Umumkasbiy fanlar bloki
Psixologiyaning dolzarb masalalari
Toshkent-2013
Umumkasbiy fanlar bloki
Umumiy o'rta ta'lim maktab o'qituvchilarining zamonaviy pedagogik texnologiyalar bo'yicha yangi nazariy va amaliy bilimlarni muntazam ravishda oshirib borishlarini ta'minlash xalq ta'limi tizimining asosiy vazifalaridan biridir. Ushbu vazifani muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida respublikamizda o'qituvchilarni masofadan malaka oshirish kursilari tashkil etilmoqda. E'tiboringizga havola etilayotgan ushbu blok "Umumkasbiy fanlar" deb nomlanadi. Umumkasbiy fanlar kursi bloki o’rta umumiy ta’lim maktablari o’qituvchilarining 149 soat hajimdagi masofadan malaka oshirish kursining bir qismi hisoblanadi.
Ushbu kurs o‘qituvchilarga ta’lim berish jarayonida rivojlanishning asosiy qonuniyatlarini qo‘llashda yordam berish, zamonaviy maktab o‘qituvchisining vazifalari va unga qo‘yilgan talablarni ta’lim amaliyotiga tatbiq etishni o‘rgatish hamda o‘qituvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalarini shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitishda shaxsning psixik taraqqiyot qonuniyatlaridan unumli foydalanish qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan. Shuningdek, bu kurs o‘qituvchilarning axborot kommunikatsion texnologiyalaridan foydalana olish va ularni darsda qo‘llay olish sohasidagi ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Ushbu kurs orqali biz ishlab chiqilgan masofadan o'qitish kursi materiallarining, ya'ni matnlar, mashqlar, topshiriqlar mazmuni, tinglovchilar tomonidan o'zlashtirilish darajasi, vaqt taqsimoti kabi masofadan o'qitishning o'ziga xos talablariga qay darajada mos ekanligini mutaxassislar bilan hamkorlikda tahlil qilish imkoniga ega bo'lamiz. Mazkur blok jami 28 soat hajimdagi quyidagi modullarni o'z ichiga oladi:
I. Pedagogikaning dolzarb masalalari - 8 soat
II. Psixologiyaning dolzarb masalalari - 12 soat
III. Axborot texnologiyalari - 8 soat
Kurs modullarida o'quv jarayoni 3 hafta davom etadi. Har bir bo'lim bo'yicha berilgan o'quv materiallarini o'rganish va topshiriqlarni bajarish uchun bir haftalik muddat belgilangan.
Agar bo'lim mavzulari, maqsad va vazifalari haqida tasavurga ega bo'lgan bo'lsangiz, mashg'ulotlarni boshlashingiz mumkin.
Avval kursning "O'zingizni tanishtiring" mavzusidagi forumida o'zingiz haqingizda qisqacha ma'lumot yozib qoldiring. Buning uchun siz quyidagi amalni bajaring: kursorni quyida berilgan belgi ustiga olib kelib sichqonchaning chap tomoni tugmachasini bir marta bosing. Siz kurs forumidasiz. Marhamat qilib savollarga javob bering. Sizga omad tilaymiz!
Hurmatli kursi ishtirokchilari! Kurs forumiga xush kelibsiz! Ushbu forum orqali Siz bir birlaringiz bilan tanishish imkoniga ega bo'lasiz.
Marhamat qilib quyidagi savollarga qisqa va lo'nda javob bering.
1. Ismingiz, familiyangiz va otangizning ismi.
2. Qayerda ishlaysiz? (maktabingiz to'liq nomini yozing).
3. Ma'lumotingiz, mutaxassisligingiz va ish stajingiz.
4. Kasbiy faoliyatingizga oid qanday narsalar sizni qiziqtiradi?
5. Ushbu kursdan nimalar kutayapsiz?
Скрыто от студентов: Forum yangiliklari Форум
Do'stlaringiz bilan baham: |