Umumtaʼlim muassasalari faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot tizimining ishlash tartibi haqidagi nizom


-bob. Tizim bilan ishlash tartibi



Download 38,53 Kb.
bet2/6
Sana30.12.2021
Hajmi38,53 Kb.
#90661
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Кундалик 187 буйрук 1-иловаси

2-bob. Tizim bilan ishlash tartibi

8. Umumtaʼlim muassasasi maʼmuriyati Tizimda hisobot davrlarini yaratish (hisobot davrlarining turlari va chegaralari), taʼtil va dam olish jadvalini shakllantirish (dam olish davrlarining turlari va chegaralari), darslik va fanlar roʻyxatini shakllantirish, maktabning oʻquv rejasini uning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda shakllantirish, taʼlim oluvchilarning yakka tartibdagi oʻquv rejalarini shakllantirish, kabinet roʻyxatini shakllantirish, har bir sinf uchun sinf rahbarlarini tayinlash, umumtaʼlim muassasasi xodimlarining roʻyxatini yangilash, har bir sinf, oʻquv guruhi, oʻquv yoʻnalishi yoki individual oʻquv rejalari boʻyicha oʻquvchilar uchun ish rejimini belgilash, umumtaʼlim muassasasining oʻquv rejalari asosida taʼlim berish uchun oʻquv dasturlarini shakllantiradi.

9. Maktab maʼmuriyati tomonidan oʻqituvchining sinf jurnaliga oʻz vaqtida va toʻgʻri maʼlumot kiritilishini nazorat qilish uchun quyidagi funksiyalar bajariladi:

- elektron jurnalga dars mavzulari, oʻquvchilarni baholash, uy vazifalari va dars jadvallarining oʻz vaqtida va toʻgʻri kiritilishini tizimli ravishda kuzatib boriladi, shuningdek, oʻz vaqtida kiritilmaganligi aniqlanganda, tizim orqali oʻqituvchiga eslatma beriladi;

- elektron jurnalni yuritishda, inson omiliga bogʻliq xatolarning oldini olish va notoʻgʻri maʼlumotlarning kiritilishini cheklash maqsadida, tizimda avtomatik ravishda shakllanadigan hisobotlar nazorat qilinadi.

10. Elektron jurnaldan foydalanishda oʻqituvchilar oʻquvchilarning davomatini qayd etish, berilgan uy vazifalarini kiritish, oʻquvchilar tomonidan bajarilgan ishlar turiga muvofiq joriy baholarni kiritish, oraliq va yakuniy nazorat ishlari uchun baholarni kiritish, har bir hisobot davri uchun yakuniy baholarni kiritish bilan birgalikda haftalik va oylik hisobotlarni integratsiya qilish vazifalarini bajaradilar.

11. Sinf rahbarlari tizimdan foydalanishda bajarishi lozim boʻlgan vazifalar quyidagilardan iborat:

- oʻquvchilarga va ularning ota-onalariga (qonuniy vakillariga) tizimning shaxsiy kabinetiga kirish uchun rekvizitlarni berish;

- tizimning mavjudligi va uning imkoniyatlari haqida ota-onalarni (qonuniy vakillarini) xabardor qilish;

- dars jadvalidagi oʻzgarishlarni qayd etish va roʻyxatdan oʻtkazish;

- berilgan uy vazifalarini kiritish;

- oʻquvchilar va ota-onalarga (qonuniy vakillariga) onlayn rejimda mashgʻulotlar jadvali, darslarni oʻzlashtirishi va qoldirilgan soatlar, hisobot davri doirasida nazorat ishlarini olib borish jadvali, sinf bilan ishlaydigan oʻqituvchilar, oʻquv guruhi, oʻquv yoʻnalishi yoki individual oʻquv rejasi, taʼtil va dam olish jadvali, topshirilgan uy vazifalari haqida maʼlumot berish;

- avtomatlashtirilgan darsga qatnash davomat nazorati joriy etilmagan umumtaʼlim muassasalarida oʻquvchilarning davomatini qayd etish;

- oʻquvchilar tomonidan bajarilgan topshiriqlar turiga muvofiq joriy baholarni kiritish;

- oraliq va yakuniy nazorat ishlari uchun baholarni kiritish;

- har bir chorak davri uchun yakuniy baholarni kiritish;

- tizimda 5 ta muhim tashabbus doirasida umumtaʼlim muassasalarida tashkil etilgan toʻgaraklar, seksiyalar va klublarga oʻquvchilar qamrovini tahlil qilish imkoniyatini beruvchi alohida boʻlimda mazkur oʻquvchilarning mashgʻulotlarini qayd etish.

12. Vazirlik markaziy apparati boshqarma va boʻlimlari quyidagi vazifalarni bajaradilar:

umumtaʼlim muassasalarini kompyuterlar bilan jihozlash va Internet tarmogʻiga ulash (minimal talablar – TASIX hududida Internet tarmogʻiga ulanish (kamida 10 Mbit/sek., tavsiya etilgan talablar — 100 Mbit/sek.);

Tizimdan foydalanishda taʼlim muassasalari faoliyatida yuqori koʻrsatkichlarga erishishlariga koʻmaklashish;

axborot xavfsizligi talablariga muvofiqligi uchun Tizimni attestatsiyadan oʻtkazish;

elektron jurnalga kiritilayotgan maʼlumotlarni oʻz vaqtida, toʻgʻri va toʻliq kiritilishining monitoringini olib borish;

13. Elektron jurnalga maʼlumotlar xato kiritilgan taqdirda, tizim foydalanuvchisi tizimga oʻzgartirish yoki tuzatish kiritish jarayonida majburiy ravishda tizimda ushbu oʻzgartirish yoki tuzatish yuzasidan izoh qoldirgan holda, tegishli oʻzgartirishlarni amalga oshiradi. Bunda tizim maʼlumotlarga oʻzgartirish yoki tuzatish kiritgan tizim foydalanuvchisining ushbu jarayon amalga oshirilgan sanasi, vaqti va sababini (tegishli tizim foydalanuvchisining izohi asosida) xotirada maxsus faylda (logfile) saqlagan holda, yuqori tashkilotga avtomatik tarzda hisobot shaklida xabarnoma yuboradi.


Download 38,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish