Umumtaʼlim muassasalari faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot tizimining ishlash tartibi haqidagi nizom



Download 38,53 Kb.
bet1/6
Sana30.12.2021
Hajmi38,53 Kb.
#90661
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Кундалик 187 буйрук 1-иловаси





Oʻzbekiston Respublikasi

Хalq taʼlimi vazirining

2020-yil 17 avgustdagi

187-son buyrugʻiga

1-ILOVA


Umumtaʼlim muassasalari faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot
tizimining ishlash tartibi haqidagi


NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda hududiy boʻlinmalar deb yuritiladi) va umumtaʼlim muassasalarining faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot tizimining (keyingi oʻrinlarda Tizim deb yuritiladi) ishlash tartibini belgilaydi.

2. Tizim — umumtaʼlim muassasasi doirasida foydalanuvchi ishini avtomatlashtirish uchun moʻljallangan taʼlim platformasi boʻlib, foydalanuvchilar oʻrtasida axborot almashinuvini taʼminlash maqsadida axborot tarmogʻini tashkil etadi.

3. Tizimning maqsadlari:

oʻquv jarayonini boshqarishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;

oʻqituvchilarni ortiqcha yukdan ozod etish, oʻquv jarayonining shaffofligini oshirish;

umumtaʼlim muassasasi oʻquv jarayonini avtomatlashtirilgan holda boshqarish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish;

taʼlim jarayonida qogʻozbozlikni kamaytirish orqali tejalgan mablagʻlarni xalq taʼlim sohasini rivojlantirishga yoʻnaltirish.

4. Tizimning vazifalari quyidagilardan iborat:

elektron jurnal va kundalikni yuritish;

taʼlim jarayonini sifatli monitoring qilish;

oʻquv jarayonida oʻquvchilarni individual va maʼlum bir guruhlarga taqsimlash bilan birgalikda barcha bosqichlarda taʼlim jarayonini optimallashtirish vazifalarini bajaradi.

Tizim, umumtaʼlim muassasalarida taʼlim jarayonining barcha ishtirokchilari (XTV, xalq taʼlimi boshqaruv organlari, XTV tizimidagi umumtaʼlim muassasalari) oʻrtasida ijtimoiy tarmoqlararo hamkorlikni qoʻllab – quvvatlovchi vosita sifatida xizmat qiladi.

5. Tizim ijtimoiy hamkorlik yordamida taʼlim oluvchilarning tarbiyaviy samaradorligini oshirishga qaratilgan boʻlib, taʼlim muassasasida ijtimoiy kommunikatsiyalarni shakllantirish, tarmoq madaniyatini yaratish va oʻquvchiga ijodiy, oʻzini-oʻzi rivojlantirishi uchun maydoncha yaratadi.

Tizim tomonidan oʻquvchilarning davomatini va oʻzlashtirishini qayd etish, taʼlim faoliyatining barcha ishtirokchilarining oʻzaro hamkorligini rivojlantirish, tarmoqlararo ijtimoiy kommunikatsiya madaniyatini oshirish, jamoatchilik tomonidan yuqori texnologiyalarni oʻzlashtirish jarayonini faollashtirish, umumtaʼlim muassasasining nufuzi, pedagoglarning malakasi va ijodiy faolligini oshirish bilan birgalikda oʻquv jarayonida sodir boʻladigan oʻzgarishlarni aks ettiradigan vazifalarni oʻz ichiga oladi.

6. Tizim foydalanuvchilari – xalq taʼlimi boshqaruv organlari xodimi, umumtaʼlim muassasasining maʼmuriyati, umumtaʼlim muassasasi xodimi/oʻqituvchisi, oʻquvchining ota-onasi yoki uning qonuniy vakili, oʻquvchining oʻzi va sinf rahbarlari hisoblanadi.

7. Tizimdagi imkoniyatlar mazkur Nizomga ilova qilingan.


Download 38,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish