Navoiy viloyati xalq ta’limi
boshqarma boshlig‘ining
__________________
___ - son buyrug‘iga
- ILOVA
Umumta’lim muassasalaridagi informatika fani o‘qituvchilari o‘rtasida onlayn
tartibda o’tkaziladigan viloyat fan olimpiadasini o‘tkazish
tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I.
Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilarini
dasturlash tillari (PYTHON va C++) bo‘yicha malaka ko‘nikmalarini shakllantirishni
samarali tashkil etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2021-
yil 2-apreldagi 03-03/1-437-sonli xati “PYTHON” dasturlash tili hamda 2021-yil 10-
noyabr 367-sonli qaroriga asosan Informatika va axborot texnologiyalari fani
o’qituvchilarini dasturlash tillari (Scratch va C++) bo‘yicha malaka ko’nikmalarini
shakllantirishni samarali tashkil etish to‘g‘risidagi buyurug‘ini ijrosini ta’minlash
maqsadida o‘qituvchilar o‘rtasida viloyat fan olimpiadasini (keyingi o‘rinlarda Olimpiada
deb yuritiladi)
tashkil etish, o‘tkazish hamda unda qatnashish va olimpiada g‘oliblarini
aniqlash tartibini belgilaydi.
II. Olimpiadaning maqsad va vazifalari
2.
Olimpiadaning
asosiy
maqsadi
ta’lim-tarbiya
jarayonida
axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha iqtidorli hamda qobiliyatli
o‘qituvchilarni
aniqlash, o‘qituvchilarni dasturlashga bo‘lgan
qiziqishlarini rivojlantirish,
ilmiy bilimlarini yosh ustozlar o‘rtasida keng tarqalishi va ommalashishiga olib kelishi,
dasturchilik sohasida qiziquvchi o‘qituvchilarni bilim, malaka va ko‘nikmalarini oshirish
va intellektual rivojlanishlarini qo‘llab-quvvatlash, ulardagi iste’dod
va qobiliyatlarni
yanada rivojlantirishdan iboratdir.
3. Olimpiadaning asosiy vazifalari:
O‘qituvchilarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan ta’lim jarayonida
samarali foydalanishga erishish va o‘quvchilarni zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan
samarali foydalanishga, dasturchilik
kasbiga qiziqtirish;
ta’lim jarayoni sifatini oshirish va mazmunan boyitishga qaratilgan axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha iqtidorli hamda qobiliyatli
o‘qituvchilarni aniqlash, o‘qituvchilarni dasturlashga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirish,
ilmiy bilimlarini yosh ustozlar o‘rtasida keng tarqalishi va ommalashishiga olib kelishi,
dasturchi mutaxassislarini yaratish va targ‘ibot qilishni jalb etish;
III.
Olimpiada ishtirokchilari
4. Olimpiadaga umumta’lim, ixtisoslashtirilgan umumta’lim va maxsus ta’lim
muassasalarining informatika fani o‘qituvchilari ishtirok etish huquqiga ega.
IV.
Olimpiadaga qo‘yilgan talablar
5. Olimpiada masalalarini faqatgina PYTHON va C++ dasturlash tillarida
ishlanadi.
V. Olimpiadani o‘tkazish bosqichi va tartibi
6. Olimpiadani tashkil etish bir bosqichda:
Olimpiada onlayn tartibda bo‘ladi.
https://contest.yandex.ru/contest/34379/standings/
ushbu havola orqali o‘tkaziladi.
Barcha ishtirokchilar 2022-yil 7-fevral kuniga qadar yandex.ru dan ro‘yxatdan o‘tgan
bo‘lish kerak.
Ishtirokchilar ro‘yxatdan o‘tishdan tuman, shahar nomi, maktab raqami, F.I.Sh to‘liq
ko‘rsatilish kerak.
VI.
Baholash mezoni
7.
Ishtirokchilarga 10 ta masala beriladi.
Har bir masala 10 balldan baholanadi. Umumiy eng yuqori100 ball hisoblanadi.
10 ta masala uchun 4 soat (240 minut) vaqt ajratiladi.
Yuborilgan dasturni yuzta holat uchun avtomatik ravishda tekshiriladi.
Har bir ishtirokchi javoblari to‘g‘riligi bir xil bo‘lgan holatda topshiriqlarni
bajarish vaqtiga mos ravishda baholanadi.
VII. Tashkiliy masalalar
8. Olimpiada viloyat bosqich 2022-yil 7-fevral kuniga soat 10:00 da boshlanib
14:00 da tugallanadi.
VIII. Olimpiadani yakunlash, ishtirokchilarni rag‘batlantirish
9. Har bir ishtirokchining bali va umumiy natijalari
https://contest.yandex.ru/contest/34379/standings/
havola orqali ko‘rib turiladi va g‘oliblar
aniqlanadi.
10.Tanlovda g‘olib bo‘lgan o‘qituvchilar 1-,2-,3-
darajali diplom va estalik
sovg‘alari bilan taqdirlanadi.