Elektron jurnalning imkoniyatlari:
Barcha foydalanuvchilarga tizimda shaxsiy sahifalari bilan ishlashda rasmni yuklab olish, shaxsiy va aloqa maʼlumotlarini tahrirlash, maxfiylik sozlamalarini tahrirlash, parolni tiklash uchun sozlamalarni tahrirlash, parolni oʻzgartirish, bildirishlarni (uvedomleniya) sozlash, doʻstlarni toifalarga ajratish hamda tashqi ijtimoiy tarmoqlarda (ochiq kontent uchun) axborotni (yangiliklarni) nashr qilish imkoniyati yaratilgan.
Tizimdan umumtaʼlim muassasalari foydalanuvchilari uchun tashkilot haqida umumiy maʼlumot kiritish, muassasada oʻtkaziladigan yoki oʻtkazilgan tadbirlar haqida xabarlarni yuklash, tashkilot tuzilmasi, tashkilot rahbarlari haqidagi yangiliklar, hujjatlar, axborotlarni nashr etish, tashkilotning profilini nashr etish va koʻrish, tashkilot haqidagi maʼlumotlarni tahrirlash, tashkilot haqida maʼlumotni olib tashlash, ommaviy xabar (rassilka) yaratish, foydalanuvchilarning muayyan toifalariga xabar yuborish va xabarni qabul qiluvchilarni tanlash imkoniyatlari yaratilgan:
1. Tizimda oʻquv jarayoniga doir vazifalar parametrlarini sozlash imkoniyati yaratilgan, shu jumladan:
- Umumtaʼlim muassasasi haqidagi asosiy maʼlumotlarni kiritish va oʻzgartirish;
- Oʻquvchilarning oʻzlashtirish darajasiga muvofiq turli baholash tizimlarini tanlash imkoniyati;
- Hisobot jarayonlarini boshqarish;
- Sinf xonalarini va mashgʻulot oʻtkaziladigan joylarni administratsiyalash;
- Fanlarni kiritish va boshqarish;
- Maktab profilining oshkoralik parametrlarini belgilash;
2. Oʻqituvchilar uchun baholash muddatini tartibga solish imkoniyati bilan birgalikda quyidagi sinflarni boshqarish imkoniyatlarini oʻz ichiga oladi:
- tizimda sinflarni yaratish;
- sinf maʼlumotlarini tahrirlash;
- sinf logotipini tanlash va almashtirish;
- sinfni tizimdan olib tashlash;
- sinfda oʻquv guruhlarini yaratish va sozlash;
- oʻquv yili oxirida sinf yillik tarixi bilan ishlash.
3. Dars jadvalini administratsiyalashtirish imkoniyatlari:
- darslar va qoʻngʻiroqlar jadvalini kiritish;
- dars jadvalini boshqarish;
- dars jadvalini tahrirlash;
- dars jadvali sxemasini yaratish;
- foydalanuvchilar kalendar rejalarini, dars sahifalarini, jurnallarni, oʻquvchilarning kundaliklarini, oʻqituvchilar uchun jadvallarni shakllantirish;
- “oʻqituvchi-mavzu-sinf” aloqasini shakllantirish;
- dars hisoblagichi;
- oʻquv muassasasida darslik va fanlar katalogini yaratish;
- darsdagi ishlarning turlari roʻyxati.
4. Darslik va fan jurnali bilan ishlash imkoniyatlari:
- fan jurnalini koʻrish;
- sinf oʻquvchilarining ishtiroki haqida maʼlumot kiritish;
- sinf oʻquvchilarining yakuniy ilmiy faoliyati haqida maʼlumot kiritish;
- jurnal sahifasini rangli yoki qora va oq rejimlarda koʻrish;
- jurnaldagi maʼlumotlarni printer orqali chop etish;
- jurnaldagi maʼlumotlarni MS Excelga eksport qilish va MS Exceldan import qilish;
- jurnallarda oʻrtacha baholashni hisoblash uchun namunaviy ishlarning darajasini belgilash imkoniyati.
5. Uy vazifalarini boshqarish imkoniyatlari:
- kiritilgan parametrlar orqali uy vazifalarini izlash;
- uy vazifalari roʻyxatini shakllantirish;
- uy vazifasini yaratish;
- bir vaqtning oʻzida bir nechta sinfga bir fandan original uy vazifasini berish imkoniyati;
- fayllarni uy vazifasiga biriktirish;
- uy vazifasini tahrirlash;
- uy vazifasini olib tashlash;
- maktab boʻyicha uy vazifalarining bajarilishi toʻgʻrisidagi avtomatik statistik hisobotlarni yaratish, ularni koʻrish, eksport qilish va chop etish imkoniyati.
6. Umumtaʼlim muassasasi doirasida tizim obyektlarini boshqarish (moderatsiyalashtirish) imkoniyatlari:
- moderatsiya imkoniyati yaratilgan sahifalarda mazkur rejimni yoqish va oʻchirish;
- xato toʻgʻrisida yozma xabar yetkazish funksiyasi;
- “moderatsiya” boʻlimi bilan ishlash;
- qayta ishlangan va rad etilgan xabarlar roʻyxatini shakllantirish;
- soʻrovlar bilan ishlash: murojaatni rad etish, foydalanuvchiga ogohlantirish berish, kiritilgan maʼlumotni oʻchirish imkoniyati;
- moderator sahifasidan foydalanuvchiga ogohlantirishlarni yuborish imkoniyati;
- moderator sahifasidan maʼlumotlarni oʻchirish imkoniyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |