Umumtaʼlim maktabi oʻquvchilarining kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishda ta'lim texnologiyalarining ahamiyati Kirish Asosiy qism


I.Bob.Chet tilida kommunikativ kompetensiya shakllanish jarayonida taʼlim texnologiyalarining roli



Download 212,5 Kb.
bet2/6
Sana21.02.2023
Hajmi212,5 Kb.
#913595
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurs ishi kommunikativ kompentsiya

I.Bob.Chet tilida kommunikativ kompetensiya shakllanish jarayonida taʼlim texnologiyalarining roli.
1.1.O’quvchilarda kommunikativ kompetensiyanini shakllantirish va rivojlantirishning ustivor yo’nalishlari.
Maqsad deganda, chet tili va uning sohibi madaniyatini o‘rgatish va o‘rganishning ongli tarzda rejalashtirilgan natijasi ko‘zda tutiladi. O‘qitish sharoitidan kelib chiqib, muayyan maqsad qo‘yiladi. Sharoit tushunchasi qamroviga o‘quv muassasasi turi (maktab), o‘quvchining psixologik (yosh) xususiyati, til tajribasi, o‘quv predmetiga ajratiladigan vaqt (dars soatlari) kiradi. Uzluksiz ta’lim tizimida tillarni o‘rgatish - o‘rganishga alohida e’tibor beriladi. Zamonaviy bozor iqtisodiyoti va axborot texnologiyalari taraqqiyoti sharoitida chet til o‘rganishga extiyoj kuchaydi. Madaniyatlararo muloqot vositasi sifatida chet til o‘rganish davr talabiga aylandi.O‘quvchi (écolier) faqat muloqotdosh sifatida emas, balki axborot sohibi (kognizant) maqomida o‘rganilayotgan tildan foydalanadi. Tilni o‘rganish chog‘ida o‘quvchi lingvistik bilimlar to‘plash bilan emas, balki nutqiy va madaniy malakalari (kompetensiyasi)ni oshirish bilan mashg‘ul bo‘ladi. Kommunikativ faoliyat ko‘rsatish, shaxsga yo‘naltirilgan, kompetensiyani egallashga mo‘ljallangan integrativ yondashuv asosida chet til o‘rgatiladi. Chet til ta’limida kommunikativ - kumulyativ metod tatbiq etiladi. Xorijiy G‘arb lingvodidaktikasi istilohida buni madaniyatlararo muloqot yo‘nalishi nomi bilan yuritiladi. Kognitologiya, konseptologiya, lingvokulturologiya va boshqa zamonaviy fanlarning so‘nggi yutuqlari asosida mazkur metodik nazariya shakllangan va keng ko‘lamda joriy etilmoqda. Chet tili va madaniyat yaxlit (integratsiyalashgan) holda o‘rgatiladi. Madaniyat, bu o‘rinda inson fikri va faoliyati hosilasi tushunchasini ifodalaydi. Chet tilida o‘rganiladigan lisoniy (leksik, grammatik, talaffuzdagi) birlikda lingvomadaniy xususiyatlar tajassum topgan va nutqiy jarayon (diskurs)da ularga o‘quvchi e’tibori qaratiladi. Mazkur metodik qoida doirasida chet til o‘qitish maqsadi va mazmuni belgilanadi. O‘qitish mazmuni jahonda e’tirof etilgan didaktik ta’limotga binoan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘z ichiga oladi. Chet tilini amaliy o‘rganishda lingvistik nazariy bilimlar umuman bayon etilmaydi. Bilim til materialini bilish (ko‘nikma) va uni o‘zlashtirishda yuz beradigan qiyinchiliklarni oddiy so‘zlar bilan sodda tilda tushuntirish, ya’ni xatolarning oldini olishga qaratilgan ko‘rsatma ma’nosini bildiradi. Ko‘nikma tarkibiga kiradigan amaliy qoida ona tili va chet tilda farqlanadigan yoki til ichki interferensiyasini keltirib chiqarashida chet til hodisalari bo‘yicha beriladi (masalan: artikl (ona tilida yo‘q), otning ko‘plik shakli (birlik shakli leksik birlik hisoblanadi) yoki fransuz tilidagi otning ko‘plik shakli, qaratqich kelishigi, fe’lning sodda hozirgi zamondagi uchinchi shaxs birlik shakli (har uchalasi [z], [s], [iz] qabilida talaffuz etiladi va til ichki interferensiyasiga sabab bo‘ladi). O‘qitish mazmuni komponentlaridan til materiali o‘rganilmish chet til sistemasidan minimum sifatida tanlanadi (o‘quvchi uchun u lisoniy maksimum hisoblanadi). Minimum til o‘rgatish uchun zarur va yetarli bo‘lmog‘i kerak. Tanlangan minimumdagi lisoniy birliklarni o‘zlashtirishda qiyinchilik tug‘diradigan qismigina til materialining o‘rgatish mazmunini tashkil etadi va o‘quv dasturidan o‘rin oladi. Chet til o‘qitish mazmuni uch tarkibli ta’limiy hodisadir:
1) nutq mavzulari;
2) ko‘nikma va malakalarga qo‘yiladigan talablar;
3) til materiali.
O‘qitish mazmuni mavjud sharoitga ko‘ra, jumladan, o‘quv predmetiga ajratilgan vaqtga qarab tanlanadi. Boshlang’ich sinflarda chet til o‘quv predmetiga ajratilgan soatlar miqdori:
I sinfda haftasiga 2 soat (o‘quv yiliga 66 soat).
II sinfda haftasiga 2 soat (o‘quv yiliga 68 soat).
Umumiy o‘rta ta’lim maktabida chet til o‘qitish sharoitini hisobga olgan holda "Chet tilni egallash darajalarining yevropa sistemasi"dagi tilni elementar (Basic user) darajada o‘rganish – o‘rgatish tavsiyasiga binoan I - IV sinflarda A1 - "Chet tilini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi" (Breakthrough/Survival level), V-IX sinflarda A2 - "Chet til egallashning tayanch darajasi" (Wastage level) ma’qul topildi. 1 sinfda xorijiy til darsi. Fan kabenitida bolalar diqqat e’tiborini televizor, kompyuter va videoproyektor o‘ziga jalb qilib turadi. Turli oilaviy sharoitda tug‘ulib, ongi shakllanayotgan bolalarning biri juda ziyrak, ikkinchisi o‘rta darajada, uchunchisi esa qayta qayta tushuntirgachgina qabul qiladi. Qaysi o‘quvchi qanday bo‘lmasin, darsda har biriga o‘tiladigan mavzuga oid bilim va tushuncha berish kerak.“Hirondelle” darsligida bolaning yosh xususiyatlari inobatga olingan.O‘qituvchilar bu o‘quv adabiyotidan amaliyotda unumli foydalanmoqdalar. Darsda ko‘proq o‘yin va muloqot muhitini yaratish kerak. Chunki endi maktabga chiqqan 10 bolada o‘ynashga, o‘yinchoqlar olamiga, narsa buyumlarni o‘z tasavvuri asosida bo’yashga moyillik kuchli bo‘ladi.
Kommunikativ kompetensiya quyidagi tarkibiy elementlarni o'z ichiga oladi:
· Boshqalar bilan o'zaro aloqa qilish usullarini bilish;
· Og'zaki nutqda til vositalarini aloqa sharoitlariga mos ravishda ishlatish qobiliyati va ko'nikmalari;
· Dialogik va monologik nutqni amaliy o'zlashtirish;
· Og'zaki va yozma nutq madaniyatini o'zlashtirish;
· Ta'lim va kundalik muomala sharoitlarida nutq odob-axloq me'yorlariga ega bo'lish;
· Guruhda, jamoada ishlash ko'nikmalariga ega bo'lish;
· Ta'lim sohasidagi hamkorlikni amalga oshirish qobiliyati;
· Turli xil ijtimoiy rollarga ega bo'lish;
Boshqa odamlarning fikrlari va xatti-harakatlarini tanqidiy, ammo qat'iy baholay olmaslik qobiliyati va boshqalar.Shu bilan birga, kommunikativ kompetensiya tushunchasi nafaqat zarur nutq to'plamini va til bilimlarini o'zlashtirishni, balki nutq faoliyati jarayonida tildan amaliy foydalanish sohasidagi ko'nikmalarni shakllantirishni ham o'z ichiga oladi.
Bu shuningdek zamonaviy dunyoga yo'naltirilgan ijtimoiy faol shaxsni shakllantirish bo'yicha ta'lim vazifalarini amalga oshirish bilan bog'liqdir. Kommunikativ kompetentsiya bu erda madaniy kompetensiyaning bir qismiga aylanadi, shaxsning umumiy gumanitar madaniyati oshishiga, undagi turli xil faoliyatga qo'shilishi uchun zarur bo'lgan yuqori ijodiy, g'oyaviy va xulq-atvor fazilatlarining shakllanishiga olib keladi; tillarni bilishni, atrofdagi va uzoqdagi hodisalar va odamlar bilan o'zaro munosabatlarni yo'llarini biladi; guruhda, jamoada ishlash, turli ijtimoiy rollarga egalik qilish ko'nikmalarini shakllantiradi. Talaba o'zini tanishtirishi, xat, anketa, bayonot yozishi, savol bera olishi, munozara olib borishi va h.k.Shunday qilib, sanab o'tilgan ko'nikmalarga ega bo'lish, boshqa odamlar bilan aloqa o'rnatish va uni saqlab qolish qobiliyati bir qator tadqiqotchilar tomonidan kommunikativ kompetentsiya sifatida aniqlangan.Ijtimoiy buyurtma, davlat ta'lim standarti talablari asosida kommunikativ kompetentsiyani shakllantirishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
· Og'zaki va yozma nutq madaniyatini shakllantirish;
· Nutq faoliyati turlarini o'zlashtirish;
· Turli xil ijtimoiy rollarni o'zlashtirish;
· Guruhda (jamoada) ishlash ko'nikmalarini shakllantirish;


Download 212,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish