagi  obro’siga,  Shaxsiy 

sifatlariga,  ilmiy  iste’dodiga,  ta’lim  soxasidagi  tajriba  va  maxorati  hamda 

talabalar bilan o’rnatilgan do’stona munosabatiga bog’liqdir. 

Davlatimiz  raxbari  I.A.Karimov  Davlat  va  jamiyat  qurilishi  Akademiyasining 

ochilishi  marosimida  so’zlagan  nutqida  :  «Birovni  o’qitadigan,  tarbiya 


Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish