1 - mаvzu: Kirish. “Umumta’lim maktablarida fizikadan namoyishli eksperimentlar” predmetining maqsadi va vazifalari, boshqa fanlar bilan bo`liqligi. Umumta’lim maktablarida fizikadan namoyishli eksperimentlarda qo`llash uchun mumkin bo`lgan dasturiy mahsulotlar va ularning imkoniyatlari. Fizik modellar animatsiyasini yaratish va unga qo`yiladigan talablar Kompyuterda fizik jarayonlar modelini yaratishga qo`yiladigan talablar. Modellashtirish bilish metodi sifatida. Modellashtirish o`quv jarayoni vositasi sifatida. Model turlari. Axborot beruvchi modellarni shakllantirish va namoshish qilishga tayyorlash
Rеjа:
Umumta’lim maktablarida fizikadan namoyishli eksperimentlar” predmetining maqsadi va vazifalari, boshqa fanlar bilan bo`liqligi.
Umumta’lim maktablarida fizikadan namoyishli eksperimentlarda qo`llash uchun mumkin bo`lgan dasturiy mahsulotlar va ularning imkoniyatlari.
Fizik modellar animatsiyasini yaratish va unga qo`yiladigan talablar Kompyuterda fizik jarayonlar modelini yaratishga qo`yiladigan talablar.
Modellashtirish bilish metodi sifatida. Modellashtirish o`quv jarayoni vositasi sifatida. Model turlari. Axborot beruvchi modellarni shakllantirish va namoshish qilishga tayyorlash
“Umumta’lim maktablarida fizikadan namoyishli eksperimentlar” fani 5110200 - Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi ta’lim yo’nalishida fanning umumiy masalalari, xususiy masalalari, amaliy mashg‘ulot masalalari, fizika o‘qitish jarayonida Umumta’lim maktablarida fizikadan namoyishli eksperimentlar texnologiyalaridan foydalanish, shuningdek, dasturiy mahsulotlar yaratishni bo`lajak fizika o`qituvchilariga o`rgatishni maqsad qiladi.
Axborot texnologiyalari yildan-yilga kishilik faoliyatining turli sohalarida yanada keng qo’llanilmoqda. Ularni yaratish, ishga tushirish va keng qo’llashdan maqsad, jamiyat va inson butun hayot faoliyatini axborotlashtirish borasidagi muammolarni hal etishdir.
Jahonda ta’lim tizimi tezkor sur’atlarda taraqqiy etib bormoqda. Jamiyatimizda sodir bo’layotgan jadal o’zgarishlar, mustaqil respublikamizning xalqaro maydonga dalil kirib borayotganligi ta’lim hodimlari oldiga jiddiy muammolarni hal qilishga da’vat etmoqda. Shulardan biri boy madaniyatimiz, merosimiz va qadriyatlarimizga munosib, ma’naviy barkamol va zamon talablariga mos, yuqori malakali yoshlarni tarbiyalashdir. Bu esa bo’lajak o’qituvchilarni yetishtirib beruvchi oliy pedagogika universitetlari va institutlari oldiga yangi talablarni qo’ymoqda.
O’qitish jarayonini takomillashtirish yo’lidagi izlanishlar boshqa fanlar qatorida informatika, fizika va astronomiya qolaversa “Umumta’lim maktablarida fizikadan namoyishli eksperimentlar” predmetini ta`limning bir turi sifatida o`quv kurslar qatoriga kiritilishi zamonaviy fizikani o`itilishini ilmiy, nazariy, amaliy va sifat jihatidan yuqori bosqichga ko’tarishga imkon yaratmoqda. Shu nuqtai nazardan oliy maktablarda o’qitishda zamonaviy axborot texnologiyalarni qo’llash dolzarb vazifaga aylandi. Axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga keng ko’lamda qo’llashimiz bizga bir qator qulayliklarni bevosita taqdim etadi, masalan:
Talabalarning bilish faoliyatini boshqarish;
Ilm olishga mustaqil ijodiy yondoshishni shakllantirish;
O’qitishni individuallashtirish;
O’quv jarayonida talabalar bilimni bir qancha usullar bilan bevosita nazorat qilish imkoniyatlarini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |