I-BOB. CHIZMANI TAXT QILISH QONUN–QOIDALARI VA GEOMETIRIK YASASHLARNI O’RGATISH
1.1. Ta’limga qo’yilgan davlat talablari
Istiqlol tufayli o’qitish metodikasi va pedagogika-psixologiyada o’quv ishlarining eng yaxshi usullarini tanlashga, ta’lim jarayonida o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtiradigan masalalarni kiritishga katta ahamiyat berilmoqda. Ayniqsa, dars jarayonida o’quvchilarning o’quv faoliyatlarning almashinuvchanligini amalga oshirish barcha o’quv predmetlari qatorida chizmachilikni o’qitish metodikasining diqqat marakzidagi vazifalardan biri bo’lib kelmoqda.
Ma’lumki, grafikaviy faoliyat o’zining o’ziga xos xususiyati bilan va mohiyatiga ko’ra pirovard natijada chizmalarni o’qish sohasidagi bilimlar va uquvlar hajmi bilan texnikaga taalluqli sistemalashtirilgan bilimlarni uyg‘unlashtirish bilan harakterlanadi.
Har qanday dars didaktik tamoyillarga asoslangan bo’ladi. Shu boisdan taklif qilinayotgan zamonaviy pedagogik texnologiyalarning qaysi biri qachon va qanday paytda kiritish maqsadida har bir dars tarkibi avvaldan sinchiklab bo’laklarga ajratib, o’zlashtirilishi lozim bo’lgan tushuncha va uquvlarni belgilab chiqish lozim. So’ngra, dars bosqichlarining tarkibiga u yoki bu pedagogik texnologiyalarni kiritish oldindan rejalashtirilib qo’yiladi. Shunda u darsning umumiy tarkibiga uyg‘unlashib ketadi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, pirovard natija chizmalarni o’qish asosiy masala hisoblanganligi sababli eng oldin, chizma to’g‘risida biroz bo’lsa ham tarixga murojaat etiladi.
Inson yaratilgandan keyingi qo’liga olgan birinchi quroli yordamida bajargani tasvir bo’lishi mumkin. Qoyalardagi, g‘orlardagi chizilgan turli hayvonlar va boshqalarning rasmlarini chizish orqali turli ko’rinishdagi tasvirlarni bajarishgan. Bu yerda bajarilgan tasvirlar chizish orqali amalga oshirilgan. Demak, har qanday tasvir, ya’ni u yoki bu narsaning dastlabki paydo bo’lishi chizish orqali amalga oshirilar ekan.
Shunday qilib, chizish (chizma) insoniyatning ongini rivojlantirishda, o’z atrofidagi borliqni tasavvur qilishida va o’z tushunchasini o’zgaga yetkazish orqali fikrlash degan buyuk ne’matning rivojlanishida chizmaning o’rni o’ta muhim hisoblangan ekan.
Haqiqatda, hozirda ham har bir buyum va u kattami, kichikmi yaratilishi oldidan eng oldin uning chizmasi chizib olinadi. Har bir buyumni sotib olinganidan keyin, uni ishlatishdan oldin chizmasiga murojaat etiladi. U buyum chizmasi yordamida yig‘iladi, ta’mirlanadi, sozlanadi. Xullas, insoniyat va jamiyatning rivojlanishi chizmalar bilan chambarchas bog‘liqligi hammaga ayon.
Ammo tevarak-atrof , ya’ni borliqni o’rganish jarayoni orqali insonlar o’z manfaati, yashab turgan vatani manfaatini, dunyo miqyosi manfaatini ko’zlab ilm-fan bilan shug‘ullanishadi va yangi-yangi kashfiyotlar ochishadi. Bularning barchasini butun dunyo ahliga yetkazishga eng birinchi navbatda chizmalarga murojaat etiladi.
Maktablarda, maxsus o’rta va oliy o’quv yurtlarida o’qitiladigan har bir o’quv fani (predmeti) asosan texnikani rivojlantirishga qaratilgan. Bejizga chizma texnikaning tili deb aytilmagan. Texnikasiz hattoki, kiyimingizni eplab kiya olmaysiz ham.
Chizmalarda ham o’z navbatida turli ko’rinishlarga ega. Masalan, har qanday chizmani chizishga kirishishdan oldin chizuvchi o’z navbatida qo’liga qalam, chizg‘ich, sirkul kabi chizish asboblarini oladi. Hamda qog‘oz sathida o’zaro parallel, perpendikular, aylana va turli shakllarni chiza boshlaydi. Bu bilan chizuvchi qog‘ozda ongidagi buyum va uning detallari haqidagi ma’lumotlarni ro’yobga chiqarish jarayonida eng avval geometrik yasashlarni bajaradi. Geometrik yasashlar chizmachilik fanining asosi hisolanadi. Har qanday chizmani chizayotgan shaxs yuqori malakaga ega bo’lgani uchun turli geometrik yasashlarni avtomatik tarzda bajarishga odatlanib qolgan.
Respublikamizda chizmachilik o’qitish metodikasi bo’yicha yagona fan doktori E.I. Ro’ziyev muallifligida nashr qilingan “Geometrik va proeksion chizmachilik” oliy o’quv yurtlarining kasbiy ta’lim yo’nalishlari hamda “amaliy san’at” bakalavriat yo’nalishi talabalari uchun o’quv qo’llanmasida ham grafik ta’lim rivojiga qaratilgan juda muhim uslubiy fikrlar keltirilgan.
Har qanday zamonaviy binolarning qurilishi, oddiy ruchkadan tortib zamonaviy samolyotlarni ishlab chiqarishni oldindan texnik hujjatlarni tayyorlamasdan amalga oshirish mumkin emas. Ko’pincha oldindan tayyorlanadigan texnik hujjatlarning salmog`i ular asosida tayyorlanadigan mahsulot salmog`iga teng, ba’zi hollarda esa undan ham ortiq bo’ladi. Hozirgi kunda xalq xo’jaligining turli tarmoqlarida minglab chizmalardan foydalaniladi.
Juda qadim zamonlarda dunyoga kelgan ishlab chiqarish chizmalari ko’p yuz yilliklar davomida amaliyotda qo’llanilishi natijasida chuqur sifat o’zgarishlarini boshdan kechirdi va hozirgi kunda ham chizma bajarish usullari hamda qoidalariga o’zgarishlar kiritilib, doimiy ravishda takomillashtirib borilmoqda. Hozirgi O’zbekiston hududida ham qadim zamonlardan juda katta aniqlikdagi turli inshoatlar, arxitektura yodgorliklari, asbob-anjomlar kabi ko’plagan mahsulotlar chizmalar yordamida oldindan belgilangan harakteristikalariga mos ravishda tayyorlangan. Bu haqida qiziquvchilar S.P.Tolstovning “Древный Хорезм”, L.I.Rempelning “Архитектурный орнамент Узбекистана”, A.I.Pugachenkovaning “История исскуств Узбекистана ” kabi kitoblaridan o’qib olishlari mumkin.
Demak, zamonaviy ishlab chiqarish va xalq xo’jaligi faoliyatining hamma sohalarini chizmalarsiz tasavvur qilish qiyin ekan. Chizmalarni to’g`ri bajarish, o’qish va ular asosida ishlarni amalga oshirishni chizmachilik fani o’rgatadi. Chizmachilik so’zini umumlashgan holda quyidagi ma’nolarini ta’kidlab o’tishimiz mumkin: 1) ma’lum qoidalarga amal qilgan holda chizma bajarish jarayoni. Masalan, chizma asbob-anjomlaridan foydalanib, geometrik figuralarning chizmalarini tekislik (qog`oz, kalka va h.)da tasvirlash jarayoni; 2) tasvir bajarish qoida va usullarini o’z ichiga olgan amaliy texnik xususiyatga ega bo’lgan fan. “Chizmachilik” fanining mazmuni ko’pincha texnika va fanning qaysi sohalariga xizmat ko’rsatishiga bog`liq bo’ladi. Misol uchun, proyeksion chizmachilik fazoviy jism va buyumlarni tekislikda tasvirlash qoidalarini o’rganadi. Topografiyada – yer sirtining tasvirlari, qurilish chizmachiligida esa qurilish chizmalarini bajarishning qoidalari va usullari o’rganiladi.
Hozirgi ishlab chiqarishda chizmalar bilan ishlashning asosiy uchta yo’nalishini ta’kidlab o’tish mumkin.
1. Tayyor chizmalar asosida detal, buyum va boshqalarni yasash. Bunday sharoitda chizmalarni aniq va to’g`ri o’qish lozim bo’ladi.
2. Tayyorlangan detal, buyum va boshqalarni asliga qarab eskizlarini chizish. Bunda ilgari tayyorlangan chizmalar asosida yasalgan detal, buyum va boshqalarni tuzatish yoki birovning texnik fikriga o’zgartirishlar kiritishga to’g`ri keladi.
3. Hali yaratilmagan detal, buyum va boshqalar chizmasini chizish. Bunda inson o’zining fazoviy tasavvur qilish qobiliyatini ishga solish bilan mutloq yangi ko’rinishdagi mashinalarni yaratishga yoki bor narsalarga o’zgartirish kiritishga intiladi. Insonning bu harakati yuqori malakali konstruktor bo’lishni talab etadi.
Grafika fanlari o'quvchilarning politexnik ta’limida kuchli vosita hisoblanadi. Chizmalarni o‘z qo‘li bilan yuqori sifatli bajarishga hamma o‘quvchini o‘rgatish mumkin, bu ularda go‘zallik tuyg‘ularini uyg‘otib, o‘z ishidan qoniqish hissini hosil qiladi. O‘z qo‘li bilan sifatli chizmalar bajarish o‘quvchilarda ozodalik, mehnatsevarlik, intizomlilik va tartiblilik xususiyatlarini rivojlantiradi. Arxitektura qurilish chizmachiligi o‘qituvchisi ba’zan Arxitektura qurilish chizmachiligi darslarida imkoniyat bo`lgan hollarda, grafika yo‘nalishidagi to‘garak mashg‘ulotlarida va turli xil o‘quv sayohatlari paytida o‘quvchilarga grafika kursi bo`limlarining shakllanishi va rivojlanishi bilan bog'liq qiziqarli ma’lumotlarni berib borishga harakat qilishi kerak. Bunda shu sohada faoliyat ko'rsatgan konstruktor, arxitektor, dizayner va rassomlaming hayoti, turli konstruksiyalami loyihalash bilan bog‘liq qiziqarli voqealar o‘qituvchiga darsni qiziqarli hamda o'quvchilarning xotirasida uzoq saqдanib qoladigan shaklda tashkil qilishga yordamlashadi.
Grafik tasvirlar murakkab hodisa va konstruksiyalarni tushunishni, hamda qaror qabul qilish jarayonini osonlashtiradi. Fandagi modellashtirish va multiplikatsiya vizual tasavvur qilish yordamida yadroviy va kimyoviy reaksiyalarni, fiziologik tizimlar va bosim ostidagi deformatsiyalami tadqiqot qilish hamda o'rganish imkonini beradi. Zamonaviy boshqarish jarayonlari (aviadispetcherlar, atom va yadro reaktorlari dispetcherlari, ...), san’at va reklama kabilarni grafikasiz tasavvur qilish mumkin emas. Mashinasozlik va qurilishning har qanday sohasi (samolyotlar, avtomobillar, ko'priklar, yo`llar, turar-joy va sanoat binolari, ...) bo'yicha muhandis-konstruktorning faoliyatini grafika (shu jumladan, kompyuter grafikasi)siz tasavvur qilish mumkin emas. Ma`lumotlami grafik shakllarda aks ettiradigan murakkab tizimlar operatorlarining ishlarida grafika yetakchi ahamiyatga ega. Bunda operator boshqarilayotgan obyektning bevosita o‘zi bilan emas, uning grafik modeli bilan muloqotda bo‘ladi va axborotni qabul qiiish hamda qayta ishlash jarayonida xuddi obyekt o'rinbosari kabi faoliyat ko‘rsatadi. Tasvir turlari sinemonik sxemalar. texnologik sxema va chizmalar, grafik kartalar, televizion ekranlar ko‘rinishida amalga oshiriladi. Grafik tasvirlar ko‘plab ijodkorlik faoliyati turlarini bog`lovchi bo‘g‘in hisoblanadi. Shuning uchun ham Arxitektura qurilish chizmachiligi kursida shaxsning ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantiruvchi juda katta potensial imkoniyatlar mavjud.
Fanning politexnik xususiyatlari o‘quvchilaming individual qiziqishlari va qobiliyatlarini ochilishiga ko’maklashuvchi turli xil obyektlardan foydalanish imkonini beradi. Hozirgacha ko'pchilik amaliyotchi Arxitektura qurilish chizmachiligi o ‘qituvchilari o‘rtasida o'quvchilaming ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda asosan detal shaklini o'zgartirib chizish, unga sodda qo'shim chalar kiritish bilan bog`liq topshiriqlar keng qo‘llaniladi. Birinchidan, detal shaklini o‘zgartirish va yangi mahsulotni loyihalash, bular o‘zaro bog`liq, lekin har xil faoliyat turlariga kiradi.
Ikkinchidan, detal shaklini o‘zgartirish bilan bog`liq topshiriqlarda ularning shartini o‘zida ham yagona yechim topish talab qilinganligi uchun ham ijodkorlik elementlari yo‘q. Bu topshiriqlar o‘quvchilaming obrazli fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiradi, ammo ularning darsga qiziqishlarini orttirmaydi. Lekin, biror elementar amaliy muammo bilan bog`liq, o'quvchilaming loyihalash qobiliyatlarini rivojlantiradigan topshiriqlar haligacha umumta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlarining grafika fanlari mazmuniga kiritümagan. O‘quvchilaming ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish uchun, biz grafika fani o‘qituvchisiga dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda V.A.Gerveming «Arxitektura qurilish chizmachiligi darslarida ijodkorlik» («Творчество на уроках черчения». Москва, Гуманитарный издательский центр ВЛАДОС, 1998.) kitobidan fbydalanishni tavsiya qilamiz. Arxitektura qurilish chizmachiligi o‘qituvchilari uchun tayyorlangan ushbu qo`llanmada Arxitektura qurilish chizmachiligidan ijodiy topshiriqlarning mohiyati, o‘quvchilar ijodiy grafik faoiiyatining mazmuni va uni rivojlantirish metodikasi batafsil tahlil qilingan hamda o'qituvchilar uchun aniq yo'riqnomalar berilgan. Qo'llanmada 11 turdagi ijodiy topshiriqlar variantlari keltirilgan bo‘lib, ulaming ko'pchiligi hozirgacha nashrdan chiqqan adabiyotlarda umuman uchramaydi va original xarakterga ega. Shu topshiriqlardan quyida ayrim misollar keltiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |