Umumta’lim maktablarining


II.O`tilgan mavzuni so`rash va xulosalash



Download 116,82 Kb.
bet4/4
Sana08.09.2017
Hajmi116,82 Kb.
#19542
1   2   3   4

II.O`tilgan mavzuni so`rash va xulosalash.

Topshiriq-1”Biologik mashq”mustaqil,yozma bajariladi.

Tarqatma – 1.

Elodiyaning barglari bir qavat ……tuzilgan. Uning hujayralaridagi ……uzluksiz harakati aniq ko’rinadi. Hujayralar qobig’ida teshikchalar bo’lib, sitoplazmaning harakati davomida bir hujayradagi oziq moddalar va ….. ikkinchi hujayraga shu teshikchalar orqali o’tadi. Bu jarayonni kuzatish uchun hujayra ….. vazifasini o’taydigan mayda teshikchali kichkina sellofan xaltachalarga ……. unidan tayyorlangan ozgina xamir solib og’zi bog’lab qo’yiladi va stakandagi ….. suvga tushiriladi. Vaqt o’tishi bilan xamir ko’kish rangga kiradi. Bundan ko’rinib turibdiki hujayralar qobig’iorqali ular ……. moddalar o’tgan.O’simlik hujayrasi yashash uchun …… oladi va …...

Topshiriq javobi:

Elodiyaning barglari bir qavat hujayralardan tuzilgan. Uning hujayralaridagi sitoplazmaning uzluksiz harakati aniq ko’rinadi. Hujayralar qobig’ida teshikchalar bo’lib, sitoplazmaning harakati davomida bir hujayradagi oziq moddalar va kislorod ikkinchi hujayraga shu teshikchalar orqali o’tadi. Bu jarayonni kuzatish uchun hujayra qobig’i vazifasini o’taydigan mayda teshikchali kichkina sellofan xaltachalarga bug’doy unidan tayyorlangan ozgina xamir solib og’zi bog’lab qo’yiladi va stakandagi yodli suvga tushiriladi. Vaqt o’tishi bilan xamir ko’kish rangga kiradi. Bundan ko’rinib turibdiki hujayralar qobig’i orqali ular ichiga moddalar o’tgan.O’simlik hujayrasi yashash uchun nafas oladi va oziqlanadi.



III. Yangi mavzuni bayoni

Yangi mavu reja asosida tushuntiriladi

Reja:

1.To`qima deb nimaga aytiladi?



2.Hosil qiluvchi to`qimalar

3.Asosiy to`qima

4.Jamga`ruvchi to`qima

5.Qoplovchi to`qima.

6.Mexanik to`qima

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Topshiriq -2” Venn diagrammasi”

Tarqatma- 2

1.Asosiy to`qima 2. Mexanik to`qima

1.


2

3

Tarqatmaning javobi:

1.Asosiy to`qima 2. Mexanik to`qima

1.Tirik parenxima hujayralardan tuzilgan.

2.Assimlyatsion to`qima deyiladi.

3.Fotosintez jarayoni amalga oshadi.

4.Yashil barglarda va yosh novdalarda uchraydi.

1.Tirik (kollenxima), o`lik(sklerinxima) hujayralardan tuzilgan.

2.O`simlikka tayanch vazifasini beradi.

3.Poyalarning va ildizlarning po’stloqva yog’ yog’ochlik tolalarida bo`ladi

1.O`simlik organlarida bo`ladi.

2.Hujayrala to`plamidan tuzilgan

3.Asosiy va mexanik to’qima uchun umumiy xususiyatlar


Topshiriq -3 “Tushunchalar tahlili

Tarqatma -3




T/r

Asosiy tushunchalar

Izoh

1.

Hujayra





2.

To`qima




3.

Hosil qiluvchi to`qima




4.


Asosiy to`qima





5.


Mexanik to`qima





6.

Jamga`ruvchi to`qima.






Tarqatmaning javobi:


T/r

Asosiy tushunchalar

Izoh

1.

Hujayra


Tiriklikning eng kichik birligi


2.

To`qima

Tuzilishi o`xshash bo`lgan, bir xil vazifani bajaradigan hujayralar yig`indisi


3.

Hosil qiluvchi to`qima

Faqtat o`simliklarda uchraydi. Sababi u o`simlikning deyarli barcha azolarida uchrab, boshqa to`qimalarni hosil qilishda ishtirok etadi. U asosan uchki va yon hosil qiluvchi to`qimarga ajraladi.


4.


Asosiy to`qima


Bu to`qima assimliyatsiya to`qimasi deyilib unda eng muhim vazifa fotosentiz jarayonini amalga oshiradi. Bu to`qima xloroplaslarga boy parenxema hujayralaridan iborat. U yashil barglarda, yosh novdalarda, bazan gul meva bazn hovo ildizlarida epidermiyaning osdida etli qavatda loylashgan.


5.


Mexanik to`qima


O`simlikka tayanch va uning organlariga mustahkamlik beruvchi qalin qobiqli tirik(kollenxima) va o`lik (sklerinxima) hujayralaridan iborat.

6.

Jamga`ruvchi to`qima.


O`simliklarda turli jarayonlar natijasida hosil bo`lgan yoki jamg`arilgn , qabul qilingan moddalar (oqsil, kraxmal, yog` va boshqalar) to`planadi.


Topshiriq -4”Anogramma metodi

Aralash harflardan to`g`ri so`zlarni yozing.

Tarqatma-4

1.SIAYATSYAATLM-

2.OLKLAMIXNE-

3.PAMIEDRE-

4.KENXAMI- i

Tarqatmaning javobi:

1.SIAYATSYAATLM- ASSIMLYATSIYA

2.OLKLAMIXNE- KOLLENXIMA

3.PAMIEDRE - EPIDERMA

4.KENXAMI- MEXANIK.
V. O`quvchilar bilimini baholash va yakunlash.

O`qituvchi yangi mavzuni o`quvchilar hamkorligida xulosalaydi. Dars jarayonida faol ishtirok etgan o`quvchilarning erishgan natijalarini izohlab e’lon qiladi. O`quvchilarning olgan ballarini kundalikka qo`yilishini ta’,minlaydi. Uyga vazifani doskaga yozib, uni qisqacha tushuntiradi. Keyingi darsda o`tiladigan mavzuni e’lon qilib u bilan tanishib kelishni tavsiya etadi.

Uyga vazifa:8-mavzuni o’qish, 25- rasmga qarab savol tuzish.

XULOSA

Biologiya darslarini tashkil etishdaDavlat ta’lim standartlariga mos, ilg’or pedagogic texnologiyalardan foydalangan holda tayyorlangan dars ishlanmalari muhim o’rin egallaydi.Dars ishlanmalarida dars bosqichlarining vaqt bilan chegaralanishi, ilg’or pedagogik texnologiyalardan o’rinli va maqsadli foydalanilishi bilim samaradorligining yuqori bo’lish omili bo’lib hisoblanadi.Ushbu uslubiy ko`rsatmada 5-sinf botanika fanidan o’quv reja asosidagi mavzularning dars ishlanmalari, (darsning texnologik xaritasi) dars bosqichlari, nazorat topshiriqlari va ularning javoblari berilgan.Tayyorlangan dars ishlanmalarida amalga oshiriladigan dars bosqbchlaining vaqt bilan chegaralanishi, turli so’rash xarakteriga ega bo’lgan pedagogik texnologiyalardan foydalanishdan ko’zlangan asosiy maqsado’qituvchining va o’quvchining dars jarayonidagi faoliyatini rejalashtirish, dars mazmunini ilmiy,qiziqarli, mulohazali yoritib berish zaminida ta’lim samaradorligini oshirish.



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch.-Toshkent: «Ma’naviyat», 2008.

2. Uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standarti va oquv dasturi; Biologiya,- Toshkent-2010.

3.Pratov. O.`, To`xtayev. A.,Azimova. F. “ Botanika”5-sinf uchun darslik.– Toshkent: “ O`zbekiston” , 2011.

4.Tolipova. J.O, Umaraliyeva. M.T. “ Botanika darslari” 6- sinf, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanma.-Toshkent: “ Tafakkur” , 2011.

5. Tolipova J. O., G’ofurov A. T. “Biologiya ta’limi texnologiyalari”,-Toshkent: “O’qituvchi” 2002 .

6.. Maktabda biologiya ma’naviy- marifiy, ta’limiy jurnal. 2010, 5-soni.

7. Maktabda biologiya ma’naviy- marifiy, ta’limiy jurnal .2014 .7- soni.

8. www.ziyonet.uz



MUNDARIJA
Kirish……………………………………………………………………………3

1.Gulli o‘simliklarning xilma-xilligi, organlarining (ildiz, poya, kurtak, gul, meva va urug‘lar) yashash muhitiga moslashuvi va o‘ziga xos xususiyatlari. O‘quvchilarning jismoniy va aqliy rivojlanishi. .……………….……................4

2. Gulli o‘simliklarning hayotiy shakllari: daraxtlar, butalar, ko‘p yillik, ikki yillik va bir yillik o‘tlar….……………….……..................................................8

3.Hujayra-hayotning asosi. O‘simliklarning hujayralardan tuzilganligii….……………….………………………………………………..13

4.Kattalashtirib ko’rsatadigan asboblar. Mikroskop ………………………..17 5.Hujayraning qismlari. Hujayralarning xilma-xilligi……………….…..…21 6. Hujayraning tiriklik belgilari ……………………………………………..25

7.O’simlik to’qimalari…………………………………………………………27

Xulosa…………………………………………………………… …………...33

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati ….….........................................................34



BATIROVA FOTIMA ASHUROVNA

YUNUSOVA NAVBAHOR AHMADJONOVNA

BOTANIKA FANIDAN DARS ISHLANMALARI

Terishga berildi:____________

Bosishga ruxsat etildi:__________

Ofset bosma qog`ozi. Qog`oz bichimi 60x80 1/16

«Times» garniturasi. Ofset bosma usuli

1 bosma taboq

Adadi: 25 nusxa

Buyurtma№_____


Samarqand viloyati xalq ta’limi

Xodimlarini qayta tayyorlash va ularning

malkasini oshirish instituti

Bosmaxonasida chop etildi.



Samarqand shahar, Boysunqur ko`chasi 3-uy.


Download 116,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish