Ikkinchi tip sekin o’zlashtiruvchi bolalar-bularda umumlashtirishning sustligi, tafakkurning inertligi kuzatiladi. . Bu o’quvchilar bilan ishlashda o’qituvchi ularni fikrlash qobiliyatini har tamonlama rivojlantirishi, ularning o’quv materialini to’laqonli o’zlashtirishga sharoit yaratishdan iborat. Bunda muttasil o’zlashtirmaslikni oldini olish va barham berish lozim. Ya’ni, bilimlarni tarkib toptirishdagi sekin sur’atni, intellektual passivlikni, intellektual faoliyat vaqtida haddan tashqari charchashni hisobga olmoq kerak. Shuningdek, bu o’quvchilar bilan olib boriladigan ishning xarakterli xususiyati- ular psixikasining ojiz tomonlariga passivlik bilan moslanish emas, balki bu o’quvchilarni maksimal voyaga etish uchun ularning aqliy rivojlanishiga faol ta’sir ko’rsatish prinstipi bo’lmog’i kerak. Bu shakl sinf ichida differenstiyalashtirish-o’qishda ilgarilab borish sur’atiga qarab guruhlarga bo’lish, sinf va uy vazifalarini hamda ularni bajarishga oid talablarni individuallashtirish, tugaraklarga jalb etishdan iborat. Ta’lim jarayonida o’quvchi ilgarilab borayotganini his qilsin, bunga dastlabki muvaffaqiyatlarining quvonchini his etishga imkon berilsin. Muttasil o’zlashtirmaslikni barham berishda o’quvchining o’z kuchiga ishonish, o’z imkoniyatlari va qobiliyatlarigaishonch bilan qarash muhim rol o’ynaydi.
Hozirgi fan texnika shiddat bilan taraqqiy etayotgan sharoitda maktab ta’limiga oid barcha fanlarni maksimal darajada chuqur bilishni maqsad qilib qo’yish asossizdir.
Differenstiyalashgan ta’lim- hamma o’quvchilar hamma fanlar bo’yicha bilimlarning muayyan minimumini to’la-to’kis o’zlashtiriladi (bu minumum davlat ta’lim standartlari va dasturlarida belgilab berilgan), bundan tashqari esa, ayrim fanlarni asosliroq va chuqurroq o’rganishlari yoki o’quv rejalariga kirmaydigan fanlarni o’rganishi mumkin, degan fikr yotadi.
Differenstiyalashgan ta’lim tajribasi va uni maxsus ravishda tekshirib chiqish (M.A.Melnikov, D.A.Epshteyn va boshqalar) shuni ko’rsatdiki, bu ta’lim hamda o’quvchilarga zarur bilimlar hajmini berishga va ayni vaqtda fan, texnika, san’atning istalgan sohasidagi bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirishga imkon tug’diradi. Bunday defferenstiyalashtirish o’quvchilarni individual qiziqish-havaslarini va qobiliyatlarini rivojlantirishda yordam beradi.
O’quvchilar ko’pdan-ko’p texnika, matematika, ximiya, fizika, biologiya, adabiyot va shu kabi to’garaklarda (maktablar, oliy o’quv yurtlarining ayrim kafedralari huzurida), bolalar texnik ijodiyot markazlarida, yosh tabiyatshunoslar markazilarida v hokaza joylarda o’z qobiliyatlarini rivojlantirishlari hamda o’z qiziqish va havaslarini qanoatlantirishlari mumkin.
Qobiliyatlarni tarkib toptirish va rivojlantirish muammosiga munosabati bilan psixologlarning bir qancha tadqiqotlari o’quvchilarning turli faoliyat turlariga bo’lgan qobiliyatlarini aniqlashga qaratilganligini ko’rsatib o’tish kerak. Bu o’rinda qobiliyatlar degenda kishining muayyan faoliyat talablariga javob beradigan va uning muvofaqqiyatli bajarilishi shart bo’lgan individual psixologik xususiyatlari kompleksi tushuniladi. Shunday qilib, qobiliyatlar- murakkab, integral psixik tarzda hosil bo’lgan narsalar xususiyatlar yoki kompenentlarning o’ziga xos sintezidan iboratdir.
Agar bu masalani keng ko’lamda olib qaraladigan bo’lsa, u holda shu narsani ko’rsatib o’tish kerkki, biror faoliyat turini muvaffaqiyatli ravishda egallashning hal qiluvchi shartlaridan biri-bu faoliyatga faol, ijobiy munosabatda bo’lish, qiziqish u bilan shug’illanishga moyil bo’lishdan iboratki, ular ayrim hollarda ehtirosli havasga aylanib ketadi. Shu bilan birga xarakterga oid bir qator xususiyatlar – maqsadga intilish, qat’iyatlik, mehnatsevralik uyushqoqlik, diqqat-e’tiborni bir joyga to’plash kabi xususiyatlarning mavjudligi ham ayniqsa muhimdir. Intelektual hislar deb atalgan tuyg’ular, (zo’r aqliy faoliyatdan qoniqish hosil qilish to’yg’usi, ijod quvonchi)ning roli ham kattadir. Qobiliyatlarni, qat’iy ma’noda aytganda, faoliyatning konkret turlariga bog’langan holda qarab chiqish yaxshiroqdir.
Qobiliyatli o’quvchilarning (matematik faoliyat jarayonidagi) tafakkuri: A) tez va keng umumlashtirish bilan (har bir konkret vazifa namunaviy masala sifatida hal qilinadi); b) tugal xulosa chiqarishlar tendenstiyasi bilan (mantiqiy jihatdan juda aniq asoslangan negiz mavjud bo’lganda); v) fikrlash jarayonlarining zo’r harakatchanligi, xilma-xilligi, bir aqliy faoliyatdan teskari fikrlashga o’tish bilan; g) masalani echishda aniqlikka, oddiylikka, rastionallikka, tejamlilikka (ixchamlikka) intilish bilan xarakterlanadi.
O’quvchilarning adabiy qobiliyatlari: a) poetik idrok qilish – idrokni emostional tarzda boshdan kechirish, poetik ziyraklik, kuzatuvchanlikda o’z ifodasini topadi; b) obrazli xotira; v)estetik; g)obrazli tafakkur; d) ijodiy xayol, e) aniq va ta’sirchan adabiy tilni egallash qobiliyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |