4-bob. Arxivlashtirish
15. Oʻquv yili yakunida maktab direktori tomonidan tasdiqlangan, oʻquvchilarning oʻzlashtirishi haqidagi qaydnoma, oʻquvchilarning davomati haqidagi qaydnoma va pedagogik kengash qarori chop etilib, yigʻma jild shaklida tikib, muhrlab, arxivga saqlash uchun topshiriladi.
16. Arxivda saqlanish uchun topshirilgan hujjatlar 25 yil davomida saqlanadi.
17. Saqlanish muddati tugagan hujjatlar tuman XTB moliya boʻlimi vakili ishtirokida, dalolatnoma tuzish orqali, arxiv hisobidan chiqariladi.
18. Boshqa maʼlumotlar, elektron jurnallar va kundaliklarning avtomatlashtirilgan axborot tizimida qayd etiladi va saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |