Umumkasbiy fanlar bloki


Shaxs shakllanishining umumiy psixologik qonuniyatlari



Download 0,74 Mb.
bet62/67
Sana25.01.2022
Hajmi0,74 Mb.
#410204
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
Bog'liq
psixologiya

2.2.6. Shaxs shakllanishining umumiy psixologik qonuniyatlari.

Ushbu mavzu orqali sizga shaxs haqida umumiy tushunchalar, shaxsning psixik rivojlanishi, shaxsning o‘zini o‘zi anglash jarayoni, maktab yoshida shaxsni tarkib toptirishning umumiy psixologik qonuniyatlari haqida ma’lumotlar beriladi.

Modul birligi yakunida Siz shaxs haqida umumiy tushunchalar, maktab yoshida shaxsni tarkib toptirishning umumiy psixologik qonuniyatlari haqida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz



    • => Mavzuni o‘rganishni boshlashdan avval quyidagi mashqni bajaring.

Djon Lokkning xisoblashicha, go‘dak toza oppoq mumli taxtachaga o‘xshagan qalb bilan dunyoga keladi. Bu taxtachaga xohlagan narsani yozish mumkin. Bu fikrga qo‘shilasizmi? Bolaning psixik rivojlanishini qanday faktorlar belgilaydi?

    • => «Shaxs shakllanishining umumiy psixologik qonuniyatlari» mavzusi bo‘yicha berilgan o‘quv materiallarini o‘qib-o‘rganib chiqing. Buning uchun keyingi qatorda berilgan mavzu nomiga kursorni olib borib sichqonchaning chap tomonidagi tugmachasini bir marta bosing.

    • Shaxs shakllanishining umumiy psixologik qonuniyatlari. Страница

6- mavzu: Shaxs shakllanishining umumiy psixologik qonuniyatlari.
6.1 Shaxsning psixik rivojlanishi
Psixikaning irrastional (aqliy bilish jarayonlaridan tashqari) tarkibiy qismlari bo’lmish emostiya, mayl va shu kabilar yordamida shaxs xulqini tahlil qiluvchi nazariya psixodinamika deyiladi. Mazkur nazariyaning yirik namoyondalaridan biri - bu amerikalik psixolog E.Eriksondir. U shaxs rivojini 8 ta davrga ajratadi va ularning har qaysisi o’ziga xos betakror xususiyatga egadir.
Birinchi davr - go’daklik. Ushbu davrda go’dakda ongsizlikka asoslangan tashqi dunyoga nisbatan “ishonch” tuyg’usi vujudga keladi. Buning bosh sababchisi ota-onaning mehr-muhabbati, g’amxo’rligi va jonkuyarligining nishonasidir. Agarda go’dakda ishonch negizi paydo bo’lmasa, balki borliqqa nisbatan ishonchsizlik hissi tug’ilsa, u taqdirda voyaga etgan odamlarda mahdudlik, umidsizlik shaklida aks etuvchi xavf vujudga kelishi, ehtimol.
Ikkinchi davrda, ya’ni ilk bolalikda jonzodda yarim mustaqqillik va shaxsiy qadr-qimmat tuyg’usi shakllanadi yoki aksincha, ularning qarama-qarshisi bo’lmish uyat va shubha hissi hosil bo’ladi. Bolada mustaqillikning o’sishi, o’z tanasini boshqarishga keng imkoniyat yaratib, bo’lg’usida shaxs xususiyatlariga aylanuvchi tartib va intizom, mas’uliyat, javobgarlik, hurmat tuyg’ularini tarkib toptirishga puxta zamin hozirlaydi.
Uchinchi davr - o’yin yoshi deb atalib 5 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarni o’ziga qamrab oladi. Mazkur davrda tashabbus tuyg’usi, qaysidir ishni amalga oshirish va bajarish maylini tarkib toptiradi. Mabodo unda xohish-istakni ro’yobga chiqarishning yo’li to’sib qo’yilsa, ushbu holatda bola o’zini aybdor deb hisoblaydi. Mazkur yosh davrida davra, ya’ni guruhiy o’yin, tengqurlari bilan muloqotga kirishish jarayonlari muhim ahamiyat kasb etadi, natijada bolaning turli rollar sinab ko’rishiga, xayoloti o’sishiga imkon yaratiladi. Xuddi shu davrda bolada adolat tuyg’usi, uni tushunish mayli tug’ila boshlaydi.
To’rtinchi davr - maktab yoshi deb nomlanib, undagi asosiy o’zgarishlar ko’zlagan maqsadga erishish qobiliyati, uddaburonlik va mahsuldorlikka intilish tuyg’usi bilan ajralib turadi. Uning eng muhim qadriyati - omilkorlik va mahsuldorlikdan iboratdir. Ushbu yosh davrining salbiy jihatlari (illatlari) ham ko’zga tashlanadi va ularning qatoriga ijobiy xislatlari etarli darajada bo’lmaganligi, ongi hayotning barcha qirralarini qamrab ololmasligi, muammolarni echishda aql-zakovatning etishmasligi, bilimlarni o’zlashtirishda qoloqligi (sustligi) va hokazo. Xuddi shu davrda shaxsda mehnatga nisbatan individual munosabati shakllana boshlaydi.
Beshinchi davr - o’spirinlik - o’zining betakror xislati, individualligi va boshqa odamlar bilan keskin tafovutlanishi bilan tavsiflanadi. Shuningdek, o’smirlik shaxs sifatida noaniqlik, muayyan rolning uddalamaslik, qat’iyatsizlik singari nuqsonlarga (illatlarga) egadir. Mazkur davrning eng muhim xususiyati “rolni kechiktirish”ning o’zgarishi hisoblanib, birmuncha taraqqiyot bosqichiga ko’tarilishining daqiqasidir. Unda ijtimoiy hayotda bajarayotgan rollarining ko’lami kengayadi, lekin ularning barchasini jiddiy egallash imkoniyati mavjud bo’lmaydi, vaholanki bu kezda o’spirin rollarda o’zini sinab ko’rish bilan cheklanadi, xolos. Erikson o’spirinlarda o’z-o’zini anglashning psixologik mexanizmlarini batafsil tahlil qiladi, unda vaqtni yangicha his qilish, psixoseksual qiziqish, patogen (kasallik qo’zg’atuvchi) jarayonlar va ularning turli ko’rinishlari namoyon bo’lishini sharhlaydi.
Oltinchi davr - yoshlik boshqa odamga (jinsga) nisbatan psixologik intim yaqinlashuv qobiliyati (uquvi) va ehtiyoji vujudga kelishi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, jinsiy mayl bu sohada alohida o’rin tutadi. Bundan tashqari, yoshlik tanholik va odamovilik kabi bexosiyat xususiyatlari bilan tafovutlanadi.
Etinchi davr - etuklik davri deb atalib, hayot va faoliyatning barcha sohalarida (mehnatga, ijodiyotga, g’amxo’rlikda, pusht qoldirishda, tajriba uzatishda va boshqalarda) mahsuldorlik tuyg’usi unga uzluksiz ravishda hamroh bo’ladi va ezgu niyatlarning amalga oshishida turtki vazifasini bajaradi. Shuningdek, mazkur davrda ayrim jihatlarda turg’unlik tuyg’usi nuqson (illat) sifatida hukm surishi ehtimoldan holi emas.
Sakkizinchi davr, ya’ni qarilik inson tariqasida o’z burchini uddalay olganligi, turmushning keng qamrovligi, undan qanoatlanganligi (qoniqqanligi) tuyg’ulari bilan tavsiflanadi. Salbiy xususiyat sifatida ushbu yoshda hayotdan, faoliyatdan noumidlilik, ulardan ko’ngil sovish his-tuyg’ularini ta’kidlab o’tish o’rinlidir. Donolik, soflik, gunohlardan forig’ bo’lishlik bu yoshdagi odamlarning eng muhim jihati, saxovati hisoblanadi, binobarin, har bir alohida olingan holatga nisbatan shaxsiyat va umumiyat nuqtai nazardan qarash ularning oliy himmati sanaladi.
Sobiq sovet psixologiyasida shaxs ta’rifi Umumiy psixologiya fanida shaxsning shakllanishi va rivojlanishi qonuniyatlari hamda ularning mexanizmlari tadqiq etiladi. Bu borada psixologlar tomonidan shaxsga nisbatan turlicha ta’rif berilgan va uning tuzilishini o’ziga xos tarzda tasavvur qilishgan. Quyida mualliflarning ayrimlariga qisqacha to’xtalib o’tamiz.
A.G.Kovalevning fikricha, shaxs - bu ijtimoiy munosabatlarning ham ob’ekti, ham sub’ektidir. A.N.Leontev ushbu masalaga boshqacharoq yondashib, unga shunday ta’rif beradi: shaxs - bu faoliyat sub’ektidir. K.K.Platonovning talqiniga binoan: jamiyatda o’z rolini anglovchi, ishga layoqatli, yaroqli a’zosi shaxs deyiladi. Bu muammo mohiyatini chuqurroq ochishga harakat qilgan S.L.Rubinshteyn ta’rificha, shaxs - bu tashqi ta’sirlar yo’nalishini o’zgartiruvchi ichki shart-sharoitlar majmuasidir.
Psixologiya fanida bir-biriga yaqin, lekin ayniyat bo’lmagan tushunchalar qo’llanilib kelinadi, chunonchi: odam, shaxs, individuallik. Ularning mohiyatini aniqroq izohlab berish uchun har birining psixologik tabiatini tahlil qilish maqsadga muvofiq.
1. Odam: sut emizuvchilar sinfiga dahldorlik, biologik jonzod ekanligi odamning o’ziga xos xususiyatidir. Tik yurishlik, qo’llarning mehnat faoliyatiga moslashganligi, yuksak taraqqiy etgan miyaga egaligi, sut emizuvchilar tasnifiga kirishi uning o’ziga xos tomonlarini aks ettiradi. Ijtimoiy jonzod sifatida odam ong bilan qurollanganligi tufayli borliqni ongli aks ettirish qobiliyatidan tashqari o’z qiziqishlari va ehtiyojlariga mutanosib tarzda uni o’zgartirish imkoniyatiga ham egadir.
2. Shaxs. Mehnat tufayli hayvonot olamidan ajralib chiqqan va jamiyatda rivojlanuvchi, til yordami bilan, boshqa kishilar bilan muloqot (muomala) ga kirishuvchi odam shaxsga aylanadi. Ijtimoiy mohiyati shaxsning asosiy tavsifi hisoblanadi.
3. Individuallik. Har qaysi inson betakror o’ziga xos xususiyatlarga ega. Shaxsning o’ziga xos qirralarining mujassamlashuvi individuallikni vujudga keltiradi. Individual shaxsning intellektual, emostional va irodaviy sohalarida namoyon bo’ladi.
6.2. Maktab yoshida shaxsni tarkib toptirishning umumiy psixologik qonuniyatlari
Psixologiyada  shaxsning ijtimoiy tabiatini e’tirof etadi va uning taraqqiy etishiga ijtimoiy muhit muayyan ta’sirining oqibati deb qaraydi. Shaxs odam ishtirok etadigan ijtimoiy munosabatlar tizimining ta’siri ostida va unda o’zi bajaradigan faoliyat ta’sirida tarkib topadi. Ijtimoiy muhitning, jamoaning shaxsga ta’siri to’g’risida gapirilar ekan, «ijtimoiy psixologiya ishlab chiqayottan referent guruh tushunchasiga asoslanish zarur. Gap shundaki, hamma odamlar ham, hatto eng yaqin tevarak-atrofdagi odamlar ham maktab o’quvchisining shaxsiga ta’sir qilavermaydi, ko’plarning fikrlariga u befarq qaraydi. Har bir odam uchun bo’lganidek, har bir maktab o’quvchisi uchun ham ayrim guruhlar (ba’zan bunday guruh bir kishidan tarkib topgan bo’lishi mumkin) mavjud bo’ladi, u shaxs sifatida bu guruhlarning fikrlari, o’zi uchun nihoyatda ahamiyatli bo’lgan mulohazalari bilan hisoblashadi. Oila, sinf, sinfdagi ayrim o’quvchilar, ba’zi o’qituvchilar, hovlidagi ulfatlar, yaqin do’st va hokazolar muayyan maktab o’quvchisi uchun ana shunday referent guruhlar bo’lishi mumkin. Maktab o’quvchisining tez-tez uchrab turadigan tarbiyaviy ta’sirlarga befarq eki hatto salbiy munosabatda bo’lish hollariga ko’pincha o’quvchining tarbiyachiga ma’lum bo’lmagan referent guruh pozistiyasida turishi sabab bo’ladi. A.V. Petrovskiyning oqilona fikriga ko’ra, agar tarbiyachi, maktab o’quvchisi hech narsa va hech kim bilan hisoblashmaydi, uning uchun hech qanday obro’li odamlar yo’q, unga hech kim ta’sir qila olmaydi, deb da’vo qiladigan bo’lsa, bu narsa odatda tarbiyachining maktab o’quvchisining axloqiy pozistiyasini belgilab beradigan ta’sirli referent guruhlardan mutlaqo xabarsiz ekanligini bildiradi.
Agar referent guruhning qiziqishlari, ideallari va maqsadlari ijtimoiy ahamiyat xarakterini kasb etgan bo’lsa, uning ta’siri juda yaxshi bo’ladi. Biroq buning aksi ham bo’lib turadi. Agar maktab o’quvchisiga har xil nuqtai nazardagi yoki hatto bir-biriga qarama-qarshi nuqtai nazarlardagi bir qancha referent guruhlar (masalan, maktab va oila, maktab hamda hovlidagi ulfatlar va boshqalar) ta’sir etadigan bo’lsa, odatda bu narsa buzilishga, og’ir psixologik kechinmalarga, yo’ldan ozish hamda to’qnashuvlarga olib keladi.
Bolalik va maktab yoshida shaxs tarbiyaning hal qiluvchi ta’siri ostida tarkib topadi. Tarbiya maxsus faoliyat sifatida muayyan dasturning, anglab olingan maqsadning mavjudligi bilan, ta’sir ko’rsatishning maxsus ishlab chiqilgan va asoslab berilgan vositalari, formalarn hamda metodlarining qo’llanilishi bilan tasodifiy va stixyali ta’sirlardan ajralib turadi. L. I. Bojovich to’g’ri ta’kidlab o’tganidek, har bir bola shaxsini ko’ngildagidek tarkib toptirishga erishish imkonini beradigan, biror salbiy xislatning oldini oladigan tarbiyaviy jarayonni ilmiy asosda tashkil etish asoslarini ishlab chiqish ham pedagogik psixologiyaning muhim muammolaridan biridir. A. S. Makarenko alohida ta’kidlab bunday degan edi, sog’lom tarbiyaviy vaziyatsiz mukammal shaxs vujudga kelgan yoki, aksincha, to’g’ri tarbiyaviy ish olib borilgan paytda buzilgan shaxs tarkib topgan birorta holni bilmayman.
Ma’lumki, tarbiyaning eng muhim vazifasi yosh avlodda mustahkam e’tiqod va his-tuyg’ular hamda ularga asoslangan ma’naviy xulq-atvorni hosil qilishdir. Bu vazifaii shaxsni faol va muayyan maqsadni ko’zlagan holda tarkib toptirishning psixologik qoiuniyatlarini, uning axloqiy taraqqiyot qonuniyatlarini bilishga tayangan, shuningdek bolaning individual xususiyatlarini bilishga tayangan taqdirdagiia hal etish mumkin.
Shaxs bir butun mavjudot bo’lib, undagi har bir sifat boshqa sifatlar bilan uzviy ravishda bog’lanib ketgan bo’ladi, binobarin, shaxsning har bir hislati uning boshqa xislatlariga bo’lgan munosabatlariga qarab o’z ahamiyatini, ko’pincha mutlaqo har xil ahamiyatlarini kasb etadi. Masalan, qat’iyatlik uzoq muddat davomida maqsadga erisha olish xislati sifatida qiyinchiliklar va to’siqlarni engib, yuksak ma’naviy hislar, taraqqiy etgan jamoa hissi bilan birga qo’shilgan taqdirdagina ijobiy ahamiyat kasb etadi. Agar bu xislat kuchli taraqqiy etgan xudbinlik ehtiyojlari bilan jamoa, boshqa kishilar manfaatlarini mensimasdan, shaxsiy manfaatlarga erishishga intilish bilan bog’liq bo’lsa, mutlaqo boshqacha mazmun kasb etadi. Jasurlik o’zining ehtiyotkorlik va o’ylab ish qilishlik bilan, impulsivligi bilan, yuksak g’oyaviylik yoki mayda mag’rurlik hamda o’zini katta olishlik bilan birga qo’shilib ketganligiga qarab mutlaqo har xil mazmun kasb etadi. Hatto o’rtoqlik va jamoa hissiga ham abstrakt tarzda qarab hamda baholab bo’lmaydi. Bu sifat hamkorlikdagi faoliyat sharoitida yuksak ijtimoiy foydali maqsadlar tufayli yoki shaxsiy, ammo o’zbek milliy axloqiga zid kelmaydigan maqsadlar tufayli yoki, nihoyat, u hammaning bir-birita kafilligi hissiga aylanib ketadigan jamiyatga qarshi axloqsiz maqsadlar tufayli yuzaga kelish kelmasligiga qarab, mutlaqo boshqacha mazmunga ega bo’ladi. Shuning uchun ham, insonni qismlarga ajratib tarbiyalab bo’lmaydi, shaxs hamma vaqt busbutunligicha tarbiya qilinadi,  deydilar.
Maktab o’quvchisining muayyan qoidalar va normalarni bilishi ma’naviy xulq-atvorning zarur shartidir. Biroq axloq normalarini shu tariqa bilish o’z-o’zidan axloqiy xulq-atvorni tegishli darajaga erishtirmaydi. Buning ustiga, bilimlarni ma’naviy xulq-atvor amaliyotisisiz o’zlashtirib olish ma’naviy bilimlar bilan ma’naviy xulq-atvor o’rtasidagi ajralishda ifodalanadigan «axloqiy formalizm» (L. I. Bojovich) deb ataluvchi formalizmning yuzaga kelishiga olib boradi. Shuning uchun maktab o’quvchisining hayoti va faoliyatini to’g’ri tashkil qilish, ijobiy axloqiy, ijtimoiy ijtimoiy xulqatvor tajribasi uning shaxsini tarkib toptirishda asosiy narsa bo’lishi kerak. O’quvchida bu narsa tarbiyachi rahbarligida hosil bo’ladi. Bu narsa o’quvchilarda bilimlar sistemasini — tabiiy, axloqiy va g’oyaviy siyosiy bilimlar sistemasini, (bu bilimlar muayyan darajada etakchi rol o’ynagan paytda) tarkib toptirish bilan yuz berishi kerak. Ana shunday sharoitdagina maktab o’quvchilarida dunyoqarash shaxsning asosiy ifodasi va uning xulq-atvoridagi asosiy stimul sifatida tarkib topadi.
Birgina faoliyatning o’zida (bu faoliyatning bola uchun nima sababdan yuz berishiga ham qarab) shaxsning har xal (va hatto bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan) sifatlari tarkib topishi mumkin. Masalan, biz o’quvchilarni boshqalarni ochiqdan-ochiq va dadil tanqid qilishga o’rgatamiz. Ana shunday qilish bilan bolada prinstipiallik, jasurlik, sof dillik, tanqidiy ko’z qarash fazilatlari tarkib topadi deb hisoblaydilar. Ammo biz aytilganlarni hisobga olmasak, hamisha ham o’zimiz ko’zlagan maqsadga erishaveramizmi? Yo’q, chunki xulq-atvorning ana shu to’g’ri formasi negizida maktab o’quvchisn amal qiladigan motivlar yotadi. Bu xulq-atvor shaxsan o’quvchining o’zi uchun qanday ma’noga («ma’no» tushunchasi psixologiyaga A. N. Leontev tomonidan kiritilgan) ega bo’lnshiga qarab, unda xar xil sifatlar tarkib topishi mumkin. Agar o’quvchi o’z o’rtog’ini prinstipial motivlar asosida tanqid qiladigan bo’lsa, bu tanqid uning o’rtog’ida xarakterning prinstipiallik, qat’iylik, halollik singari sifatlarini tarkib toptirishga yordam beradi; bordiyu, o’z aybini o’rtog’ining bo’yniga qo’yish istagi bilan tanqid qiladigan bo’lsa, bu xudbinlnk, individualizmning tarkib topishiga yordam beradi. Agar shaxsiy g’araz bilan tanqid qilinadigan bo’lsa, unda shu asosda qasoskorlik, makkorlik, insofsizlik xislatlari tarkib topadi. Agar bunday tanqid qilishga, nihoyat, o’qituvchidan qo’rqish va unga yoqish istagi yoki mag’rurlik istagi, prinstipialsizlik sabab bo’lgan bo’lsa, unda laganbardorlik, ikki yuzlamalik singari xislatlar tarkib topishi mumkin. Binobarin, to’g’ri xulq-atvor tajribasi bu xatti-harakat muayyan motivlar asosida amalga oshirilgan vaqtdagina ko’zlangan maqsadga olib boradi. Shuning uchun xulq-atvorning to’g’ri motivlarini tajribada tarbiyalash va mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi. Maktab o’quvchilarida muayyan vaziyatlarda tarbiyaviy ta’sirlar vositasida yuzaga keladigan ijobiy motivlar ularning tajribasida mustahkamlanishi va barcha boshlang’ich vaziyatlarga tarqalishi kerak.
Boshqacha qilib aytganda, shaxsning har bir sifat strukturasiga, birinchidan, maktab o’quvchisining tegishli xatti-harakatiga ijodiy munosabatda bo’lishiga imkon beradigan motiv, ikkinchidan, xatti-harakatlarning mustahkamlangan usuli kiradi. Shunday qilib, shaxsning sifati, L. I. Bojovichning iborasi bilan aytganda, xatti-harakat motivlari va bu motivlar tegishli formalarining o’ziga xos birikmasidir. Xatti-harakat barqaror, hukmron (asosiy) motivlarning tizimini ba’zi psixologlar (L. I. Bojovich, M. S. Neymark) shaxsning yo’nalishi deb ta’riflaydilar. M. S. Neymark maktab o’quvchilarinint yo’nalishini tadqiq qildi va bu yo’nalishning uchta asosiy turini — jamoa, shaxsiy va ishchanlik yo’nalishlarini (ishga, faoliyat jarayoniga bo’lgan yo’nalishni, ijodiy faoliyatga qiziqishni) alohida ajratib ko’rsatdi. Yo’nalishning jamoa, shaxsiy turlari bir xil, to’g’ri xarakteristikaga ega bo’lmasligi kerak. Haqiqiy jamoa yo’nalishdan tashqari «xudbinlik guruhi» deb atalgan yo’nalish — boshqa jamoalarning qiziqishlarini mutlaqo mensimagan holda faqat bitta jamoaning, (guruh, sinf, otryadning) qiziqishlarinigina e’tirof etadigan yo’nalish ham bor. Shaxsiy yo’nalish shaxsiy yutuqlarga erishishga qaratilgan yo’nalish sifatida hamma vaqt ham jamoa yo’nalishga qarama-qarshi bo’lavermaydi.
Psixologlar (L. I. Bojovich va boshqalar) yana shu narsani aniqladilarki, maktab o’quvchisi shaxsining tarkib topishi garchi o’sha o’quvchi yashaydigan ijtimoiy sharoitlar bilan, mazkur ijtimoiy sharoitlarda u oladigan ta’lim va tarbiya bilan belgilansada, turmush sharoiti o’quvchi shaxsining yuzaga kelishi va qaror topishini to’g’ridan-to’g’ri, bevosita, avtomatik tarzda emas, balki o’quvchining o’zi bu sharoitlar bilan qanday munosabatda bo’lishiga qarab belgilaydi. Ana shuning uchun ham bitta tashqi sharoitning o’zida o’quvchilarda shaxsning turli-tuman xislatlari tarkib topishi mumkin.
Maktab o’quvchisiga ko’rsatilgan tashqi ta’sir bilan uning ichki dunyosining o’zaro munosabati xarakteri va uning o’ziga ko’rsatiladigan tashqi ta’sirga shaxsiy munosabati nihoyatda muhim. O’z vaqtida L. I. Bojovich hatto maxsus tushunchani — maktab o’quvchisiga qo’yiladigan talab uning o’zi uchun va kattalar uchun turlicha ma’noga ega bo’lgan paytda tarqalgan voqeani ifodalash maqsadida «ma’no to’sig’i» tushunchasini tavsiya etgan edi. Ma’no jihatidan bunday tafovut maktab o’quvchisiga qo’yiladigan talabning ta’sir qilishiga ham g’ov (to’siq) bo’ladi.
Bitta tashqi ta’sirning o’zi ma’naviy zaminning qanaqaligiga, maktab o’quvchisida tarkib topib bo’lgan ma’naviy qiyofaning |qanaqaligiga qarab mutlaqo har xil samara berishi mumkin. Maktab o’quvchisining ma’naviy qiyofasi esa asosan uning turmushda orttirgan shaxsiy tajribasiga, uning faoliyatiga, kattalar va tengdoshlari bilan o’zaro munosabatlari xarakteriga, uning oila va maktab jamoasida, kattalar o’rtasida tutgan o’rniga bog’liq bo’ladi. Maktab o’quvchisining tajribasi uning tevarak-atrofdagi kishilar hayoti va faoliyatini, ularning xulq-atvori, xatti-harakatini kuzatishi ular bilan o’zaro aloqalari bilan ham belgilanadi. Shaxsiy tajriba asosida yuzaga keladigan bevosita histuyg’ular va mulohazalarni maktab o’quvchisi hamma vaqt jamiyatimizda qabul qilingan axloq normalari hamda o’ziga nisbatan qo’yiladigan biror formadagi talablar jumlasiga kiritadi. Bolaning shaxsiy tajribasi jamiyat axloqiy talablariga qay darajada mos kelishiga qarab o’quvchi shaxsi shakllanadi. Masalan, agar uning shaxsiy tajribasi axloq normalariga va tevarak-atrofdagilarning uning o’ziga qo’yadigan talablarga zid bo’lsa, o’quvchi bu talablarni rasmiyat uchun qabul qilishi, ularni kattalarning’ oldidagina bajarishi mumkin. Bunday nomuvofiqlik yuz bergan paytda o’quvchi o’ziga qo’yilgan talablarga rasman bo’ysunmaydi ham. U o’zini kattalarga, jamoaga qarama-qarshi qilib qo’yadi va o’z axloqiga ochiqdan-ochiq amal qiladi. Bunday holda o’quvchilar, odatda, jamoadan ajralib qoladilar, xuddi o’zlariga o’xshash o’zini bolalar jamoasiga qarama-qarshi qilib qo’yadigan maktabdan tashqaridagi o’rtoqlari muhitiga tushib qoladilar.
O’qituvchining talablarini o’quvchilarning o’zlashtirib olish jarayonini, bu talablarning «o’z-o’zidan» talabga aylanishi jarayonini, masalan, A. A. Bodalev tadqiq qildi va bu jarayonning bir qancha bosqichlarni bosib o’tishiii aniqladi. Dastlab bu o’quvchining o’zi uchun tashqi ta’sir bo’lib qoladigan talablarni majburan qabul qilishidir. So’ngra o’quvchi qarorlarni ixtiyoriy ravishda, o’z burchlarini anglab qabul qiladi. Tugallanuvchi bosqichda sirtdan qo’yiladigan axloqiy talablar xususiy, shaxsiy, ichki talablarga aylanib qoladi, o’z-o’ziga bo’lgan haqiqiy talabchanlik yuzaga keladi.
Shunday qilib, maktab o’quvchisining ma’naviy qiyofasini tarkib toptirish paytida uning shaxsiy tajribasini shunday yo’lga qo’yish kerakki, bu tajriba ijtimoiy axloq norma va qoidalarini o’zlashtirib olish uchun qulay zamin yaratsin. Shaxsiy tajriba va ijtimoiy talablar bir-biriga ta’sir ko’rsatib turgan vaqtda o’quvchi shaxsini tarkib toptirish jarayonida bolada uning xatti-harakatlarini hamisha harakatga keltiruvchi motivlarga aylanib qolgan e’tiqod va ideallar sistemasi yuzaga keladi. Ana shu asosda shaxsning axloqiy barqarorligi, ya’ni odamning o’zi o’zlashtirgan prinstiplariga va ularga mos keladigan xatti-harakatiga har qanday sharoitda ham sodiq bo’lib qolish qobiliyati paydo bo’ladi.
O’quvchi tushib qolgan axloqiy emostional muhitga e’tibor berish, o’qituvchida turli axloqiy tasavvurlar mavjudligi paytida unda axloqiy hislar hamda istaklarni tarkib toptirish va taraqqiy ettirish maktab tarbiyaviy ta’sirining muhim psixologik shart-sharoitlaridan biridir. Biroq faqat shuning o’zini bilish kifoya qilmaydi. E’tiqod — shunday bilimlar, qoidalar, mulohazalar, fikrlardirki, ular o’zlarining haqiqatligiga, shubhasizligiga, ishonarliligiga chuqur ishonish hamda hissiy kechinish bilan bog’liqdir. E’tiqod — tushunilgan, fahmlab olingan narsagina emas, balki chuqur his etilgan, boshidan o’tkazilgan narsadir. Ijobiy hislar tarbiyalash uchun o’quvchi ta’sirlanadigan ijobiy misolga ega bo’lgan (bevosita, yoki «badiiy»— kino, teatr, adabiyot yoki nihoyat, tarbiyachining jonli, yorqin, obrazli va emoqional so’zi) vaziyatni yuzaga keltirish muhimdir. Axloqqa muvofiq bilim kamol topib borayotgan odamning shaxsiy boyligiga aylanib bo’lgan, kishining o’zi uchun xatti-harakatlar, ishga bo’lgan o’ziga xos axloqiy bilimlar, ularga berilgan baho, kechinmalar va istaklarning yig’indisiga aylanib qolgan taqdirdagina axloq qoidalari xatti-harakatlarning emostional motivlariga aylanadn.
Endi bola o’ziga va tevarakatrofdagi kishilarga o’z e’tiqodi hamda ideallari nuqtai nazaridan turib baho beradi. Ana shu e’tiqod va ideallar uning o’ziga qo’yadigan talablarini ham, uning xatti-harakatlarining butun sistemasini ham, tevarakatrofdagilar bilan o’zaro aloqalarini ham, binobarin, o’z shaxsining butun bundan keyingi taraqqiyotini ham belgilab beradi. Shunday qilib, bola go’yo tevarak-atrofdagi muhitning bevosita ta’siridan xalos bo’lgandek bo’lib, ayrim ta’sirlarga o’ziga xos axloqiy immunitet hosil qilib, uning salbiy ta’sirlariga qarshilik ko’rsata oladigan bo’ladi.

1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish